Toshkent davlat transport universiteti
,,Transport tizimlari boshqaruvi’’
kafedrasi
Mustaqil ish N-1
Bajardi:Bo’ronov B TF-321
Tekshirdi:Shermatov Elbek
Toshkent-2020
Mavzu:LOGISTIKASINING ASOSIY ELEMENTLARI
VA TAMOYILLARI
Reja:
1. Kirish.
2. Logistikaning rivojlanish boskichlari.
3. Logistikaning asosiy tushuncha va tamoyillari
Bozor iqtisodiyotiga o’tish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish mahsulot ishlab chiqaruvchi barcha sohalarni rivojlantirish texnik-texnologik yo’nalishdagi qator zaruriy masalalarni kun tartibiga qo’ymoqda. Respublikamiz sobiq Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlaganidek O’zbekistonning iqtisodiy hayotida transport va aloqalar tizimi hal qiluvchi o’rin tutadi. Respublikada keng tarmoqli transport tizimi barpo etilgan bo’lib, u mamlakat ichkarisida va tashqarisida yuk va passajirlar tashishni, yaqin va uzoq xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni ta‘minlaydi. Transport infratuzilmasini, birinchi navbatda avtomobil va temir yo’llarni rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda respublikamizda transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo’yicha ko’pgina salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Qamchiq dovoni orqali Farg’ona vodiysini, ,,Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog’-Nukus’’ temir yo’li orqali shimoliy mintaqalarni mamlakatimizning markaziy hududlari bilan bog’lashga erishilgan. Amudaryo uzra uzunligi 681 metrlik zamonaviy avtomobil-temir yo’l ko’prigi barpo etilgan. Toshkent-Samarqand, Toshkent-Buxoro,Toshkent-Qarshi kabi yo’nalishlarda ekspress-poyezdlar qatnovi yo’lga qo’yilgan.
Logistikaning rivojlanish bosqichlari
Qadimgi Yunonistonda logistics –«hisob-kitob san‘ati» yoki «fikrlash, hisoblash san‘ati» deb yuritilgan. Rim imperiyasida logistika deganda oziq-ovqat mahsulotlarini taqsimlash nazarda tutilgan. Vizantiya imperatori Leon VI (866-912yy.) davrida logistika armiya ta‘minoti va uning harakatini boshqarish san‘ati sifatida qaralgan. Nemis tadqiqotchisi G.Pavellakning ta‘kidlashicha, Vizantiya imperiyasida logistikaning vazifasi «armiyaga maosh to’lash, uni kerakli tartibda qurollantirish va taqsimlash, uning ehtiyojlari haqida o’z vaqtida g’amxo’rlik qilish, ya‘ni shaxsiy qurolli kuchlar harakatlanishi va taqsimlanishiga rahbarlik qilishdan iborat» bo’lgan. Logistikaning fan sifatida rivojlanishi bu atamaning ikki xil ta‘riflanishi bilan tavsiflanadi. Birinchi ta‘rif logistikaning harbiy sohada qo’llanishidan kelib chiqqan. Harbiy logistikaning rivojlanishiga fransuz nazariyotchisi Antuan Anri Jomini (1779-1869 yy.) katta hissa qo’shgan. Uning fikricha logistika – qo’shinlarni boshqarishning amaliy san‘ati bo’lib, qo’shinlarni joylashtirish, rejalashtirish, boshqarish va ta‘minlash, armiyaga transport xizmati ko’rsatishni nazarda tutadi.
Logistikaning dastlab harbiy sohada rivojlanishiga sabab shundaki, aynan
Logistikaning dastlab harbiy sohada rivojlanishiga sabab shundaki, aynan
Ikkinchi ta‘rif nemis matematigi Gotfrid Vilgelm Leybnits (1646-1716 yy.)
Ikkinchi ta‘rif nemis matematigi Gotfrid Vilgelm Leybnits (1646-1716 yy.)
Ommaviy foydalanish transporti aholi va muomala sohasiga xizmat ko
Ommaviy foydalanish transporti aholi va muomala sohasiga xizmat ko
Logistikaning asosiy tushuncha va tamoyillari
Logistika – iste‘molchi talablarini ko’proq qanoatlantirish maqsadlarida xomashyo, yarimfabrikatlar, tayyor mahsulotlar va tegishli axborotlarni jamlash, saqlash, ishlab chiqarilgan joydan iste‘mol joyiga tashish va uzatishning texnologik va tejamkor samarali operatsiyalarini rejalashtirish, amalga oshirish va nazorat qilish jarayonidir. Logistika – keng ma‘noda mikro va makro tizim oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun moddiy, axborot va moliyaviy oqimlarni boshqarish va optimallashtirish haqidagi fan. Logistika – tor ma‘noda menejmentning umumlashgan vositasi bo’lib, moddiy va servis oqimlar hamda ularga ergashgan axborot va moliyaviy oqimlarni samarali boshqarish orqali biznesning strategik, taktik va operativ maqsadlariga erishish imkoniyatini beradi.
O’zini
Moslashuvchanlik
Zahira hajmini
Logistikaning asosiy tamoyillari
Yangi axborot tizimlaridan maksimal foydalanish
Tovar harakatini modellashtirish
Resurslar bilan ta‘minotdagi ishonchlilik
Tejamkorlik
Logistik
axborot
moliyaviy
servis
moddiy
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |