Va terrorizmga



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/84
Sana31.12.2021
Hajmi0,78 Mb.
#271442
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   84
Bog'liq
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

2014-yil noyabr oyida «IShID» rahbari Abu Bakr Bag‘dodiy ning 
bayonotiga ko‘ra, Saudiya, Misr, Yaman kabi davlatlardan taraf-
dorlar kelib ularga bay’at qilgani, shu sababli mazkur hudud larda 
o‘zlarining valiylarini tayinlagani aytib o‘tildi. Bu esa, «IShID»ning 
hozirgi kundagi faoliyat ko‘lami yanada kengayib borayotgani ham-
da global xatarga aylanayotganiga dalildir.
Rasmiy bayonotlarda aytilishicha, tashkilot hozirgi kunda dunyo-
dagi eng boy terroristik tashkilotlardan biriga aylangan. Uning aso-
siy moliyaviy manbalari quyidagilardan iborat:
 bosib olingan hududlarda qo‘lga kiritilgan neft xomashyosini 
noqonuniy yo‘llar orqali sotish; 


91
 guruh nazorat qilayotgan hududda yashaydigan millionlab 
aholidan yig‘ib olinayotgan go‘yoki, zakot ko‘rinishidagi soliqlar;
 guruh tomonidan bosib olingan hududlarda joylashgan tur-
li obyektlardan tushayotgan mablag‘lar yoki zo‘ravonlik bilan tor tib 
olinayotgan boyliklar; 
 garovga olingan odamlarni ozod qilish evaziga yig‘ilgan 
mablag‘lar;
 guruh tomonidan bosib olingan hududlarda istiqomat qilayot-
gan boshqa din vakillariga o‘lim tahdidi ostida undirilayot gan «jizya» 
(soliq) to‘lovlari. 
SkyNews ma’lumotiga ko‘ra, «IShID» Suriyadagi neft man­
balarining uchdan ikki qismini va Iroqdagi neft manbalari ning 
10 foizini nazorat qilmoqda. Birgina neft kontrabandasi ortidan 
bir kunda bir milliondan uch million AQSH dollarigacha daro­
mad olayotgani taxmin qilinmoqda. Buning oldini olish uchun 
2014­yil 28­iyul kuni BMT Xavfsizlik Kengashi «IShID»dan 
neft sotib olishni taqiqlovchi bayonot qabul qildi. Shuningdek, 
guruh tasarrufida Iroq va Suriya armiyasidan olingan bir qan­
cha tanklar, qurollar, zirhli texnika va boshqa harbiy vositalar 
bor. 
Shu bilan birga, ushbu guruh arxeologik yodgorliklarni pul­
lash hisobiga 50 million dollar ishlab olgan. «The New York 
Times»ning yozishicha, «IShID» dunyodagi eng boy terror tash­
kiloti bo‘lib, uning boyligi taxminan 2 milliard dollar atrofida 
ekanligi aytiladi. Jumladan, «IShID» 2014­yil iyun oyida Mosul 
shahrini bosib olgan paytda banklarda saqlanayotgan 400 mil­
lion AQSH dollarini bir kunda qo‘lga kiritgan. Garovga olin­
gan odamlarni ozod qilish evaziga yig‘ilgan 126 million dollar 
va mintaqa muzeylaridan o‘g‘irlangan osori atiqalarni sotishdan 
tushgan 10 million dollar «IShID» guruhining o‘z safiga yangi 
jangarilarni yollash imkoniyatini oshirmoqda. «The Telegraph» 
nashrining yozishicha, 2014­yilning so‘nggi olti oy davomida 
mazkur tashkilot rahbarlari 1,2 milliard dollar miqdorida mablag‘ 
topgan.


92
Taxminlarga ko‘ra, «IShID» safida urushayotgan jangarilar­
ning 40 foizini 80 dan ortiq xorij davlatlaridan kelgan ko‘ngil­
lilar tashkil etadi. Ming afsuski, ular orasida Markaziy Osiyo 
respublikalari fuqarolari bo‘lgan jangarilar ham bor. Guruh rah­
barlari Qur’on oyatlarini o‘z ra’ylaricha talqin qilib, bugungi kun­
da «hijrat» qilish va «jihod» tushunchalarini ilgari surib harbiy 
to‘qnashuvlar o‘choqlariga odamlarni jalb qilmoq dalar.
Buning natijasida, tashkilot tomonidan 2013–2014­yillar 
mobaynida 10 mingdan ziyod terrorchilik harakatlari sodir etil­
gan, xudkush terrorchilar tomonidan 80 ga yaqin portlashlar amal­
ga oshirilgan. Suriyada «IShID» jangarilari 60 dan ziyod cherkov 
va monastirni vayron qilgan. 2014­yil 14­iyun kuni Iroqning Mo­
sul shahridagi «Al­Isro» masjidi yonida tashkilotga qo‘shilishdan 
bosh tortgan 12 nafar diniy ulamo namoyishkorona qatl etilgan. 
Hattoki, «The Daily Mirror» axborotiga ko‘ra, «IShID» jangari­
lari Iroqda aholi orasida qo‘rquv uyg‘otish uchun tirik chayon­
lar to‘ldirilgan konteynerlarni portlatish usulidan foydalanmoq­
da. Oqibatda atrofga tarqalib ketgan zaharli hasharotlar odamlarni 
chaqib, aholi orasida dahshatga sabab bo‘lmoqda. Bu esa ularning 
har qanday qabih ishlardan ham tap tortmasligidan dalolat beradi.
 2014­yilning 3­iyulida Dunyo musulmon ulamolari kengashi 
tashkiloti «Islom davlati» e’lon qilgan «xalifalikni» keskin qora lab, 
uni shar’an botil deb fatvo berdi. Fatvoda islom ta’limotiga ko‘ra 
qandaydir alohida firqa va oqimlar o‘zboshimchalik bilan «xalifa­
lik»ni e’lon qilish huquqi berilmagani ta’kidlangan. Demak, butun 
dunyo musulmon ulamolari ham «IShID»ning faoliyatini tanqid 
qilib, uning faoliyati, targ‘ib etayotgan g‘oyalari islom ta’limotlari­
ga zid ekani va uni tan olib bo‘lmasligini aytib o‘tganlar.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish