Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi navbahor tumani kasb-hunar maktabi "tasdiqlayman"


Agregatning ishini dalada tashkil etish va ekish sifatini nazorat qilish~



Download 17,52 Mb.
bet194/244
Sana05.01.2022
Hajmi17,52 Mb.
#318172
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   244
Bog'liq
mashina tarktor O'MT

Agregatning ishini dalada tashkil etish va ekish sifatini nazorat qilish~ Agregatni daladan dastlabki marta o'tkazib sinab ko'rganda seyalkaning traktorga nisbatan turish holatiga e’tibor berish, chigitning ko'milish chuqurligini to'qrilash, barcha soshniklarning chigit ekish va o'g'it sepish normasini tekshirish, egat olgichlarning yurish chuqurligini rostlash, uyalab ekish usulida uyalar oralig'i belgi- langanidan chetga chiqqan-chiqmaganligini tekshirish va marker uzunligini ke- ragicha o'zgartirish zarur.

Seyalkaning traktorga nisbatan turish (joylashish) holati agregat to'xtatilgandan keyin tekshiriladi, buning uchun seyalka ramasidan traktor g'ildiragigacha bo'lgan masofa o'lchanadi.

Strelka qiyshiq o'rnashgan bo'lsa, traktor osma moslamasining blokirov- kalovchi tortqilari uzunligi o'zgartiriladi. Ayni vaqtda seyalkaning bo'ylama vertikal yo'nalishda to'g'ri joylashganligi ham tekshiriladi; agar qiyshaygan bo'lsa, osma moslamaning markaziy tortqisi uzunligi keragicha o'zgartiriladi. Seyalka yengil tuproqli yerlarda ishlatilganda uni orqaga salgina (50 gacha) qiyalash tavsiya etila­di. Bunda soshnikning polozlari tuproqni surib ketmaydi va soshniklar ancha turg'un harakatlanadi.

Zagortachlarning (ko'muvchi ish organi) ishlash chuqurligi prikatkalarning (zichlash g'ildiragi) joylashish balandligini o'zgartirib rostlanadi. Bu chuqurlik chigitning ko'milish chuqurligiga taxminan teng bo'lishi, lekin undan katta bo'lmasligi lozim. Agar zagortachlarning ishlash (tuproqqa botish) chuqurligi yetarlicha bo'lmasa yoki seyalka ishlatilayotgan vaqtda o'zgaraversa zagortachning prujinasini stoykaning yuqoridagi teshigiga ko'chirib qo'yish kerak. Zagortach nor­mal ishlaganida chigitlarni shunday qalinlikda ko'mib ketadiki, prikatkalar bu tuproq qatlamidan balandligi 2—3 sm keladigan va ko'ndalang kesimi uchburchak shaklida bo'lgan pushta (marza ) hosil qila oladi.

Seyalkaning barcha ko'muvchi ish organlarini sozlab bo'lgandan keyin chigit­ning ko'milish chuqurligini uzil-kesil tekshirish tavsiya etiladi; buning uchun chigit ekilgan egatcha ochilib, egatcha tubidagi chigitdan pushtaning tepasigacha bo'lgan oraliq o'lchab olinadi.

Chigit ekish normasini tekshirib ko'rish uchun ekish apparatlariga avvalo chi­git to'ldiriladi, keyin chigitni ko'mib ketadigan ish qismlari ko'tarib qo'yiladi, seyalka shu holida 15—20 metr masofaga haydab boriladi.

Egat olgichlarni shunday sozlash kerakki, ochilgan egatlarning chuqurligi 10—12 sm ga teng bo'lsin, egat olgichlarning qanotlaridan tushayotgan tuproq prikatkalar hosil qilayotgan pushtalarni ko'mib ketmasin.

Ish qismlarining sozligini tekshirish maqsadida seyalkani ishlatib ko'rgandamarkerlarning uzunligini to'g'rilash kerak. Agregatning bo'ylama o'qidan marker egatchasining o'rtasigacha bo'lgan masofa seyalkaning bir galgi qamrash kengligiga teng bo'lishi lozim.

Dalada agregat qayrilish joylariga va paykallar chetiga chigit ekish uchun STX-4A seyalkasi qatorlab ekishga moslanadi, buning uchun har bir diskli ekish apparatini vertikal o'q atrofida 180° ga burib, shu holatida soshnikka mahkamlab qo'yish kerak. Shunda apparatni chigit tushadigan darchasi soshnik bo'shligi tepasida joylashadi. Bundan tashqari, apparat devorchasidagi darcha qopqog'ini ochish kerak. Ochilgan darchadan soshnikka qo'shimcha miqdorda chigit tushib turadi. Apparatlarni ishga tushirish uchun seyalkaning chap g'ildiragidan harakat uzatuvchi yuritma ulanadi. Qatorning har bir metriga kamida qirq dona chigit eki- lishi shart.


Download 17,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish