ta’lim, fan, madaniyat, texnika, iqtisodiyot, ijtimoiy yoki boshqa sohalarning zamonaviy taraqqiyoti darajasiga mos keluvchi bilimlarni olish;
oliy ta’lim muassasasining muhim masalalarini muhokama etish va hal qilishda bevosita ishtirok etish;
axborot-resurs markazidagi axborot resurslari, o‘quv, ilmiy, tibbiy va boshqa turdagi xizmatlardan oliy ta’lim muassasasining ustavida belgilangan tartibda bepul foydalanish;
ilmiy-tadqiqot ishlarida, konferensiya va simpoziumlarda ishtirok
oliy ta’lim muassasasi rahbariyatining qarorlaridan norozi bo‘lgan
taqdirda, ularning ustidan shikoyat qilish;
talabalar uchun belgilangan tartib va miqdordagi stipendiya, shuningdek Davlat stipendiyalari hamda o‘qishga yo‘llagan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tayinlagan stipendiyalarni olish.
o‘quv rejada nazarda tutilgan topshiriqlarning barcha turlarini, shuningdek dissertatsiyani belgilangan muddatda bajarish;
oliy ta’lim muassasasining Ustavi, ichki tartib qoidalari va talabalar turar joylari qoidalariga rioya etish.
Dissertatsiya mavzularini tasdiqlash va ilmiy rahbarlarni tayinlash. Dissertatsiya talabaning ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishni yakunlovchi va o‘qish davrida egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajargan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi hisoblanadi.
Dissertatsiyalarning namunaviy mavzulari kafedralarning yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan (tashkilotlarning o‘z yechimini kutayotgan va istiqbolli masalalarini hisobga olgan holda) o‘quv yili boshlanishigacha shakllantiriladi va zaruriyat bo‘lganda buyurtmachilar bilan kelishilgan holda, oliy ta’lim muassasasining ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori tomonidan tasdiqlanadi.
Dissertatsiyalarning mavzulari oliy ta’lim muassasasida shartnoma va loyihalar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining bir qismi bo‘yicha ham shakllantirilishi mumkin.
Dissertatsiya mavzusi dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga yoki aniq amaliy vazifani yechishga bag‘ishlangan, shuningdek mutaxassislikka mos bo‘lishi lozim.
Dissertatsiyaga ilmiy rahbarlik oliy ta’lim muassasasi professori, fan doktori, dotsenti yoki fan nomzodi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlar olimlari hamda boshqa tashkilotlarning tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassis va amaliyotchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Dissertatsiya mavzusi va dissertatsiyaga ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi) talabaning dissertatsiya mavzusini tasdiqlash va ilmiy rahbarni tayinlash to‘g‘risidagi arizasi hamda tegishli kafedra taqdimnomasining fakultet ilmiy kengashi (o‘quv-uslubiy kengashi) tomonidan ko‘rib chiqilishi natijasiga ko‘ra 1-o‘quv yilining oktyabr- noyabr oylarida oliy ta’lim muassasasining rektori buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Dissertatsiyaga talaba o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasidan boshqa tashkilotlardan ilmiy rahbar tayinlangan holda, kafedra a’zolaridan biri kafedra mudiri tomonidan mazkur talabaga ilmiy maslahatchi etib tayinlanadi.
Ilmiy maslahatchi dissertatsiyani belgilangan talablar bo‘yicha bajarilishi uchun ilmiy rahbar bilan bir xilda mas’ul hisoblanadi.
Bitta professor yoki fan doktori beshtagacha, shuningdek bitta dotsent, fan nomzodi, mutaxassis yoki amaliyotchi uchtagacha dissertatsiyaga rahbarlik qilishi mumkin.
Dissertatsiyalarning mavzulari tasdiqlangandan va ilmiy rahbarlar tayinlangandan so‘ng 1 oy muddatda ular haqidagi ma’lumot talabalar familiyasi, ismi, otasining ismi hamda dissertatsiya mavzulari qisqacha maqsadi va vazifalari ko‘rsatilgan holda oliy ta’lim muassasasining rasmiy saytida e’lon qilinadi.
Ilmiyrahbarvazifalarigaquyidagilarkiradi:
talabaning ish rejasini tuzishda unga yordam berish;
talabaga tizimli ravishda maslahatlar berib borish uchun tegishli jadvalni tuzish. Bunda ilmiy rahbar talabaga haftasiga kamida 1 marta maslahat berishi ko‘zda tutilishi lozim;
tadqiqot uslublarini tanlash va ularni qo‘llashda talabaga ko‘maklashish;
dastlabki himoya sanasidan kamida 3 kun oldin dissertatsiyaga yozma taqriz berish.
Dissertatsiya mavzusi va ilmiy rahbarning o‘zgartirilishi talabaning ularni o‘zgartirish sabablari asoslantirilgan yozma arizasi asosida oliy ta’lim muassasasining o‘quv-uslubiy kengashi qarori bilan amalga oshiriladi va oliy ta’lim muassasasining rektori buyrug‘i bilan yangi dissertatsiya mavzusi va ilmiy rahbar tayinlanadi.
Dissertatsiya mavzusini o‘zgartirishda ilmiy rahbarning roziligi hisobga olinadi.
O‘zgartirilgan dissertatsiya mavzusi va ilmiy rahbar to‘g‘risidagi ma’lumot 1 hafta muddatda talabalar familiyasi, ismi, sharifi hamda dissertatsiya mavzulari qisqacha maqsadi va vazifalari ko‘rsatilgan holda oliy ta’lim muassasasining rasmiy saytida e’lon qilinadi.