Mavzu: O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar.
Reja :
1.Aholi daromadlari darajasini saqlash tadbirlari
2. Aholi daromadlari darajasini saqlash tadbirlari
3.Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash
4.Millatlararo totuvlik
Asosiy tayanch tushunchalar:
Ijtimoiy himoya,kam ta’minlangan oila,moddiy yordam,”Kinderdof”bolalar mahallasi,maishiy xizmat,millatlararo totuvlik,”Millatlar saroyi”.
O'zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki paytdayoq, uning asl maqsadi insonlarga munosib turmush va ish sharo-itlarini vujudga keltirishdan iborat, deb belgilandi. Buning sababi shundaki, odamlarning ijtimoiy muammolariga e'tibor ber-maslik barqarorlikka va milliy xavfsizlikka katta xavf tug'diradi. Bozor munosabatlariga o'tishning hamma bosqichlarida aholini oldindan ijtimoiy himoyalash davlat siyosatida ustuvor yo'na-lish mavqeyini egalladi.,,0'zbekistonning o'z yangilanish va taraqqiyot yo'liga asos bo'Igan eng muhim qoidalaridan biri bozor iqtisodiyotiga o'tishning barcha bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy siyosatni o'tkazishdir".
Bozor iqtisodiyotiga o'tishning dastlabki bosqichlari mulkni davlat tasa rufidan chiqarish, narxlarni erkinlashtirish, ish haqining kamayishi, nochor aholi qatlamining vujudga kelishi kabi holatlar bilan bog'liq bo'ladi. Shu boisdan O'zbekistonda aholi daromadlari darajasini saqlashga alohida e'tibor berildi.Birinchi navbatda, xalq iste'moli mahsulotlari narxining o'zgarishi va pulning keskin qadrsizlanishi sharoitida aholi daromadlari darajasini saqlash tadbirlari ko'rildi. Shu maqsadda 1993-yil yanvar oyida ish haqi toiashning yagona tarif setkasi joriy etildi. Bu tadbir, xodimlarning ish haqi miqdorini tarif koeffitsiyentlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita bog'lash imkonini berdi. Eng kam ish haqini muntazam oshirish orqali aholining o'rtacha ish haqi, pul daromadlari ham oshib bordi. 1994-yilda mazkur tarif setkasiga muvofiq eng kam ish haqi 150 so'm bo'Igan bo'lsa, 1995-yilda 250 so'm, 1996- yilda 600 so'm, 1997-yilda 750 so'm, 1998-yilda 1100 so'm, 1999-yilda 1750 so'm, 2000-yilda 2450 so'm, 2001-yilda 3430 so'm, 2002-yil 1 apreldan 3945 so'm, 2002- yil 1-avgustdan 4535 so'm, 2003 yil 1 maydan boshlab 5440 so'mga yetdi. Eng kam ish haqidan kelib chiqqan holda davlat budjetidagi tashkilot va muassasalari xodimlarining oylik maoshi tarif setkasida ular uchun belgilangan koeffitsiyentlarga mos ravishda oshirib borildi. Davlat tasarrufidan chiqarilgan korxo-nalarda, masalan sanoat, transport, aloqa, qurilish, axborot-hisoblash tarmoqlaridagi ishchi-xizmatchilarning maoshi yana-da yuqoriroq darajada o'sib bordi.
Pensiya, nafaqa, talabalargato'lanadigan stipendiyalar miqdori ham eng kam ish haqining oshishiga mos ravishda o'sib bordi. Mamlakatimizning 2 mln. 640 ming fuqarosi pensiya oladi, nogi-ronlar, mehnat qobiliyatini yo'qotganlarga davlat nafaqasi berilmo-qda. Bunday to'lovlar 2000-yilda 187,8 mlrd so'mni tashkil etdi.Oliy o'quv yurtlari talabalariga beriladigan stipendiyalar miqdori 1998—2000-yillarda 3,8 baravar ortdi. 2000-yilda oliy o'quv yurtlarining 142 ming talabasi 6 mlrd 600 mln so'm stipendiyaoldi.
Davlat tomonidan amalga oshirilgan bu tadbirlar natijasida aholi daromadlari darajasining keskin pasayishining oldi olindi turmush darajasi ichki iste'mol1 mahsulotlan va uy-ro zg or buyuihlan narx-navosi-ga bog'liq, albatta. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida amalga oshirilgan narxlarni erkinlashtirish jarayonida aholini ijti-moiy himoyalash, ichki iste'mol bozorini davlat tomonidan na-zorat qilish choralari ko'rildi.
Narxlar 1992-yil yanvaridan boshlab bosqichma-bosqich, aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan choralarni oldindan ko'rib qo'ygan holda erkinlashtirila boshlandi. Vazirlar Mahka-masining „Narxlarni erkinlashtirish chora-tadbirlari to'g'-risida" gi qaroriga muvofiq 1992-yil 10-yanvardan boshlab O'zbekistonda keng doiradagi ishlab chiqarilayotgan sanoat mol-lari, texnika vositalari ayrim turdagi xalq iste'moli mollari, ba-jarilgan ishlar va xizmatlarning kelishilgan (erkin) narxlari va tariflariga o'tildi. Hukumat aholini himoyalash maqsadida chek-langan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining che-garasini, ko'rsatiladigan ayrim turdagi xizmatlarning eng yuqori tariflarini belgilab qo'ydi. Shu munosabat bilan don, bug'doy yetishtirish uchun, un va boshqa oziq-ovqat mollarini ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlarning bir qismi respublika byudjetidan to’landi. chiqarishga sarflanadigan xarajatlarning bir qismi respublika budjetidan to'landi. O'quvchi va talabalarga bepul nonushta va imtiyozli ovqat berishdan ko'rilgan zarar davlat hisobidan qop-landi, bolalarga mo'ljallangan ayrim turdagi tovarlarni, dori-darmonlarni ishlab chiqarishda korxonalarga davlat dotatsiyasi berildi.
1993-yilda qat'iy belgilangan va tartibga solib turiladigan narx-larda sotiladigan tovarlar va ko'rsatiladigan xizmatlarning ro'yxati ancha qisqardi. Kelishilgan ulgurji narxlarni davlat to-monidan tartibga solish to'xtatildi.
1994-yilning oktabr—noyabr oylarida xalq iste'moli mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo'yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi. Lekin aholini ijti-moiy himoya qilish maqsadida non va unning narxlari, uy-joy, kommunal xo'jaligi, shahar umumiy transporti xizmatlarining haqi to'la aholi zimmasiga yuklanmadi, bunday xizmat ko'rsatuvchi korxonalar xarajatlarining bir qismi davlat tomo-nidan beriladigan dotatsiya bilan qoplandi.
Narxlarni erkinlashtirish jarayoni ijtimoiy larzalarsiz o'tdi. Negaki, davlat ichki iste'mol bozorini nazorat qilib turdi. Davlat turli kompensatsiya jamg'armalarini tuzdi, bolalar uchun na-faqalar joriy etdi, aholiga kojnpensatsiya to'lovlari tarzidagi pul to'lovlarini keng qoiladi. Korxonalarning o'z xodimlariga ijtimoiy yordam ko'rsatish sohasidagi xarajatlaridan bir qismi budjet mablag'lari hisobidan qoplanib turildi. Keng iste'mol mollari va xizmatlarining ko'pgina turlari narxlaridagi tafovutlarning o'rni davlat budjeti hisobidan qoplandi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari, 2 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun bepul ovqat, barcha maktab o'quvchilari va talabalar uchun ovqatning arzon-lashtirilishi kabi imtiyozlar amal qildi. Ayrim toifadagi fuqarolarga uy-joy bepul xususiy mulk qilib berildi. Islohotlarning birinchi bosqichi davomida ijtimoiy himoyalash xarajatlari respublika budjetining salkam uchdan bir qismini tashkil etdi Davlat budjeti hisobidan aholining Kam ta minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash choralari ko'rildi. Bular jumlasiga pensionerlar, nogironlar, ko'p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o'quvchi yoshlar kiradi.
1991 —1994-yillarda respublika budjeti hisobidan 30 ta soha va yo'nalishlar bo'yicha ijtimoiy himoya, moddiy yordam amalgam oshirildi. O'zbekistonda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari birdek hurmat qilinadi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratildi. Oqilona miUiy siyosat tufayli O'zbekistonda yashayotgan barcha millatlarning vakillari orasida etnik-madaniy asoslardajipslashish jarayoni sodir bo'ldi. 1989- yildayoq O'zbekistonda istiqomat qilayotgan millat va elatlarning jamoat tashkilotlari — milliy-madaniy markazlari tuzila boshlangan va shu yili ularning soni 12 taga yetgan edi.
1989- yilda Madaniyat vazirligi qoshida Respublika millatlararo madaniyat markazi tuzildi. Mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyatlar tufayli bu jarayon tez rivoj topdi. 2002-yilda respublikamizda 120 ta milliy madaniyat markazlari faoliyat ko'rsatdi.Milliy-madaniy markazlar uch asosiy yo'nalishda faoliyat ko'rsatdilar:
1.Bar bir millatning tili, madaniyati, urf-odatlari va rasm-rusumlarini tiklasb,tarixiy Va
tani bilan aloqani jonlantirish;
2.O'zbekistonni o'zining haqiqiy Vatani deb bilish va unga sadoqat bilan xizmat qilish;
3.O'zbekiston davlatiga nom bergan o'zbek xalqi bilan do'stlikda, hamkorlikda va totuv-
likda yashash, uning tilini, madaniyatini va tarixini bilish.
4.Milliy-madaniy markazlarning ishi yil sayin boyib, yangilanib bordi.
Ularning tashabbusi va rahbarligida turli yo'na-lishdagi to'garaklar ishlay boshladi. Jumladan:
1.O'z milliy madaniyatini, tilini, urf-odatlari, tarixini o'rganish to'garaklari;
2.O'zbekiston tarixini, madaniyatini va tilini o'rganish to'garaklari;
3.Milliy musiqa, raqs va hunar to'garaklari faoliyat ko'rsatdilar.
1992- yil yanvarida Millatlararo madaniyat markazi Respublika Baynalmilal mada-niyat markaziga aylantirildi. Uning faoliyatida millatlar vaelatlarni jipslashtirishga asosiy e'tibor qaratildi. O'zbekiston davlati ko'magida Baynalmilal madaniyat marka-
zi va milliy-madaniy markazlar 1996-yilda ,,Bobur" ko'chasidagi muhtasham saro-
yga ko'chib o'tdilar, bu majmua Millatlar saroyi degan nom oldi.
O'zbekiston davlat delegatsiyasining xorijiy mamlakatlarga rasmiy tashrifi chog'ida tegishli milliy-madaniy markazlarning rafybarlari hukumat delegatsiyasi safida bormoqdalar. Xorijiy mamlakatlardan kelgan davlat delegatsiyalari vakillari esa O'z-bekistondagi o'z millatiga mansub milliy-madaniy markazlarda bo'lib, uchrashuvlar, qiziqarli suhbatlar va muloqotlarda bo'lmoqdalar. Milliy-madaniy markazlarning O'zbekistondagi elchixonalar va diplomatik korpuslar bilan aloqalari mus-tahkamlandi, hamkorlikda tadbirlar o'tkazilmoqda. Barcha millat va elatlarga xos milliy bayram kunlari nishonlanmoqda, festival-lar uyushtirilmoqda. Har bir millatning nomdor rassomlari, yozuvchilari, shoirlari, olimlari, madaniyat va san'at arboblariga bag'ishlangan badiiy ko'rgazmalar tashkil etilmoqda.
O'zbekistonda yashayotgan barcha millat va elat vakillari respublika miqyosidagi bayramlar — Mustaqillik kuni, Navro'z bayramlarida faol ishtirok etmoqdalar. Bu bayramlarda rus, ukrain, ozarbayjon, qozoq, tatar va boshqa xalqlar badiiy ha-vaskorlarining chiqishlari qiziqish, xursandchilik bilan kutib olinmoqda.
Barcha millat va elat vakillari O'zbekistonni o'zining umumiy uyi, Vatani deb bilib, uning ravnaqi yo'lida sidqidildan xizmat qilmoqda. Bu O'zbekistonda yuritilayotgan oqilona milliy siyo-satning mevasidir.
Xulosa qilib aytganda, O'zbekistonda yashayotgan millatlar o'rtasidagi do'stlik va o'zaro hamjihatlik rishtalari yangicha maz-
mun bilan boyib bormoqda, millatlararo totuvlik ta'minlandi. Bu O'zbekistonning yanada barqaror o'sishiga mustahkam zamin bo'lib xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |