Boshlang’ich sinflarda ona tili o’rgatishdan asosiy maqsad bolalarning yosh xususuyati va yozma nutqini,tafakkurini amalga oshirish,ularni shahs sifatida shakllantira borishni amalga oshirish,ularda bilim olishga qiziqishni oshirish,faollik,mustaqillik mexnatsevarlik,qiyinciliklarni enga olish qobiliyatlarini o’stirish hisoblanadi. Bolalarning aqliy va nutqiy qobiliyatlarini muvaffaqiyatli o’stirish kelgusida fanlarni puxta o’zlashtirishlariga imkoniyat yaratadi.
Boshlang’ich ta’lim o’rta umum ta’limning asosiy poydevoridir. O’quvchi boshlang’ch sinfda chuqur va puxta bilim olsagina yuqori sinflarda fanlarni yaxshi va a’lo darajada o’zlashtira oladi.Yangi DTS va dasturi yoshlarga ta’lim-tarbiua berishning vazifalarini hal qilishda o’qituvchiga,uning chuqur bilimliligi, g’oyaviy e’tiqodiga, kasb mahoratiga iste’dod madaniuatiga bog’liqdir.
Boshlang’ich sinflarda so’z leksik-grammatik tomonidan o’rganish,lug’at ustida ishlashga e’tibor beriladi. Lug’aviy mashqlar grammatik va to’g’ri yozishni o‘rganish bilan bog’liq holda olib bolriladi. O’quvchilar o`qish, grammatika, to’g’ri yozuv imlodan materiallarni o’rganish bilan bog’liq holda so’zlar shaxs va narsalarning nomini,xarakatini,belgisini,sanog’i va tartibini ifodalovchi,yaqin va qarama-qarshi ma’noni bildirish,matnlarni har hil ma’noda ishlatilishini bilib oladilar,ular o’z fikrlarini to’gri va aniq ifodalashga,fikrga mos so’zlar tanlab olishga o’rgatib boriladi.
So’z turkumlarini o’rganishga 2-sinfda tayyorlanadilar. Ular kim? (kimlar?) nima?, nimaga? so’roqlariga javob bo’lgan shaxs va narsalar nomini qanday? qanaqa? qaysi? so’roqlariga javob bo’lgan,shaxs va narsalarning snog’i va tartibini,nima qildi?,nima qiladi? nima qilyapdi? so’rog’iga javob bo’lgan narsa va shaxsning harakatini ifodalashni bilib oladilar.Ularni ma’lum so’roq bera olishga u yoki bu so’roqqa javob bo’lgan so’z nimani ifodalashini aytib berishga o’rgatiladi.
3-sinda o’quvchilar o’zak va o’zakdosh so’zlar bilan tanishadilar.So’zning tarkibi,o’zak,so’z yasovchi va so’z o’rgartuvchi qo’shimchalar o’rganiladi.Oddiygina so’z yasalishi bilan ko’p ishlatiladigan -chi, la, siz,- zor,- li,- kor kabi qo’shimchalar ma’nosi bilan amaliy tanishtiriladi.
O’quvchilar so’z turkumi termin bilan 3-sinfda tanishadilar. Ular ot, otning ma’nosi (shaxs predmetlrning nomini bildirishi) so’roqlari birlikva ko’plikda qo’llanishi sifat,uning ma’nosi) predmetning belgisini bildirish so’roqlari:son,uning ma’nosu (narsa,predmetning sanog’i va tartibini bildirishi) so’roqlari,bo’’lishli va bo’lishsiz fe’llari o’rganadilar.
4-sinfda o’quvchilar otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi,kelishik qo’shimchalari bular turlanishini va asosiy so’roqlariga qarab ularning bir-biridan farqlanisini,kelishik qo’shimchalarning yozilishini,sifat yuzasidan o’rganilganlar takrorlanib,qip-qizil,yum-yumshoq kabi sifarlarning son,uning ma’nosi,sanoq va tartib sonlar,ularning so’roqlari,tartib sonlarning yozilisini, kishilik olmoshlari,ularning uch shaxsda,birlik va ko’plik sonda qo’llanilishi,kelishiklar bilan turlanishini o’rganadilar. 4-sinfda o’quvchilarga fe’llarning tuslanishi(shaxs-son qo’shimchalari bilan o’zgarish) [aqida tushunchalar beriladi. 3-o’tgan hozirgi,kelasi zamonda qo’llanishi, o’tgan zamon qo’shimchasi (di) ning aytilishi va yozilishi , qo’shimcha fe’llar va ularning yozilishi o’rgatiladi.Dasturning “Gap bo’lishida nutqda ko’proq ishlatiladigan va ammo, lekin, biroq, shuning uchun bog’lovchilari bilan tanishadilar.
So’zning tarkibi va so’z turkumlarini o’rganish jarayonida turli so’z turkumlariga oid so’zlarning hilma-hil ma’nolarda qo’llanilishi hamda so’zni gapda,so’z birikmasida to’g’ri o’rini, aniq ishlatilisni bilib olishga yordam beradigan leksik mashqlar,shuningdek,o’quv yili davomida o’rganiladigan,imlosi qiyin so’zlarning yozilishini bilib olishga ko’maklashadigan lug’aviy-imloviy mashqlar o’tkaziladi.O’quvchilar darslikda berilgan lug’tadan,boshlang’ich sinflar uchun nashr etilgan imlo lug’atidan foydalanishga o’rgatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |