ajratish, ularning o'rtasidagi o'zaro aloqalarni aniqlash. yaxlitlikning tashkil etilish
tamoyiliarini anglash kiradi. U o'qu\ natijalarini tushunish va qo'llashga nisbatan
ancha yuqori darajada ekanligi bilan xarakterlanadi.
Talaba yashirin (noaniq) taxminlarni ifodalaydi, fikrlash mantig'idagi xato va
kamchiliklami кота oladi, dalillar va sabablar o'rtasidagi tafovutlami aniqlaydi,
bog'lanishlarni tahiil qila oladi.
5. Sintcz. Bu toifa o'zida yangilikni aks ettirgan yaxlitlikni vujudga keltirish
uchun alohida qismlar kombinatsiyasini tuzishni anglatadi. Bunday yangi mahsulot -
doklad, nutq faoliyati rejasi, mavjud ma'lumotlarni tartibga tushirish sxemasi bo'lishi
mumkin.
Talaba materialning mantiqiy tuzilishini yozma matn shaklida baholaydi,
xulosalarning berilgan kataklarga mosligini baholaydi, insho yozadi, tajriba o'tkazish
rejasini tuzadi.
6. Baholush. Bu toifa u yoki bu material (qonun, badiiy asar, izlanish
natijalari)ning ahamiyatiga aniq maqsad nuqtai nazaridan baho bcrishni anglatadi. U
oldingi besh o'quv maqsadlarining barchasini egallashni va ularga qo'shimcha
ravishda aniq belgilangan mezonlarga asoslanib baho bera olishni ham bilishni
nazarda tutadi.
Talaba materialning mantiqiy tuzilishini yozma matn shaklida baholaydi.
xulosalami beriigan kataklarga mosligini baholaydi, tashqi va ichki mezonlardan
kelib chiqqan holda u yoki bu faoliyat ahamiyatiga baho beradi (munosabatini
bildiradi). O'quv fani maqsadlarini bu taksonomiya asosida aniqlashtirish ikki
bosqichda bajariladi. Birinchi bosqichda fan o'qitilishining umumiy maqsadi,
ikkinchi bosqichda csa, kundalik va joriy o'quv faoliyatining maqsadlari aniqlanadi.
36
O'quv maqsadlarining to'la-to'kis aniqlanadigan, o'quv jarayonini esa
takrorlanuvchan bo'lishi uchun bu maqsadlarga erishish mezonini yaratish zaruriyati
tug'iladi. O'quv maqsadlarini shunday ifodalash kerakki. unga erishganlik haqida fikr
yuritish mumkin bo'lsin. Natijasini qat'iy va aniq o'lchash mumkin bo'lgan o'quv
maqsadlari idenlijlkatsiyalanurchi о qnv maqsadlari deb alaladi. Har bir o'quv
maqsadlari bo'yicha nazorat (test) topshiriqlari tuziladi.
Identifikatsiyalanuvchi maqsadlarga erishganlik haqida o'quvchining faqat
tashqi ifodalangan faoliyati va uning mahsuli (javobi. masalani echish.
mexanizmlarni qismlarga ajratish va yig'ishj bilangina hukm chiqariladi. O'quv
natijalarini identifikatsiyalashda o'qituvchi o'quvchining tashqi ifodalangan
harakatining belgilarini bayon etishga asosiy e'tibomi qaratadi.
O'quv maqsadlarini tashqaridan kuzatiladigan harakat bilan to'la-to'kis
ifodalash texnologiyasi bixeviorizm g'oyasi va metodlari ta'sirida vujudga kelgan.
Bixeviorizm (inglizcha xatti-harakat) amcrika psixologiyasining asosiy
yo'nalishlaridan biri bo'lib, u o'ta amaiiy yo'nalishga egadir. Bixeviorizm inson
ruhiyatini o'rganish faqat uning tashqi ifodalangan va kuzatish imkoniyati bo'lgan
xatti-harakati va nutqini tahiil qilishdan iborat deb tasawur qiladi. Bu yondashish
o'quv maqsadlarini o'quvchilarda tashqaridan kuzatish mumkin bo'lgan aniq
harakatlarda, ya'ni qat'iy aniqlangan harakatlaming shakllanishidan iborat holda
belgilashga olib keladi. Bixeviorizm ta'limining buyuk maqsadi bilim berish emas.
balki harakatlarga o'rgatishdir.
Lo'nda qilib aytganda, o'quv maqsadlarini to'la identifikatsiyalash va qat'iy bir
ma'noda ifodalash g'oyasi o'quvchilar faoliyatini an'anaviy noaniq tarzda emas.
balki ularning tashqaridan kuzatish va o'lchash mumkin bo'lgan aniq xatti-
harakatlari orqali ifodalanishini bildiradi.
O'quv maqsadlarini bixevioristik usulda alohida qismlarga ajratish ularni
tashqaridan kuzatiladigan xatti-harakatlarga to'la-to'kis aylantirish. ya'ni qat'iy
nazorat qilinishi mumkin bo'lgan harakatlar tili bilan ifodalashdir. Masalan, "tanish".
"qaytarish", "yozib olish" so'zlari "bilish". "tushunish'' ifodalariga nisbatan ancha
aniqroqdir. SHuning uchun ham o'quv maqsadlarini tanlashga oid metodik
ko'rsatmalarda o'qituvchilar "bilib olish". "idrok qilish", "Tushunish" kabi umumiy
ma'no beruvchi so'zlar o'miga o'quvchilarga 'tanlash", ''nomini aytish", "sanab
berish", "yozma ifodalash", "ta'riflash", "ko'rsatish" malakalarini shakllantirishlari
tavsiya etiladi. O'quv maqsadlarini bunday aniqlashtirish o'qituvchi ishini ancha
soddalashtiradi. Bu maqsadlar to"plamiga asosan o'quv jarayoni uning har bir qismini
o'zlashtirishni ta'minlovchi, soddalashtirilgan o'quv tsikllari yig'indisining ketma-
kctligi bo'yicha olib boriladi.
O'qitish naiijalari uni alohida tarkibiy qismlarga bo'lishga. bu qismlarni kctma-
kei o'rgatishga imkoniyal bersa. bu liolda bixevioristik sxemaga to'la amal qilish
mumkin (ishlab chiqish opcratsiyalarini o'rganish, jismoniy tarbiya mashqlarini
bajarish, og'zaki nutq malakasini shakllantirish). Bu. a\niqsa, kasb-hunar kollejlari
o'quvchilarining mehnat operaisiyalarini alohida qismlarga ajratib bajarish natijasida
kasbiy malakalarini shakllaniirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Umumpedagogik maqsadlami aniq o'quv maqsadlariga aylantirish batareyasini
tuzish 5-jadvalda ko'rsatilgan.
O'quv fani bo'yicha
aniqlasluirilgan oquv
Do'stlaringiz bilan baham: |