DAVLAT KADASTRLARI OBYEKTLARI VA SUBYEKTLARI TAVSIFI
Yer, konlar hamda foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari, suv, o‘rmon, o‘simlik va hayvonot dunyosi, alohida qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar, binolar va inshootlar, shahar va shaharchalar, gidrotexnika inshootlari, madaniy meros obyektlari, avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar, yetkazib berish quvurlari, aloqa obyektlari, energetika obyektlari, chiqindilarni ko‘mish va yo‘q qilish joylari, texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar, geodeziya punktlari va Davlat kadastrlari yagona tizimi masalalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa obyektlar Davlat kadastrlari yagona tizimining obyektlari hisoblanadi.
Davlat kadastrlari yagona tizimi obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar respublika uchun yagona texnologiya bo‘yicha:
davlat yer kadastri bo‘yicha — davlat kadastr agentligi;
konlar, foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari davlat kadastri bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi;
davlat suv kadastri bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Girometeorologiya xizmati markazi (tabiiy suv manbalari), O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (yer osti suvlari), O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi (suv resurslaridan foydalanish va yerlarning meliorativ holati);
davlat o‘rmon kadastri bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi;
o‘simlik dunyosi obyektlari davlat kadastri bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
hayvonot dunyosi davlat kadastri bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
alohida qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar davlat kadastri bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
binolar va inshootlar davlat kadastri bo‘yicha — “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi;
davlat shaharsozlik kadastri bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi;
gidrotexnika inshootlari davlat kadastri bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va boshqa vakolatli organlar.
madaniy meros obyektlari davlat kadastri bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi;
chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri bo‘yicha
— O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
kartografiya-geodeziya davlat kadastri bo‘yicha — “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan taqdim etiladi.
Tegishli davlat kadastrlarini yuritish bo‘yicha vakolatli organlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Davlat kadastrlarini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi.
Amaldagi kadastrlar va axborotlar tizimlari doirasida olingan obyektlarning hisobi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi natijalari Davlat kadastrlari yagona tizimiga Davlat kadastr agentligi va davlat tegishli kadastrlarini yuritish to‘g‘risidagi nizomlar bilan belgilanadigan tartibda davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bepul beriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |