Va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Endi jahonda o'zining o'rniga ega bo'lgan davlatlardan biri Singapur



Download 0,93 Mb.
bet5/5
Sana27.06.2022
Hajmi0,93 Mb.
#707873
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma\'naviyat

1.4. Endi jahonda o'zining o'rniga ega bo'lgan davlatlardan biri Singapurning qanday qilib korrupsiyani deyarli yo'qotishga erishgani haqida fikr yuritsak.
“ ‘Foiz’, ‘mukofot’, ‘bakshish’, ‘botqoq’ — korrupsiya mahalliy jargonda qaysi so‘zlar bilan atalmasin, u osiyocha yashash tarzining bir xususiyati hisoblanadi. Mansab qanchalik yuqori bo‘lsa, uylar ham shunchalik katta, erkaklari egallab turgan mansabga mos qimmatbaho taqinchoqlar bilan yasangan ko‘p sonli xotinlar va mashuqalar. Bunday mamlakatlarda biznes bilan shug‘ullanuvchi singapurliklar bu kabi odatlarni uyga olib kelmaslik uchun ehtiyot bo‘lishi lozim”, — deb yozadi Singapurdagi islohot tashabbuskorlaridan biri, mamlakat bosh vaziri Li Kuan Yu.
Hozirgi paytda Singapur qat’iy avtoritar davlat bo‘lib, korrupsiyaning yo‘qligi, iqtisodiy erkinlik va taraqqiyot darajasi bo‘yicha dunyo reytinglarining yetakchi o‘rinlarini egallaydi. Singapur misoli siyosiy iroda, korrupsiyaga qarshi samarali qonunchilik va sotilmaydigan mustaqil agentlik bir necha yil ichida korrupsiyani juda past darajaga tushirishga qodir ekanligini ko‘rsatadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasi: shakllanishi mustaqillikka erishgan paytda Singapur qashshoq mamlakat bo‘lib, hatto ichimlik suvi va qurilish qumini ham import qilishga majbur bo‘lgan. Qo‘shni mamlakatlar unga nisbatan do‘stona munosabatda bo‘lmasdan, aholi o‘rtasida sotsialistik g‘oyalar ommalashgan edi. Korrupsiya oddiy holat bo‘lib, jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borgandi.
Mamlakatning birinchi hukumati korrupsiyaga qarshi kurashishda bir nechta muammolarga duch keldi. Korrupsiyaga qarshi kurashishni tartibga soluvchi qonun zaif bo‘lib, ko‘plab korrupsiyaviy jinoyatlar uning amal qilish sohasidan tashqarida edi. Huquq-tartibot organlari xodimlari esa o‘z vazifalarini samarali bajarish imkonini beruvchi hokimiyatga ega emasdi. Bundan tashqari, qonunchilikning samarasiz ekanligi va korrupsion amaliyotga ko‘p sonli mansabdorlar jalb etilganligi bois jinoyatlar dalillarini topish juda qiyin edi. Davlat mansabdor shaxslari tijorat sohasi ishchilariga nisbatan o‘rtacha daromadga ega va mansab vakolatidan shaxsiy maqsadlarda foydalanar edi. Aholi quyi darajadagi ma’lumot va huquqiy madaniyatga ega bo‘lib, pora u yoki bu resurslarni qo‘lga kiritishning yagona yo‘liga aylangan edi.“Bojxona mansabdorlari kontrabanda va taqiqlangan mahsulotlarni olib o‘tayotgan transport vositalarini tekshirishni ‘tezlashtirish’ uchun pora olar edi. Markaziy ta’minot xizmati ma’lum bir pora evaziga manfaatdor shaxslarga tenderlar haqidagi ma’lumotni yetkazar, Import-eksport departamenti mansabdorlari ruxsat berishni tezlashtirish uchun pora olar, pudratchilar kamchiliklariga ko‘z yumishi uchun klerklarga pora berar edi. Do‘kon sohiblari va turar-joy aholisi Jamoat sog‘lig‘ini saqlash departamenti ishchilariga chiqindini tozalash uchun haq to‘lar, maktab direktorlari va o‘qituvchilari idora ashyolarini yetkazuvchilardan komission to‘lovlar olardi. Hokimiyatni o‘z manfaatlariga konvertatsiya qilish bobida insoniyat kashfiyotlari cheksiz”, — deydi Li Kuan Yu asarlaridan birida.
Mamlakat og‘ir ahvolda ekanligini tushungan hukumat jamiyatda halollik va ochiqlik iqlimini yaratishga qaror qildi. “Vijdonli bo‘lish va sotilmaslik” tamoyili o‘z ishiga asos bo‘ldi. Strategiya mualliflari korrupsiya ustidan nazorat milliy taraqqiyot uchun strategik jihatdan muhim ekanligiga ishonar edi.
Demak, biz O'zbekistonliklar ham shu illatni O'zbekistonimizdan yo'qotish uchun har birimizning qalbimizda "Men korrupsiyaga yo'q deyman. Vatanimni bu parokanda qiluvchi illatdan himoya qilishga doim harakat qilaman. Poraxo'rlikni ko'rgan zahotim ichki ishlar xodimlariga xabar beraman. Xoh poraxo'r inson mening yaqinlarimdan bo'lsin.Ammo men unga ko'z yumolmayman chunki bu nasiba kimlarningdir haqqi!!! Har kim o'zining qilmiahlariga yarasha javob bersin. Birovning haqqi birovga yuqmasligini bilib olishsin." Kabi fikrlar bo'lsa, jonajon Vatanimiz ravnaq topadi, har bir fuqaro o'zining qilgan mehnatiga yarasha javob oladi. Hech bir Vatandoshimiz adolatsizlik dan jabrlanmaydi. Keling, aziz yurtdoshim, qo'lni qo'lga beraylik va birgalikda harakat qilib bu illatni daf etaylik!


2.1.Ta’lim sohasida korrupsiyani samarali bartaraf etish uchun avvalo uning sabablarini bilish kerak. Adabiyotlarda korruptsiyaning sabablari asosan ijtimoiy-iqtisodiy va moliyaviy sohada ekanligi ko'rsatilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashish uchun ta'lim muassasasi darajasida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillarini korporativ axloq kodeksi darajasida ishlab chiqish, bunday tamoyillarning ishlab chiqilishi universitet yoki boshqa ta’lim tashkiloti rahbariyatiga qoidabuzarlarga ta’sir o‘tkazish, axloq me’yorlarini buzgan, shu jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan ma’muriy yoki intizomiy choralar ko‘rish imkonini beradi.Ta’lim faoliyati ustidan, birinchi navbatda, ota-onalar, jamoat tashkilotlari, ta’lim nazorati organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish orqali korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadga muvofiqdir.
2.2. Korrupsiyaga aloqador odam qonunni buzishdan tashqari, oʻzining kimligini, eʼtiqodi, maʼnaviyati qay darajada ekanini oshkor qiladi. Bunday odam nafaqat moliyaviy ziyon-zahmat yetkazadi, balki davlatni, demokratiyani behurmat qilib, obroʻsini toʻkadi, unga non-tuz berib katta qilgan, ilmu hunar, obroʻ va mansab bergan el-yurtning yuziga oyoq qoʻyadi. Oliy oʻquv yurtida talabadan yo uning ota-onasidan pora olgan, tamagirlik qilgan dekan yo boshqa mansabdor shaxs uchun iymon, vijdon, insoniylik degan tuygʻular boʻlmaydi. Ular xarom-xarish yoʻl bilan topganlarini oilasida oʻz farzandlariga harom luqma yegizayotganini tushunmaydi. Bunday oilada oʻsgan oʻgʻil-qizlar ertaga undan battar ochofat, yulgʻich, poraxoʻr boʻlib oʻsadi va bir kun albatta qopqonga tushib, umri panjara ortida oʻtadi. Mana shu haqiqatni oliy oʻquv yurtlaridagi har bir mansabdor shaxs yaxshi bilib olishi zarur. U bugun qilayotgan qingʻirliklarimni hech kim bilmaydi, sezmaydi, deb oʻylaydi. Vaholanki, bugun odamlarning koʻzi ochilmoqda. Oliy oʻquv yurtida qaysi dekan yoki boshqa mansabdor shaxs shunaqa qingʻirliklar qilayotganini atrofidagilar yaxshi bilishadi. Oriyatli, vijdonli ziyolilar ular haqda tegishli idoralarga xabar berib qoʻyishni oʻzlarining vijdoniy burchi, pokiza yashashga intilgan xalq oldidagi qarzi deb bilmoqdalar. Shunga yarasha oliy oʻquv yurtlari ham asta-sekin tozalanmoqda! oliy oʻquv yurtlarida korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi huquqiy taʼlim va tarbiyani kuchaytirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Toʻgʻri ishlab, halol yashash saodatini yoshlikdan oʻrgangan odamning umri halovatda boʻladi. Adolatsizlik, qonunga hurmatsizlik, kasbu amalga, ishonchga xiyonat qilib boʻlmasligini oʻqib-uqqan, poraxoʻrlik va korrupsiyaga, suiisteʼmolchilikka qarshi oʻzida immunitet hosil qilgan yoshlar kelajakda jurʼatli, vijdonli inson boʻlib yetishadi. Halol mehnat bilan topilmagan boylik totli boʻlmasligini, hech kimga buyurmasligini, yaxshilik emas, yomonlik va kulfat keltirishini tushunadi. Tanish-bilishchilikdan davlat va jamiyat manfaatlariga ziyon yetmasligi, qonunlarga, insonning qadr-qimmatiga raxna solinmasligi kerak. Oʻzining gʻarazli maqsadi uchun har qanday tubanlikdan tap tortmaydigan masʼul shaxs nafaqat oliy oʻquv dargohiga, shu bilan bir qatorda butun jamiyatga ziyon yetkazadi.
3.1. Hayotda albatta, har birimiz ertami-kechmi nohaqlikka, adolatsizlikka to‘qnash kelishimiz ehtimoldan xoli emas. Aytaylik, puxta bilimga ega o‘quvchining institutga kirolmasligi yoki sudyaning pora evaziga gunohkorni oqlab, begunohni qoralashi kabi nohaqliklaru bedodliklar hayotda ozmi-ko‘pmi uchrab turadigan hodisalardir. Ta'limdagi korrupsiya juda og'ir jinoyat. OTM talabasi kelajakda yetuk kadrga aylanadi . Hozir bizning kelajagimiz yuksalishida ustozlarimizning xizmati buyuk bo'lganidek, kelgusida shogirdlarimizning ham yetuk mutaxassis bo'lishi bizning qo'limizda bo'lib qoladi. Biz bugun jamiyatdagi yoshlarimizni korrupsiyaga, poraxorlik bilan bir narsaga oson erishishni o'rgatsak, ulardan jamiyatda qanday kadr chiqadi ? Biz bugun poraxorlik bilan osongina ishlarimizni hal qilsak, kelajak avlod kim bo'lib yetishadi? Men Vatanimizni baquvvat bo'lib o'sgan chinor daraxtiga, korrupsiyani esa shu daraxtning tomiriga o'xshataman. Daraxtni tomiriga bolta ursangiz, u quriydi, so'lib qoladi. Davlat ham shunday, uni yemiradigan, qulatadigan narsa esa korrupsiyadir. Korrupsiya bor jamiyatda, xoh ta'lim sohasi bo'lsin, xoh sog'liqni saqlash sohasi , hech qachon yulsalish, rivojlanish bo'lmaydi.
3.2. O‘zbekistondagi korrupsiya xavfi bo‘lgan sohalar Davlat xizmatlarini ko‘rsatish. Boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham davlat har doim ham aholiga zaruriy xizmatlarni, shu jumladan tibbiy va ta’lim xizmatlarini yetarli darajada sifatli taqdim eta olmaydi. Shu munosabat bilan, shifoxonalarda, eng yaxshi maktablarda, institutlarda va hokazolarda cheklangan joylar uchun odamlar o‘rtasida raqobat mavjud bo‘lib, bu muassasalarda korrupsiya paydo bo‘ladi.
Tibbiy va ta’lim xizmatlaridan tashqari, O‘zbekistonda davlat xizmatlarini taqdim etishning boshqa ko‘plab sohalarida ularning aholining mavjud ehtiyojlariga mos kelmasligi kuzatilmoqda. Xususan, bu suv, gaz, isitish, sug‘orish tizimlari, asfalt yo‘llar, ko‘priklar, parklar va o‘yin maydonchalari qurilishiga tegishli. Bu ushbu tuzilmalardagi korrupsiya darajasi boshqalarga qaraganda yuqori ekanligini ko‘rsatishi mumkin, chunki davlat mablag‘lari boshqa maqsadlarda ishlatilgan bo‘lishi mumkin yoki bunday xizmatlarning cheklanganligi sababli birinchi bo‘lib pora berganlarga xizmat ko‘rsatilish holatlarini jadallashtirishi mumkin.
3.3. Men, universitetim , Buxoro davlat universitetini korrupsiyasiz oliy ta'lim muassasi deya ayta olaman.Shu universitetda o'qishni orzu qilardim, bunga esa shunchaki erishib bo'lmasdi.Birinchi yil yiqildim, shunda men korrupsiya ekanda kirish, men kirolmadim, pul berib kirishga esa imkoniyatim yetmasligini anglab, endi o'qishga kirolmayman degan xulosaga bordim. Lekin ustozlarim , onajonim meni shu yomon xayollardan olib chiqdi, o'z bilimlarini ayamasdan berdi, o'qidim, izlandim va talabalik baxtiga, o'z orzumga yetishdim, albatta o'z bilimlarim bilan. Hozirgi kunda shu universitetning 2-bosqich talabasiman.Biron marta poraxo'rlik, yoki ustozlarimizning talabadan biror narsaga ta'ma qilishi kabi holatlarga duch kelmadim. Ustozlarimiz har qanday cho'qqiga ham bilim, ilm bilan erishish mumkinligini qon-qonimizga singdirishmoqda. Agar universitetimizda korrupsiya bo'lganida o'qiy olmasdim. OTMda o'qish menga armon bo'lib qolardi.Chunki hammaning oilasi ham bekamu-ko'st, moddiy jihatdan yetarli oila emas. Men Prezidentimizga ,shu bilan bir qatorda rektorimiz Obidjon Xamidovga minnatdorchilik bildiraman. Chunki davlatimizda ham, universitetimizda ham korrupsiyaga qarshi keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotgani , avvalgi holatlarni bilmadim-u , lekin men o'qishga kirganimdan buyon biron marta korrupsiya jarayoniga ko'zim tushmagani men uchun juda quvonarli holat.

Xulosa
Xulosa o`rnida,korrupsiyaga qarshi kurashishda mamlakatimizda davlat amaldorlari va ularning daromadlari korxona, muassasa oliy o'quvyurtlaridagi hisobotlari, ish jarayonlari rejadagi tekshiruvchilar emas, tasodifiy tekshiruvchilar o`tkazish maqsadga muvofiq. Shuni qo`shimcha qilish zarur, mansabdor shaxslarlarning maoshi yetarli darajada bo`lishi zarur. Lavozimli shaxslarga har qanday bajariladigan ish uchun minnatdorchilik tarqasida beriladigan sovg`a pora sifatida qabul qilinishi va unga qarshi nizomchilikda choralar ko`rsatilishi lozim.Shuningdek odamlar orasida huquqiy ong,huquqiy madaniyat,huquqiy savodxonlik darajasini oshirish lozim.Insonlar qachonki o’zlarining haq-huquqlarini tushunib yetgan vaqtdagina korrupsiya qarshi kurashishni o’rganishadi.Toki biz oilada,bog’chada,maktabda yosh avlod ongiga, ruhiyatiga tamagirlik,poraxo’rlik yomon illatgina emas,balki u jamiyatimiz tanazzuli, iqtisodiyotimiz orqaga ketishi sababi ekanligi haqida ko’proq tarbiyaviy va targ’ibot ishlarini olib bormasak, maqsad-muddaoga erisha olish qiyin kechadi. Buning uchun, avvalo, barchamiz birlashib katta kuchga aylansak, har qanday illatga qarshi kurashib, uni ildizi bilan quritishga qodir bo‘lamiz. Biz yoshlar faqatgina birlashsakgina, Yangi O'zbekistonimizni bu kabi illatlardan xalos qila olamiz. Chunki ertangi kun bizniki, marra bizniki. Zero, kelajak biz yoshlarning qo'lidadir. Zero bizdan ozod va obod Vatan qolsin!

FAR:
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-son Farmoni
2. M.A.Raxmatov, B.Z.Zaripov. Istedodli insonlar mamlakatning bebaho boyligidir Li Kuan Yu hikmatlari. Toshkent¬2019-yil.
3. Vantsev V.А. Problema legalnogo opredeleniye poniyatiya korrupsiya
4. Korrupsiya v Rossii. Informatsiyonniyie I analitishiskiy materiali.– M.,2001.
5. Nikkolo Makiavelli. Hukimdor. Toshkent; 2018-yil.
6. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T:2017 28 b.
7. O’zbekiston Respublikasining 2016-yildagi “ Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida” gi qonuni.
8. O’z.ME. Birinchi jild. Toshkent 2000- yil
9. Toshniyozova Malika, “Korrupsiya kelajakka tahdid” 2022-yil
10. To’lqin Eshbekov O’z.MU Axborot qizmati rahbari “ Korrupsiya taraqqiyot kushandasi”.
11. Gazeta va jurnallardan.
12.Isroilov. Korrupsiyasiz-kelajak.
13. Korrupsiya haqida fikrlar gazeta va jurnallardan.
14. Korrupsiya. Qonun va qoidalar kitobidan.
15. https://uz.m.wikipedia.org
16. https://tuit.uz
17. https://lex.uz
18. https://t.me/BuxDU_KorrupsiyagaQarshiKurash



Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish