Mavzu-4. Buxgalteriya hisobining funksiya va vazifalari.
Reja :
1. Buxgalteriya hisobining vazifalari
2. Buxgalteriya hisobining funksiyalari
Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir.
Buxgalteriya hisobining vazifalari:
• buxgalteriya hisobi hisob varaqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar hamda majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
• samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
• moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
Bu vazifalarning bajarilishi korxonalarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayoni va operasiyalarini o‘z vaktida, aniq va dastlabki hujjatlarga asoslangan holda buxgalteriya hisobida aks ettirish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |