Oqitish metodlari:
|
Kichik axborotli maruza, tushuntirish, kitob bilan ishlash, aqliy hujum, B/BX/B,kichik guruhlarda ishlash
|
Oqitish vositalari
|
Darslik, yozuv taxtasi, slaydlar, noutbuk, korgazmali qurollar, test kartochkalari, oquv topshirigi
|
Oquv faoliyatini tashkil etish shakli
|
Ommaviy, guruhiy va jamoaviy, yakka tartibdagi, juftlikdagi
|
Oqitish sharoiti
|
OTV bilan ishlashga moslashtirilgan
Auditoriya
|
Qayta aloqaning usul va vositalari
|
Aqliy hujum, savol-javob, B/BX/B topshiriqlarini baholash
|
Urug'lik chigitiga qo'yilgan agrotexnik talablar. Mo'l paxta hosili yetishtirish- da ekiladigan chigitning sifati muhim rol o'ynaydi. Shuni doimo yodda tutishimiz kerakki, faqat sog'lom, to'la pishib yetilgan, mag'izi to'q, yaxshi saqlangan va ekishga to'g'ri tayyorlangan chigitlardangina yuqori hosil beradigan g'o'zalar rivoj- lanadi.
Urug'lik chigit davlat standard talablarining quyidagi ko'rsatgichlariga javob berish kerak:
1.Urug'lik chigitlar unuvchanligiga qarab 3 sinfga bo'linadi. 1-sinf 95%; 2-sinf 90% va 3-sinf 85%. Unuvchanligi 9085% dan kam bo'lgan chigitlar xoli unib chiqishi mumkin, lekin g'o'za nihollari nimjon, noqulay sharoitlarga chi- damsiz, kasallik va hashoratdan ko'p ziyon ko'radigan bo'ladi;
2.Urug'lik chigit malum darajada nav jihatdan toza bo'lishi lozim. Elita chigit - larning nav tozaligi 100%, birinchi reproduksiya chigitlariniki 99%, ikkinchi repro- duksiyaniki 98% va reproduksiyaniki 96% dan kam bo'lmasligi zarur;
3.Chigitlarning mexanik shikastlanishi qo'lda terilgan paxtada 5%dan mashinada terilganda 7% ortmasligi kerak;
4.Chigitlar tuki tukli chigitlarda 0,8% va tabiiy yalang'och chigitlarda 0,4 dan ortmasligi kerak;
5.Chigitlar namligi 10% dan ortib ketmasligi shart.
Urug'lik chigitlarni quyoshli kunlarda maydonlarga 510 sm qalinlikda bir tekis yoyib, ikki-uch kun qizdiriladi. Bunda kechasi chigitlar to'planib usti breze bildn berkitilib qo'yiladi.
Ekish oldidan tukli chigitlar beton qilingan maydonchalarda ozgina narnlam? dimlanadi. Chigit ekish muddatiga qarab namlash 8 soatdan 20 soatgacha davon etadi. Chigit namlash uchun eniga 1 1,5 m, qalinligi 3040 sm qilinib yoyilad. Maxsus purkagichlarda suv purkalib, yog'och kuraklarda qorishtirib turiladi. Sm chigitga to'la singuncha sepiladi, qachonki, polga suv silqib tusha boshlagandj to'xtatiladi. Bir tonna urug'lik chigit uchun 400600 1 suv sarflanadi. Shu suvni 23 marta bo'lib sepiladi. Har gal chigit qorishtirib bir joyga toplab turilad: Chigit usti ho'l qanorlar yoki sholcha bilan o'rab qo'yiladi. Chigit o'z og'irligig. nisbatan 60% namni shimib olishi lozim. Namlangan chigit ba’zi sabablarga ко'г ekilmay ushlanib qolsa, uni yupqa qilib yoyib qo'yiladi.
Tuksizlantirilgan chigitlar namlanmasdan quruq holda ekiladi.
Chigitlarni dorilash, ivitish ishlarini markazlashgan usulda mutaxassislar nazo-rati ostida tashkil qilish, texnika xavfsizligiga amal qilish va kerakli jihozlar bilan taminlash chigitni sifatli tayyorlashda muhim rol o'ynaydi.
Ekishga qo'yilgan agrotexnik talablar. Ekish meyoridan 3% gacha chetga chiqishga ruxsat etiladi.
Qatorlab ekishda qatorlar orasining bir sm dan ortiq chetga chiqishiga ruxsat etilmaydi, bundan barcha chigit bir xil chuqurlikka ko'milishi kerak. Chigitlarning ko'milishida 1 sm gacha chetga chiqishga ruxsat etiladi.
Chigitlarning ko'milmay qolishiga umuman ruxsat etilmaydi.
Sepish apparati chigit ishlarini urintirmasligi yoki sindirmasligi kerak. Bund^ shikastlangan chigit miqdori 0,3 % dan ortmasligi kerak.
Kvadrat uyalab ekadigan seyalkalar uyalarga bir xil miqdordagi chigit tash-lanishini taminlab uyalar orasi bir xil masofada bo'lishi kerak.
Punktirlab ekishda seyalka urug'larini bittalab bir xil uzoqlikda ekish kerak. Bunday usul bilan ekishda xatolik 2 % dan ortmasligi kerak, chigitlarning esa 0.5 % dan ortiq shikastlanishiga ruxsat etilmaydi.
Chigit ekish seyalkalari tukli va tuksiz chigitlarni kvadrat uyalab 60x60, 60x45. 60x50 ko'p uyalab 60x25 va 90x25 hamda boshqa usullarda ekishga mo'ljallangan bo'lib har bir uyaga 58 tadan tukli chigit tashlab ketish kerak. Bunday sharoitg. qarab ekish chuqurligi 38 sm ga o'zgarilishi mumkin. Bu agrotexnik talablarga ama qilingan holda bir qalinlikda va bir vaqtda chigitlarning unib chiqishi taminlanadi.
Mashinalar tanlash. Chigit ekadigan va yerga gerbitsit sepadigar mashinalar. Paxtachilik xo'jaliklarida seyalkalarning ikki xili ishlatiladi: qator oralarni 60 sm qilib chigit ekish mo'ljallangan STX-4 markali seyalka va qator oralarni 90 sm qilib chigit ekishga mo'ljallangan SCHX-4A markali seyalka. Har ikkala seyalkaning ikki modifikatsiyasi bor; biridan tuksiz chigit ekishda foydalaniladi.
STX-4 markali seyalka uyalatib va qatorlab, SCHX-4A markali seyalka esa uyalab, donalab (punktir usulida) va qatorlab ekiladi.
Keyingi yillarda SXU markali universal seyalkaning ham ikki modifikatsiyasi ishlab chiqarila boshladi; bu modifikatsiyalarning uyalab ekish va tuksiz chigitni donalab ekish sxemalarining diapazoni juda keng va qatorlar orasini 60,70 hamda 90 sm kenglikda o'zlashtirish mumkin.
Uyalab ekish sxemasida bir uyaga o'rta hisobda 46 tadan tukli chigit tashlab ketiladi, STX-4 markali seyalka uchun belgilangan ekish normasi gektariga 5565 kg, SCHX-4A seyalkasi uchun esa gektariga 3555 kg. Eng katta norma uyalar orasini kichikroq qilib ekish sxemasiga taalluqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |