Mavzu-7. Buxgalteriya balansi to“g“risida tushuncha
Reja :
1. Buxgalteriya balansi to“g“risida tushuncha
2. Balansning aktiv tomoni
3. Balansning passiv tomoni
Iqtisodiyotni erkinlashtirish, mulkdorlar sinfini shakllantirish mulk samaradorligi bilan bog‘liqdir. Har bir mulk egasi o‘z faoliyati davomida korxona ichidagi va undan tashqarida bo‘lgan iqtisodiy munosabatlarni olib boradi. Amalga oshirilgan har bir iqtisodiy munosabat mulk harakati bilan o‘lchanadi va tartibga solinadi. Mulk egasining o‘z mulkiga bo‘lgan munosabati, birinchi navbatda, uning to‘liqligini ta’minlash, mulkning joylanishi, tashkil topish manbalari bilan o‘lchanadi. Balans yordamida mulk va uning tashkil topish manbalari tahlil qilinib, tegishli mablag‘ga bo‘lgan talab o‘rganiladi. Balans so‘zi muvozanat, ikki tomonning tengligi ma’nosini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |