Kurs ishiga tushuntirish xati, jadval, chizma va diagrammalar tuzish. Kurs ishining asosiy elementi bo‘lib tushuntirish xati hisoblanadi. Unda asosan berilgan mavzuga oid keltirilgan ma’lumotlar atroflicha yoritilib chiqiladi.
Ishning yanada mazmundor chiqishida mavzuga oid (o‘sishi, taraqqiyoti to‘g‘risida) jadvallar, grafiklar, chizmalar, turli formatdagi diagrammalar keltirish maqsadga muvofiqdir. Keltirilgan har bir jadval, grafik, chizma va diagrammalarga qisqacha tavsif berish albatta zarur. Jadval, grafik va rasmlar albatta ketma-ketlikda raqamlanib borishi lozim. Raqamlash qog‘ozning o‘ng tomonidan yozilib boriladi. Jadval, grafik va rasm nomlari aniq ko‘rsatilishi talab etiladi. Masalan,
1-jadval Mehmonxona korxonasi jamoaviy va yashash xonalaridagi temperatura
rejimi
Xonalar
|
Temperatura, 0S
|
Yashash nomeri
|
18
|
Sanitariya uzel
|
25
|
Umumiy vestibyul
|
16
|
Zinapoya kletkasi
|
16
|
Garderob
|
18
|
1-Rasm. Mahalliy ventilyatsiya tuzilish sxemasi: a – zont; b – eshikdagi havoli to‘siq.
Ishning hajmi va uning bezatilishi. Kurs ishini to‘g‘ri bezatish ham muhim ahamiyatga ega. Kurs ishining tutil muqovasida vazirlik, institut, fakultet, kafedra nomi, mavzusi, bajargan talaba to‘g‘risida ma’lumot (guruh, F.I.Sh.) va rahbar to‘g‘risida ma’lumotlar (ilmiy darajasi, unvoni va F.I.Sh.) ko‘rsatilishi kerak (3-ilova).
Kurs ishining matni siyoh bilan varaqning o‘ng tomoniga yozilib 3-4 sm joy qoldiriladi. Bu shu ma’nodaki, tekshiruvchi o‘qituvchi ishning kamchiliklarini ko‘rsatishi mumkin bo‘lsin. Ish matnida har bir savolning nomi alohida yozilib, har bir savolga alohida javob yoziladi. Savollarga to‘liq va aniq javob berilishi kerak. Matnda so‘zlarni o‘z hohishicha qisqartirib yozish, so‘zlarning ustidan chizish kabi hollarga ruxsat etilmaydi. Jadvallar, diagrammalar va boshqa yozilgan materiallar savollarga monand bo‘lishi va o‘z o‘rnida joylashtirilishi zarur.
Kurs ishining foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida qoidaga muvofiq avval davlat organlari materiallari, so‘ngra boshqa adabiyotlar, maqolalar, statistik to‘plamlar alfavit bo‘yicha mualliflarning familiyasi, ismi, kitobning to‘la nomi, nashriyoti, nashr etilgan yili, agar u jurnal maqolalari bo‘lsa yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari maqolaning nomi, chiqqan soni, beti ko‘rsatiladi. Shundan so‘ng kurs ishining oxirida qo‘shimcha ravishda ilovalar keltirilib o‘tiladi. Kurs ishining hamma betlari tartib bilan raqamlanib chiqilishi zarur. Ishning hajmi o‘rtacha 30-35 bet bo‘lishi belgilangan. Talaba shuni hisobga olishi kerak-ki, ish hajmining ko‘pligi (45-50 bet) uning muvafaqqiyati emas, balki kamchiligidir, ya’ni kurs ishining muallifi mavzu materiallaridan keraklisini foydalana bilmagan va
uni o‘zlashtira olmaganini ko‘rsatadi. Kurs ishining oxirida talaba imzo chekib ishni qaysi vaqtda bajarganligini yozib qo‘yishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |