Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi navbahor tumani kasb-hunar maktabi "tasdiqlayman"


Traktor agregatining ish unumdorligini oshirish yo'llari



Download 17,52 Mb.
bet112/244
Sana05.01.2022
Hajmi17,52 Mb.
#318172
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   244
Bog'liq
mashina tarktor O'MT

Traktor agregatining ish unumdorligini oshirish yo'llari. Mashina-traktor agre­gatlarining ish unumdorligi qancha yuqori bo'lsa, qishloq xo'jaligi sohasidagi umu­miy mehnat unumdorligi ham shuncha yuqori bo'ladi.

Mashina-traktor agregatining ish unumdorligiga ta’sir etuvchi omillarni shartli ravishda uch guruhga bo'lish mumkin. Birinchi guruhga agregat tarkibiga kiruvchi mashina va traktorlarning ekspluatatsion ko'rsatkichlariga bog'liq bo'lgan omillar kiradi.

Agregatning harakatlanish tezligi, ishchi qamrov kengligi. dvigatel quwati, traktorning tortish quwati va har xil uzatmalardagi tortish kuchi. texnik xizmat ko'rsatishga sarflanadigan vaqt, mashinaning ishonchlilik va otkazsiz ishlash ko'rsatkichlari kabi omillar birinchi guruhga taalluqli bo'lib, ular agregatning texnik imkoniyatlarini belgilaydi.

Ikkinchi guruh omillari ish sharoiti bilan bog'liq bo'lgan. awalo agregat bilan ishlov berilayotgan yer uchastkalarining xususiyatlari: tuproqning mexanik tarkibi, uchastkalar o'lchami va shakli, dalalar relyefi, tuproqning namligi, yer maydonla- rining ifloslanganligi va shunga o'xshashlarni o'z ichiga oladi.

Ushbu omillar agregatning harakatlanish usullarini. mashinalarga bo'lgan so­lishtirma qarshiliklarni va boshqa ko'rsatkichlarni belgilaydi.

Uchinchi guruhga esa, mashinalardan foydalanishni tashkil qilish darajasi, agregatlarning ishlash texnologiyasi, traktorist-mashinistlaming kvalifikatsiyasi, ish haqini to'lashni tashkil etish shakllari va boshqalami o'z ichiga oluvchi omillar kiradi.

Yuqorida keltirilgan har uchala guruh omillari bir-biri bilan bog'liq holda mavjud bo'ladi.

Texnikadan to'g'ri foydalanish uchun texnik omillar va tabiiy sharoitdan kelib chiquvchi omillar agregat ish unumdorligiga qanday ta’sir ko'rsatishini yaxshi bi- lish kerak bo'ladi.

(1.35) formulaga ko'ra agregat ish unumdorligini belgilovchi qamrov kengligi B, harakat tezligi V va smena vaqtidan foydalanish koeffitsienti o'zgaruvchan kat- taliklar ekanligini e’tiborda tutib, ish unumdorligini agregatlarni ishlatish chog'idagi harakatlarni kamaytirish hisobiga oshirish ham mumkin.

Umuman, agregatning qamrov enini, harakat tezligini va smena vaqtidan foy­dalanish koeffitsientini oshirish ish unumdorligini ko'tarish imkonini beradi.

Ammo bu kattaliklar orqali ish unumdorligini oshirishning har doim ham imkoni bo'lavermaydi, chunki ular bir-biriga bog'liq bo'lgan ko'plab omillarga tobedir. Masalan, qamrov enini oshirish agregatning tortish quwatini oshirishni, ya’ni katta quwatli traktordan foydalanishni talab qiladi yoki harakat tezligini oshirish bajariladigan ish sifatining pasayishiga olib keladi va h. k.

(1.40) formuladan ko'rinadiki, ish unumdorligini oshirish uchun agregatning konstruktiv qamrov kengligidan va smena vaqtidan yaxshiroq foydalanish hamda iloji boricha yuqori harakat tezligida ishni tashkiFetish kerak.

Qamrov kengligi va harakat tezligi o'z navbatida traktor quvvatiga bog'liq. Traktorning tortish quwati qancha katta bo'lsa, undan qay darajada yaxshiroq foy- dalanilsa, mashinaga qarshilik qancha kam bo'lsa agregatning ish unumdorligi shuncha yuqori bo'ladi.

Quwatdan foydalanishning yuqori ko'rsatkichiga esa qamrov kengligi va agre­gatning harakatlanish tezligini to'g'ri muvofiqlashtirish yo'li bilan erishish mumkin. Agregatning qamrov kengligini jiddiy konstruktiv o'zgarishlar qilmasdan va manyovrchanligiga zarar yetkazmasdan qilish mumkin bo'lgandagina ko'paytirish maqsadga muvofiqdir.

Mashina-traktor agregatining tortishga qarshiligi uning texnik holati bilan bog'liq bo'ladi.

Agar ishchi organlar vaqtida yangisi bilan almashtirilib yoki charxlab turilsa, agregatlash to'g'ri bajarilsa, qarshilik kam bo'ladi.

Shu bilan birga ish vaqtidan unumli foydalanishga alohida e’tibor berilishi zarur.

Agar texnik xizmat ko'rsatish zamonaviy usullarda to'g'ri tashkil etilsa, behuda vaqt yo'qotishlar kamayadi.

Hozirgi paytda eng zamonaviy qishloq xo'jalik texnikalari ilg'or mamlakatlar- dan olib kelinayapti. Shu sababli xorijiy mamlakatlarning qishloq xo'jaligida me- xanizatsiya vositalaridan foydalanish tajribalarini izchillik bilan o'rganish, yuqori unumdorlikka ega bo'lgan agregatlarni ishlatishning ilg'or tajribasini keng yoyish, traktorist-mashinistlar kvalifikatsiyasini oshirish ham agregatlar ish unumdorligini oshirish uchun keng imkoniyatlar ochadi.

-Traktor agregatining ish unumdorligini oshirishning hozirgi davr talabiga mos keladigan tadbirlari quyidagilardan iborat:



  1. mashina-traktor agregatini tuzishda dvigatel quvvatidan to'liq foydalanishni hisobga olish;

  2. ishni traktorning tortish quwatidan to'laroq foydalaniladigan tezlikda bajarish;

  3. tezkor traktorlardan foydalanish;

  4. oqilona harakat usullaridan foydalanish va ulami tashkil qilishni takomil- lashtirish;

  5. ishni ko'p smenali asosda tashkil qilish hisobiga sutkali yoki mavsumiy ish unumdorligini oshirish;

  6. ish smenalari orasida sifatli texnik xizmat ko'rsatish ishlarini bajarish;

  7. agrotexnika va mehnat xavfsizligi talablarini qat’iyan bajarish;

  8. ilg'or tajribalarni joriy qilish va ulardan keng foydalanish.

Nazorat savollari

1. Agregatning ish unumdorligi deb nimaga aytiladi?

2. Bir soatdagi nazariy ish unumdorligi qanday ifodalanadi?

3. Smena vaqtidan foydalanish koeffitsienti deb nimaga aytiladi?

4. Mashina-traktor agregatining ish unumdorligiga ta’sir etuvchi omillarni ayting.

5. Traktor agregatining ish unumdorligini oshirishning hozirgi davr talabiga mos keladigan tadbirlari nimalardan iborat?


1.6. FOYDALANISH SARF-XARAJATLARI VA ULARNI KAMAYTIRISH YO'LLARI

■ОТ

Foydalanish sarf-xarajatlarining tasnifi. Foydalanish sarf-harajatlari qishloq xo'jalik texnikasini ishlatish bilan bog'liq.



Agar mashinalardan foydalanishda qishloq xo'jaligidagi mexanizatsiyalashgan ishlar tannarxini kamaytirishga erisha olsak yetishtiriladigan qishloq xo'jalik mah-sulotlari ham arzonlashishi tabiiydir. Chunki, qishloq xo'jalik mahsulotlari tan-narxining kamayishi ishlarini mexanizatsiyalashning samarasi hisoblanadi. U ko'p jihatdan, ishlov beriladigan maydon birligiga yoki mahsulotga sarflanadigan qo'l mehnatining ulushiga bog'liq.

Bajarilayotgan ish bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'langan pul mablag'lari sarfi — bevosita eksplutatsion sarf-xarajatlar deyiladi.

Bevosita eksplutatsion xarajatlar (so‘m/ga) quyidagilarni o'z ichiga oladi: Mexanizatorlarning ish haqi — Ci h.

Amortizatsiya ajratmalar — Ca.

Kapital ta’mirlash xarajatlari — Ckt.

Joriy ta’mirlash va texnik xizmat ko'rsatish — Cjt txk.

Yonilg'i va moylash materiallariga xarajat — Cyon.

Yordamchi ishlar uchun xarajatlar — Cyord.

Mexanizatorlarning bajarilgan ish birligiga to'g'ri keladigan ish haqi miqdori quyidagi formula orqali aniqlanadi:

m

Clx = (^ni-zi)/Wc, (l.4l )



bu yerda m — agregatda xizmat qiladigan ishchilarning tarif guruhlari soni;

— agregatdagi i-nchi malakali ishlovchilar soni;

Zi — tarif razryadi bo'yicha i-nchi malakali ishchilarga haq to‘lash, so‘m/soat.

Yonilg'i va moylash materiallari uchun sarf-xarajatlar (so'm/ga). q0=^+(z, (1.42)

bu yerda Nyo — yonilg ‘i narxi, so ‘m/kg;

G — solishtirma yonilg'i sarfi, kg/ga. Agregatni to'liq tikiash uchun amortizatsiya ajratmalari (so‘m/ga).

Ca = Nm a/dOOT^Wf, (1.43)

bu yerda Nm — traktor agregatining balans qiymati, so ‘m;



a — har yilgi agregatlar me ’yori, %;

Tyu — traktorning yil davomida haqiqiy yuklanganligi, soat.

Agregatni kapital va joriy ta’mirlashga, texnik xizmat ko'rsatishga ketgan hara- jatlar (so‘m/ga).



ckt + CJtJxk = Cm (a,+ a2)/100TtWc, (1.44 )

bu yerda ah a2 — tegishli ravishda kapital va joriy ta 'mirlashga, texnik xizmat ко ‘rsatishga ajratmalar me ’yori, %;



Tt — traktor (mashina) ning yillik me ’yoriy yuklanganligi, soat.

Texnikani saqlash harajatlari — juda oz miqdorni (mashina balans qiymatining bor-yo‘g‘i 0,2—0,7 %) tashkil qiladi.

Agregat bo'yicha bevosita ekspluatatsion xarajatlr (so‘m/ga).

Cagr = Ctr + Css + Cm, (1.45)

bu yerda Ctr, Css, Cm — tegishli ravishda traktor, ssepka va mashina bo ‘yicha bevosi­ta ekspluatatsion xarajatlar, so ‘m/ga.

Kapital ta’mirlash uchun ajratmalar faqat murakkab konstruksiyali katta mashinalar uchungina bo'lishini nazarda tutish kerak.


Download 17,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish