Asosiy tayanch tushunchalar:
Xalq ta'limi, oliy ta'limni, yangilash, O‘zbekiston Respublikasining ta'lim to‘g‘risidagi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, Teatr, Qo‘shiqchilik, tasviriy san’at, Jismoniy tarbiya, sportning rivojlanishi.
Mavzu bayoni :
Maorif va madaniyat barkamol insonni shakllantirishning eng muhim vositasidir. Shu boisdan ham mustaqil O'zbekistonda maorif va madaniyat ishlarini eng muhim va dolzarb soha sifatida rivojlantirishga alohida e'tibor berildi1992-yil 2-iyulda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining Qonuni hamda 1991— 1996-yillarda e'lon qilingan 30 dan ziyod Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida ta'lim sohasida qator o'zgarishlar amalga oshirildi.
• Maktabgacha ta'lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bola-lar bog'chalari hamda „bolalar bog'chasi-maktab" majmuyi tarmog'i rivojlandi. Bolalarga chet el tillarini, xoreografiya, tas-viriy va musiqa san'ati, kompyuter savodxonligi asoslarini o'rga-tuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etildi.
• Yangi tipdagi maktablar vaumumta'lim o'quv yurtlari tarmog'i rivojlantirildi. 1992—1996-yillarda 238 litsey va 136 gimnaziya ochildi va faoliyat ko'rsatdi.
• „Sog'lom avlod uchun", „Iqtisodiy ta'lim", „Qishloq maktabi", „Rivojlanishda nuqsoni bo'lgan bolalarni tiklash" va boshqa tarmoq dasturlari ishlab chiqildi hamda ta'lim sohasida tatbiq etila bordi.
• Mehnat bozorini, eng awalo, qishloq joylarida mehnat bozorini shakllantirishning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda hunar -texnika ta'limini qayta tashkil etish ishlari amalga oshirildi. Bu tizimda jami 221 ming kishini ta'lim bilan qamrab olgan 442 o'quv maskani, shu jumladan, 209 kasb-hunar maktabi, 180 litsey va 53 biznes-maktab ishladi.« Toshkent, Samarqand, Urganch, To'rtko'l, Andijon bank kollejlari, Toshkent ayollar kolleji tashkil etildi. Respublikada 1996—1997-o'quv yilida 258 o'rta kasb-hunar ta'lim o'quv yurti ishladi. Ularda qariyb 16 ming o'qituvchi va muhandis-pedagog xodimlar 197 ming o'quvchiga kasb-hunar o'rgatish bilan shug'ullandi.• Oliy ta'lim sohasida ham qator yangi o'quv yurtlari ochildi. 1992-yil 28-fevraldagi Prezident farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi. Eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo'yicha yangi oily o'quv yurtlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Toshkent moliya instituti, Navoiy konchilik instituti, Samarqand davlat chet el tillari instituti, Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti, Jizzax politexnika instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyauniversiteti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda viloyatlarda yirik universitetlarning filiallari tashkil etildi. 1997- yil boshlarida Respublika Oliy ta'lim tizimida 58 ta oliy o'quv yurti, shu jumladan, 16 ta universitet va 42 ta institut faoliyat ko'rsatdi. Ulrrda 164 ming talaba o'qidi, 18,5 ming professor-o'qituvchi faoh 'at ko'rsatdi.• Abituriyentlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg'or usullari joriy etildi.• Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga bo'lgan talablarning oshgani bois aspirantura va doktoranturada kadrlar tayyorlash kengaydi. Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil etildi.• Iqtidorli bolalar va qizlarni izlab topish, ularga ko'mak-lashish, ularning qobiliyati va iste'dodini o'stirish bo'yicha maxsus fondlar tashkil etildi, qobiliyatli yoshlarni chet ellardagi yetakchi o'quv yurtlari va ilmiy markazlarda o'qitish va staji-rovkadan o'tkazish yo'lga qo'yildi. Iste'dodli yoshlarni moddiy va ma'naviy rag'batlantirish, chet elda o'qishini qo'llab-quwatlash maqsadida „Ulug'bek", „Umid", Respublika bolalar fondi, „Kamolot", „Sog'lom avlod uchun", „Iste'dod" jamg'armalari tashkil etildi. O'zbekiston ta'lim sohasida AKSELS, AYREKS, Amerika Kollejlari Konsorsiumi, SARE, Tinchlik Korpusi (AQSH), DAAD, Konrad Adenauer Fondi (Germaniya), Britaniya Kengashi (Buyuk Britaniya) kabi xalqaro tashkilotlar va boshqa nohukumat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi.Ta'lim tizimida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilsa-da, hali bu sohada jiddiy kamchiliklar mavjud edi.Ta'lim tizimi, kadrlar tayyorlash jamiyatda bo'layotgan demokratik o'zgarishlar, bozor islohotlari talablari bilan bog'lanmagan edi. O'quv jarayonining moddiy texnika va axborot bazasi qoniqarsiz ahvolda edi. 1997-yil 29-avgust kuni O'zbekiston
Ularda ta'lim sohasidagi davlat siyosatining quyidagi asosiy prinsiplari belgilab berildi:
• ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
• ta'limning uzluksizligi va izchilligi;
• umumiy-o'rta, shuningdek o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi;
• o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining yo'nalishini: akade-mik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o'qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
• ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
• davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi;
• ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
• bilimli bo'lishni va iste'dodni rag'batlantirish;
• ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg'un-lashtirish.
O'zbekiston Respublikasida ta'lim quyidagi turlarda amalga oshirilishi belgilandi:
• maktabgacha ta'lim;
• umumiy o'rta ta'lim;
• o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi;
• oliy ta'lim;
• oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim;
• kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
• maktabdan tashqari ta'lim.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi ta'lim so-hasini tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to'la xalos etish, rivojlangan davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy modelini yaratishdan iboratdir.Mustaqillik yillarida ijtimoiy hayotning barcha yo‘nalishlarida bo‘lganidek madaniy hayotda ham tubdan o‘zgarishlar yuz berdi. Shaklan ham, mazmunan ham milliy madaniyatning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi.Bu avvalo teatr san’ati rivojlanishida yaqqol sezila boshlandi, yangi-yangi teatr dargohlari qurib ishga tushirildi. 1991-yilda Farg‘onada va 1993-yilda Xivada davlat qo‘g‘irchoq teatrlari ish boshladi, 1994-yilda Qashqadaryo va Namangan viloyati teatrlari qoshida qo‘g‘irchoq guruhlari ochildi. Andijonda jamoatchilik asosida ishlab kelayotgan yoshlar teatri davlat tasarrufiga olinib, u 1994-yilda Abbos Bakirov nomidagi Andijon yoshlar va bolalar teatriga aylantirildi.1993-yil avgustida Toshkent shahrida ish boshlagan hashamatli «Turkiston» saroyi nafaqat mahalliy teatr va tomosha guruhlarining chiqishlariga, balki, uzoq va yaqin mamlakatlardan tashrif buyuradigan sahna guruhlari va atoqli artistlarning chiqishlariga ham mo‘ljallandi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «Turkiston» saroyi ochilishi marosimida nutq so‘zlab «Bugun yangi o‘zbek davlatini barpo etar ekanmiz, biz tarixdan, ajdodlar merosidan, ularning ruhi nomidan, Turkiston xalqlarining qadriyatlarida, ma’naviy merosidan, san’atidan bahramand bo‘lishimiz tabiiydir.Ushbu saroyda xalqimizning, shuningdek, jahon xalqlarining, Markaziy Osiyo xalqlarining an’anaviy anjumanlarini, san’at bayramlarini o‘tkazishni niyat qilganmiz. Bu koshona, inshoolo, millatlar, el-elatlarning do‘stlik, birdamlik qal’asiga aylanadi.Bunday obidalar katta-yu kichikda Vatandan faxrlanish tuyg‘usini shakllantiradi, bunday saroylar Vatan sha’ni va shuhrati uchun kurashuvchi, istiqlolni hamma narsadan muqaddas biladigan sog‘lom avlodni tarbiya etuvchi maskanga aylanadi», – dedi.Yuqoridagi misollar istiqlol yillarida madaniyat muassasalari moddiy bazasini mustahkamlashga respublika rahbariyati katta e’tibor berganligini ko‘rsatib turibdi.O‘zbekiston 1991-yilda mustaqillikka erishgach o‘zbek teatrlari va san’atkorlarining dunyo sahnasiga chiqishi uchun yanada keng yo‘l ochildi. Navoiy nomidagi katta opera va balet teatri, A.Hidoyatov nomidagi drama teatri, «Ilhom» teatr studiyasi, Rus yosh tomoshabinlar teatri shu jihatdan ibratli ishlar qildilar. Navoiy nomidagi teatr balet truppasining Malayziya va Tailandga, A.Hidoyatov nomidagi teatrining Angliya, Shotlandiya va Germaniyaga, Rus bolalar teatrining Qohiraga safarlari shular jumlasidandir.Shu yillarda o‘zbek teatrlari sahnasida yangi zamonaviy mavzudagi asarlar namoyish etila boshlandi. Jumladan, 1992-yilning o‘zidagina Abror Hidoyatov nomidagi o‘zbek davlat drama teatri ijodiy jamoasi mashhur italyan komediyanavisi Karlo Gashinning «Malikai Turandot» spektaklini, Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali teatri jamoasi esa «Shum bolaning sarguzashtlari» va komediya janrida yaratilgan «Mening oppoq kabutarlarim» spektakllarini, shuningdek, Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax musiqali drama teatri A.Navoiyning «Layli va Majnun» dostoni asosida yaratilgan asarlarni sahnaga qo‘ydilar. Bu spektakllar tomoshabinlar tomonidan yuqori baholandi.Uzoq yillardan buyon taqiqlab kelingan Amir Temur mavzusida Qashqadaryo viloyat musiqali drama va komediya teatridan so‘ng respublikamizda ikkinchi bo‘lib, Hamza nomidagi o‘zbek Davlat akademik drama teatrida jahongir hayoti haqidagi drama sahnaga qo‘yildi. Milliy istiqlolning ikki yilligi arafasida poytaxtimizning qator teatrlarida yangi sahna asarlarining ko‘riklari bo‘lib o‘tdi. A.Hidoyatov nomidagi o‘zbek Davlat drama teatrida jahon badiiy xazinasining o‘lmas durdonalaridan biri Abdulqosim Firdavsiyning «Shohnoma» asarining 1000 yilligiga bag‘ishlab mazkur asar asosida «Faridun» nomli ikki qismli fojia sahnalashtirildi. Shuningdek, Abdulhamid Cho‘lpon qalamiga mansub, badiiy jihatdan yaxshilik, chin muhabbat, insof-diyonat ulug‘lanib, fisq-u fasod hamda tajovuzkorlik keskin qoralangan «Yorqinoy» pyesasi ham yana sahna yuzini ko‘rdi. A.Majidiy nomidagi Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrining ijodiy jamoasi mazkur tomoshani o‘z muhlislariga taqdim etadilar. 1993-yilning avgust oyida Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama va komediya teatri jamoasi dramaturg Erkin Samandarning «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy dramasini ham sahnaga qo‘ydi.Markaziy Osiyo xalqlari teatrlarining o‘zaro ijodiy hamkorligi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur soha jamoalarining, 1992-yilning 26-martidan to 4 aprelgacha «Navro‘z-92» xalqaro anjumani o‘tkazildi.Anjumanda Tojikistonning «Axorun» teatri «Yo‘qolgan Yusuf xonadonga qaytadi», Turkmaniston Davlat yoshlar tajriba teatri «Dali Dumbul», Lohutiy nomidagi Tojikiston Akademik drama teatri «Asrga tatigulik kun», A.Hidoyatov nomidagi o‘zbek Davlat drama teatri «Iskandar», Qirg‘iziston Akademik drama teatri «Aykul manas» («Ajoyib manas»), Y.Shakarjonov nomidagi Farg‘ona viloyat musiqali drama va komediya teatri «Toshkentga sayohat» tanlov spektakllarini namoyish etdilar.4-aprel kuni «Navro‘z-92» xalqaro teatr bayramining g‘oliblari e’lon qilindi. Oliy mukofot (Gran-Pri) – Turkmaniston Davlat yoshlar teatrining «Dalli Dumbul» spektakliga, Xalqaro Teatr uyushmalari konfederatsiyasining maxsus mukofoti – Y.Shakarjonov nomidagi Farg‘ona viloyat musiqali drama va komediya teatrining «Toshkentga sayohat» komediyasiga berildi.Yuksak rejissyorlik mahorati uchun «Asrga tatigulik kun» spektakli rejissyori Ozarbayjon Mambetov (Qozog‘iston), milliy qadriyatlarni tiklash yo‘lidagi katta xizmatlari uchun – Qirg‘izistonlik san’atkorlarning «Buyuk qalbi manas» spektakliga, rejissuradagi yangi uslub va shakl izlanishlari uchun Abror Hidoyatov nomidagi o‘zbek davlat drama teatrining «Iskandar» spektakli rejissyori Bahodir Yo‘ldoshevga Xalqaro Teatr uyushmalari konfederatsiyasining maxsus mukofoti berildi.1993-yil iyul-avgust oylarida O‘zbekiston mustaqilligining ikki yilligiga bag‘ishlab Navoiy viloyatida tumanlararo do‘stlik festivallari bo‘lib o‘tdi.Bu bayram festivallarida xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, mehr-oqibat, milliy an’analar va qadriyatlarimizga hurmat tarannum etildi.Bizda bayramlar ma’lum sanalar atrofida, sanalarni nishonlashdan iborat bo‘libgina qolmaydi. U ayni tafakkur tarzimizni o‘zgartiradigan, mustaqillik va Vatanga bo‘lgan tuyg‘ularimizni jonlantiradigan qudratli omilga aylandi. Biz ayni ana shu bayramlar va yubileylar orqali, birinchidan, kelajakka bo‘lgan munosabatimizni, taraqqiyot yo‘limizni belgilab olamiz. Ikkinchidan, ayni ana shu bayramlarga tayyorgarlik jarayonlaridan milliy san’atimiz va madaniyatimiz yangi qiyofa kasb etmoqda. Jumladan, turli bir-biriga o‘xshamagan, alohida-alohida qo‘shiqlar va tomoshalardan tashkil topgan yaxlit kompozitsion asar dunyoga kelmoqda. Endi biz har bir bayram tantanalarini yaxlit, izchil, to‘kis asar sifatida qabul qiladigan bo‘ldik. Uchinchidan, milliy musiqa, qo‘shiqchilik va xoreografiya yaxlitlashgan yangi janr paydo bo‘ldi.1997-yilning oktabr oyida esa Toshkentda «Teatr: Sharq va G‘arb» xalqaro festivali o‘tkazildi. Festivalda dunyoning ko‘pgina mamlakatlaridan kelgan teatr san’atkorlari bilan birga Markaziy Osiyo davlatlari hamda respublika teatrlari ham o‘z asarlarini mahorat bilan namoyish etdilar. Ushbu festivalda Gonkong shahrining «Rezolyu» teatri jamoasining «Osmono‘par binodagi ikki odobli xizmatkor» spektakli, Germaniyaning Dortmund opera va balet teatri jamoasining «Donnitorn xonimning esdan og‘ishi» operasi, Turkmaniston Respublikasi A.Qulahmedov nomidagi teatr jamoasining «Payg‘ambarlar nolasi» kabi spektakllari tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.Ayni paytda o‘zbek milliy teatr san’ati rivojlanishi va takomillashishi jarayonini boshdan kechirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to‘g‘risida»gi (1998-yil 26-mart) Farmoniga muvofiq O‘zbekistonda asrlar osha yashab kelayotgan tomosha san’ati an’analarini o‘rganish, boyitish va targ‘ib qilish, teatr san’atini har tomonlama rivojlantirish, moddiy-texnik negizini yanada mustahkamlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlarda teatr arboblarining faol ishtirokini ta’minlash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari yaratish, maxsus ta’lim tizimini zamon talablariga mos holda takomillashtirish, yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni to‘laroq qondirish maqsadida «O‘zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi va uning qoshida esa Teatr ijodkorlari uyushmasi tashkil etildi. Tabiatan nozikta’b, san’atsevar va san’at ahliga talabchan o‘zbek xalqining musiqasi keng ko‘lamli ma’naviyat ko‘zgusidir. Asrlar osha avloddan-avlodga ustoz-shogirdlik tizimi yo‘li bilan rivojlanib kelganligi tufayli musiqa merosi qatlamlari – mehnat va marosim kuy, qo‘shiqlaridan tortib murakkab doston, ashula, katta ashula va maqom yo‘llari davrma-davr saralanib kelgan. Shu bois, hozirgi davrgacha yetib kelgan deyarli barcha asarlar shaklan va mazmunan katta-kichikligiga qaramay badiiy mukammalligi bilan ajralib turadi.Teatr san’ati sohasidagi ijodiy jarayon ayni yangilanayotgan hayotimizning ehtiyojlariga to‘la mos keladi. «Chimildiq», «Piri koinot», «Sohibqiron», «Kunduzsiz kechalar» pyesalari, O‘zbekiston yoshlar teatrida Alisher Navoiyning «Lison ut-tayr» asari asosida qo‘yilgan sahna asari bugungi teatr san’atimizning yutug‘i, desa bo‘ladi.Mustaqillik yillarida musiqa san’atida tub burilish, asliga qaytish, an’anaviy ohanglar ravnaqi davri bo‘ldi. Buning uchun eng avvalo, xalqqa yaqinlashish, el orasida yurish, eng noyob xalq iste’dodlarini izlab topish zarur edi. Ana shuning uchun 1992-yilda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, xalq ijodi va madaniy-ma’rifiy ishlar jumhuriyat markazi musiqa san’ati sohalari bo‘yicha bir qancha ko‘rik-tanlovlar o‘tkazdi. Jumladan, shu yili mart oyida Toshkent shahrida tanbur, sato, qo‘shnay, surnay va boshqa milliy soz ijrochilarining «Asrlarga tengdosh navolar», deb nomlangan jumhuriyat ko‘rik-tanlovi, aprel oyida Toshkent viloyatida havaskor qo‘g‘irchoq teatrlari jamoalarining ko‘rik-tanlovi, shuningdek, aprel oyida mashhur sana’tkorlar Jo‘raxon Sultonov, Saidjon Kalonov, Komiljon Jabborov, Nabijon Hasanov, Komiljon Otaniyozov, Faxriddin Sodiqov va Janaq Shomurotovlar asarlari ijrochilarining «Boqiy ovozlar», deb nomlangan ko‘rik tanlovlari o‘tkazildi. Shuningdek, Xorazm viloyatida may oyida folklor jamoalarining, Askiya, qiziqchi va masxarabozlarning iyun oyida Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan IX-an’anaviy va lapar, yalla ijrochilarining avgust oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan 11 an’anaviy ko‘rik tanlovi milliy san’atimiz rivojiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Shu bilan birga bir necha o‘nlab iste’dodlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratdi.O‘zbek xalq cholg‘ulari va bayan sozanda-ijrochilarining «Asrlarga tengdosh navolar», deb nomlangan navbatdagi oltinchi jumhuriyat ko‘rik tanlovi ilgarigilaridan farqli o‘laroq uch bosqichda o‘tkaziladi. Uchinchi bosqichda tanlov g‘oliblari «Bahor» konsert zalida To‘xtasin Jalilov nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik xalq cholg‘ulari orkestri hamda O‘zbekiston televideniye va radioeshittirish Davlat kompaniyasi qoshidagi Doni Zokirov nomidagi O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri jo‘rligida maxsus tanlov dasturini ijro etadilar. Tanlovda barcha viloyatlardan 46 nafar ijrochilar ishtirok etishdi.1992-yil 2-mart kuni Toshkent shahrida Hamza nomidagi O‘zbek Davlat akademik drama teatrida xalq artisti, Davlat mukofotlarining sohibi, mashhur raqqosa va baletmeyster Mukarrama Turg‘unboyevaning 80 yilligi va mustaqil O‘zbekistonning yaqinlashib kelayotgan an’anaviy «Navro‘z» bayramlari oldidan «Chaman» o‘zbek bolalar folklor-etnografiya raqs ansamblining hisobot konserti va raqslar bayrami o‘tkazildi. Unda o‘zbek, tojik, afg‘on xalqlarining qator maftunkor raqslari, kuy va folklor qo‘shiqlari ijro etildi.Respublika Madaniyat ishlari vazirligi Xalqlar Do‘stligi saroyida 1993-yil 14-aprelda vazirlik tasarrufidagi san’at va madaniyat oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining talaba-o‘quvchilari, hamda, o‘qituvchilari ishtirokida «Istiqlol jilolari» yig‘ma konsertini namoyish etdi. Konsert dasturida xalq kuy va qo‘shiqlari, dilrabo raqslar, o‘zbek va xorijiy mamlakatlar bastakorlarining asarlari va badiiy ko‘rgazmalar ham namoyish etildi.Istiqlol davri O‘zbek milliy musiqa san’atining rivojlanishida g‘oyat sermazmun davr bo‘ldi. Darhaqiqat, mustaqillik musiqachi-san’atkorlar hayotida alohida davr bo‘ldi. Bir qator bastakorlar, jumladan Mustafo Bafoyev, Alisher Ikromov, Anor Nazarovlar ijodida yangi davri boshlandi. Birgina misol: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi M. Bafoyev o‘zbek milliy musiqasi tarixida uslub jihatidan ham, g‘oyaviy jihatdan ham butunlay yangi bo‘lgan «Hajnoma» oratoriyasini yaratib, ulkan ijodiy muvaffaqiyatga erishdi. Ayni paytda bu sermahsul va ulkan iste’dod sohibi bir necha o‘nlab qo‘shiqlar, turli-tuman asarlar bitdi. Ayniqsa, Amir Temur yubileyiga bag‘ishlangan musiqalari va qo‘shiqlari o‘zbek milliy-an’anaviy yo‘li bilan jahon musiqa san’ati ilg‘or tajribalarining betimsol, uyg‘unlashgan namunasi bo‘ldi. Orkestr ohanglarining bu milliy shakli endigina yaratildi.1995-yil dekabridan «O‘zbekiston – Vatanim manim» mavzuidagi qo‘shiqlar ko‘rik-tanlovi e’lon qilingandan so‘ng yuzlab yangi, mustaqillik davri qo‘shiqlari yaratildi. Bu ko‘rik-tanlov mamlakatimizning hamma joylarida ko‘tarinkilik bilan o‘tkazildi.1996-yil mart oyida poytaxtning «Bahor» konsert zalida «O‘zbekiston – Vatanim manim», deb atalgan qo‘shiq tanlovining birinchi bosqichi bo‘ldi. U O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligiga qarashli muassasalar o‘rtasida o‘tkazildi. Ko‘rik juda qiziqarli bo‘lib, unda bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilaridan tortib mamlakatdagi bir qancha pedagogika institutlari talabalarigacha ishtirok etishdi. Ko‘rik qatnashchilarining ona Vatan go‘zalligi, uning istiqlolini madh etgan qo‘shiqlari taniqli bastakorlar, shoirlar va Xalq ta’limi vazirligining yetakchi mutaxassislaridan iborat nufuzli hay’at a’zolari tomonidan baholandi.Umuman ko‘rik-tanlovning birinchi bosqichida 54 mingdan ziyod san’atkor qatnashdi. 10 mingdan ortiq qo‘shiq ijro etildi.
1996-yil 24-avgust kuni Toshkentdagi «Turkiston» saroyida qo‘shiqlar ko‘rik tanlovining yakuniy bosqichi bo‘ldi. Tanlovda O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan ko‘pgina millat vakillari faol qatnashdi. Rus, qozoq, turkman, uyg‘ur, qirg‘iz, koreys tillarida ham jonajon Vatanimizni madh etuvchi qo‘shiqlar yangradi.Uch kun davom etgan ko‘rik-tanlovning yakunlovchi bosqichida hakamlar hay’ati va san’at muxlislari e’tiboriga 60 dan ortiq qo‘shiq tavsiya etildi.1996-yilning 26-avgustida ko‘rik-tanlov g‘oliblari aniqlandi. Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, birinchi o‘rin berilmadi. Ikkinchi o‘rinlarga Mudofaa vazirligidan Asatillo Xoliqov «O‘zbekiston askarlari», Qoraqalpog‘istonlik Roza Kutekeyeva «Mustaqillik gullari», Toshkent viloyatidan Baxtiyor Umarov «Ona yurtim» qo‘shiqlari uchun sazovor bo‘ldilar. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan Salomat Ibrohimova «O‘zbekiston – Vatanim manim», rus milliy madaniyat markazidan Pavel Borisov «Men seni sevaman, O‘zbekiston», Samarqand viloyatidan Safiya Saftarova «Vatan yagonadir» qo‘shig‘i uchun uchinchi o‘rinni oldi.Bu ko‘rik-tanlov 1996-yil 28-avgustda Mustaqillik bayramining 5 yilligi arafasida Toshkentda Xalqlar Do‘stligi saroyida yakunlandi. Unda viloyatlar, vazirliklar, muassasalar bo‘yicha tanlov g‘oliblari o‘zlarining dilrabo qo‘shiqlari bilan ishtirok etdilar. Tanlov yakuniga bag‘ishlangan katta konsertda, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov, parlament va hukumat a’zolari, Toshkentdagi diplomatik korpus xodimlari, mamlakat jamoatchiligi vakillari ishtirok etdilar.Umuman, «O‘zbekiston – Vatanim manim» mavzuidagi ko‘rik- tanlovining o‘tkazilishi Mustaqillikni, Vatanni anglash, uni ulug‘lash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi, mamlakat va xalqimiz hayotida qo‘shiq bayramini odat tusiga kirishi uchun zamin yaratdi. Shuning uchun ham 1996-yil 27-avgust kuni «O‘zbekiston – Vatanim manim» qo‘shiq bayrami haqida» maxsus Farmon qabul qilindi. Unda «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining besh yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan «O‘zbekiston – Vatanim manim» qo‘shiq ko‘rik-tanlovining xalqimiz madaniy-ma’naviy hayotida unutilmas voqea bo‘lgani, minglab fuqarolar tomonidan zo‘r mamnuniyat va ko‘tarinki ruh bilan qo‘llab-quvvatlanganligi» qayd qilindi.Farmonda kelajagi buyuk davlatimiz va uning bunyodkor, bag‘ri keng, xalqini madh etuvchi, insonlar qalbida muqaddas Vatan tuyg‘usini, mustaqillikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, buning uchun kerak bo‘lsa jon fido qilishga undovchi yuksak badiiy saviyadagi musiqa asarlari va qo‘shiqlarning yaratilishiga keng imkoniyat yaratish maqsadida:Har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi, «O‘zbekiston – Vatanim manim» qo‘shiq bayrami kuni deb e’lon qilinsin, – deb ko‘rsatildi.O‘zbekistonda musiqa va raqs san’atini rivojlantirish maqsadida «O‘zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasi va «O‘zbek raqs» birlashmasi tashkil etildi. Ularda musiqa va raqs san’atini rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘zda tutildi.Jumladan, «O‘zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasi yuzasidan qabul qilingan Farmonda shunday deyiladi: «1. «Turkiston» saroyi va «Bahor» komplekslari, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining ijodiy konsert tashkilotlari negizida «O‘zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasi tashkil qilinsin.2. Belgilab qo‘yilsinki, «O‘zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda hududiy bo‘limlariga ega bo‘lgan mustaqil ijodiy-ishlab chiqarish kompleksi hisoblanib, u mulkchilik shakllaridan va qaysi idoraga qarashli ekanligidan qat’i nazar filarmoniya, estrada, raqs, folklor va boshqa ijodiy jamoalarni birlashtiradi.«O‘zbeknavo» birlashmasining faoliyatiga badiiy-uslubiy rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasining Madaniyat ishlari vazirligi amalga oshiradi.3. «O‘zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:O‘zbekiston xalqlarining milliy mumtoz va zamonaviy musiqa hamda raqs san’atining eng yaxshi yutuqlarini rivojlantirish, asrash va targ‘ib qilish;iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning istiqbolli rejalarini, maqsadli kompleks, madaniy, ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqib, amalga oshirish;xorijiy firmalar bilan o‘zaro manfaatli tashqi iqtisodiy aloqalarning, madaniy, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish;gastrol-konsert faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ijodiy jamoalar va alohida ijrochilar tomonidan aholiga madaniy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish»...1998-yili mamlakatimizda birinchi marta simfonik musiqa festivali o‘tkazildi. O‘zbekiston respublikasi bastakorlar uyushmasi bilan o‘tkazilgan mazkur festivalda dunyoning yigirmaga yaqin mamlakatlaridan ijrochilar ishtirok etishdi. Ular O‘zbekistonda jahon musiqa san’ati klassik namunalarining eng oliy darajada ijro etilganligiga va ushbu soha jahon klassik an’analari bilan o‘zbek milliy musiqa san’atining uyg‘unlashgan yangi maktabi yaratilganligiga guvoh bo‘lishdi. Mutal Burhonov, Ikrom Akbarov, Sayfi Jalil, Sobir Boboyev, Boris Giyenko, Mustafo Bafoyev, Rustam Abdullayev singari bastakorlarning ijodiga yuksak baho berdilar.Bugun milliy-an’anaviy qo‘shiqchiligimiz bilan birga milliy estrada san’ati ham tobora rivojlanmoqda. O‘lmas Saidjonov, Munojot Yo‘lchiyeva, Nasiba Sattorova, Ismoil va Isroil Vahobovlar bilan bir qatorda Nasiba Abdullayeva, Farrux Zokirov va ularni yuzlab kasbdoshlari, jumladan, Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoitova, Rayhona Nazarovalar sof milliy estradaning yorqin namoyandalari o‘zbek qo‘shiqchilik san’atini dunyoga olib chiqmoqdalar. Ular 2000–2007-yillar o‘zbek xonandachiligining taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqdalar. Shavkat Mirzayev, Baxtiyor Aliyev, Abduhoshim Ismoilov, Anor Nazar, Dilorom Omonullayevalar yaratgan musiqaviy asarlar ayni ana shu ikki yo‘nalishning taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.An’anaviy «Sharq taronalari» festivali besh qit’a san’at ahlining diqqatini ‘ziga tortdi. Dunyoda tinchlik va ezgulikni, barqarorlik va o‘zaro bir-birini tushunishni qo‘shiq orqali, san’at orqali amalga oshirish mumkinligi ko‘rsatdi. Har ikki yilda o‘tadigan bu xalqaro san’at ko‘rigining navbatdagisi 2009-yil avgust oyida bo‘lib o‘tadi.Milliy raqs san’ati an’analarini avaylab-asrash, ularni rivojlantirish, mamlakatimiz turli hududlarining o‘ziga xos raqs maktablari namunalarini to‘plash, shu asosda boy o‘zbek raqs san’atini targ‘ib etish maqsadida «Oltin meros» xalqaro jamg‘armasi qoshida O‘zbekiston xalq artisti Qizlarxon Do‘stmuhamedova rahbarligida «Munojot» milliy mumtoz raqs ansambli tashkil etildi. Qisqa fursatda bu ansambl san’at ixlosmandlarining e’tibori va e’tirofiga sazovor bo‘ldi.Kino san’ati ustalari ham mustabidlik va mustaqillik davrlarining mohiyatini badiiyat vositasi bilan ochib berish yo‘lida tinmay izlanib, xalqimizga o‘zlarining yangi-yangi asarlarini taqdim etmoqdalar. So‘nggi yillarda yaratilgan «O‘tkan kunlar», «Otamdan qolgan dalalar», «Yozning yolg‘iz yodgori», «Kichkina tabib», «Voiz» kabi badiiy filmlar tamoshabinlarga manzur bo‘ldi.Mustaqillik solnomasini yaratish hujjatli kino arboblari oldida turgan eng muhim vazifalardan ekanligi tabiiy. Buni chuqur anglagan kinochilarimiz bir qator hujjatli filmlarni yaratdilar. Ular orasida, ayniqsa, «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida» asari asosida ishlangan ko‘p qismli hujjatli film nafaqat xalqimiz, balki xorijlik tomoshabinlar tomonidan ham yuqori baholandi. Angliya, Germaniya, Belgiya, Daniya kabi bir qator chet mamlakatlarda bu filmning taqdimoti bo‘lib o‘tganligi fikrimizning isbotidir.
Savol va topshiriqlar:
Ta'lim sohasidagi davlatimiz siyosatining asosiy prinsiplari nimalardan iborat?
Milliy dasturni ro'yobga chiqarish bosqichlari va vazifalari haqida so'zlab bering.
Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari qurilishi haqida so'zlab bering.
Oliy ta'lim ravnaqi haqida nimalarni bilasiz?
Ta'lim muassasalarining xalqaro hamkorligi to'g'risida nimalarni bilasiz?
Badiiy adabiyot rivojiga salmoqli hissa qo'shgan adiblardan kimlarni bilasiz?
Teatr san'ati va o'zbek sirki rivoji haqida nimalarni bilasiz?
Tasviriy san'at, milliy musiqa va qo'shiqchilikning o'sishi haqida so'zlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |