bo'lgani uchun ba'zi hollarda alohida talabalarga fanni to'laligicha etnas, balki
faqatgina bir qator modullarini tinglash imkoniyatini beradi. Bu esa iqtidorli
talabalarning individual va mustaqil ishlarini optimal rejalash imkoniyatini tug'diradi.
Modulli o'qitishda o'quv dasturlarini to'la. qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan
tabaqalash imkoniyati mavjud. Ya'ni o'qitishni individuallashtirish mumkin.
Modulli o'qitishga o'tishda quyidagi maqsadlar ko'zlanadi:
— o'qitishning (fanlar orasida va fanning ichida uzluksi/.ligini ta'minlash;
— o'qitishni individuallashtirish;
— o'quv materialini mustaqil o'zlashtirish uchun ctarli sharoit yaratish;
— o'qitishni jadallashtirish;
— fanni samarali o'zlashtirishga erishish.
Shunday qilib, modulli o'qitishda talabalarning o'z qobiliyatiga ko'ra biiim
olishlari uchun to'la zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
O'qitishning modul tizimiga o'tish samaradorligi quyidagi omillarga bog'liqdir:
— o'quv muassasasining moddiy-texnikaviy bazasi darajasi;
— professor-o'qituvchilar tarkibining malakaviy darajasi;
— talabalarning tayyorgarlik darajasi;
— ko'zlangan natijalarni baholash;
— didaktik materiallar ishlab chiqish;
natijalarningtahlili vamodullarni optimallashtirish.
Modulli o'qitishga o'tishda quyidagilami amalga oshirish lozim:
55
— ishchi o'quv rejaning chuqur tahlili asosida o'zaro chambarchas bog'liq
fanlar guruhi aniqianadi, ya'ni butun o'quv rejasiga alohida makromodullar to'plami
sif'atidaqaraladi.
Ko'pchilik hollarda quyidagi uch turdagi makromodullar tuzilishi mumkin:
a) gumanitar fanlarni o'z ichiga oladigan;
b) iqtisodiy fanlarni o'z ichiga oladigan;
v) umumta'lim, umumtexnik, umumkasbiy va maxsus fanlarni o'z ichiga
oaldigan.
Har qaysi makromodulning mutaxassisni shakllantirishda o'z maqsad va vazifasi
bor.
Ma'lum makromodulni o'rganish maqsadi unga kiradigan fanlarni o'rganish
maqsadlaridan kelib chiqadi.
Har qaysi makromodulni o'rganish maqsadlari to'plami davlat ta'lim
standartlarida aks ettirilgan bo'lib, mutaxassis kadr tayyorlashning bosh maqsadini
tashkil ctadi.
MakromoduHaming maqsadi aniq tuzilgan va uning birinchi fani o'rganila
boshlaganda talabalarga etkazilishi lozim. Makromodulning har bir kcyingi fani
o'rganila boshlaganida esa. u fanni o'rganish maqsadlari talabalarga etkaziladi:
Mar qaysi makromodul ichida o'rganiladigan fanlarning optimal kctma-ketligi
va ulami o'rganish muddatlari o'matiladi (11 jadval).
11-jadval
'"Kasbiy pedagogik tayyorgarlik"' yo'nalishlari uchun makromodul tuzilmasi
(psixologik-pedagogik tsikl fanlari misolida)
Do'stlaringiz bilan baham: |