Va muvofiqlashtirish boshqarmasi


Yormali, makaron mahsulotili va dukkakli sho‘rvalar



Download 4,39 Mb.
bet124/165
Sana06.07.2022
Hajmi4,39 Mb.
#747045
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   165
Bog'liq
AAAAAASaidova Iqbol to\'plam yangi (3)

Yormali, makaron mahsulotili va dukkakli sho‘rvalar
Ushbu guruh sho‘rvalari uchun oqlangan tariq, arpa, guruch, bug‘doy, suli yormasi, loviya, no‘xat, yasmiqdan foydalanadi. Un mahsulotlaridan makaron, kalta makaron, ugra, shu jumladan qo‘lbola ugra, vermishel va boshqalar ishlatiladi. Mazkur sho‘rvalar go‘sht-suyak, parranda va qo‘ziqorin qaynatmasida tayyorlanadi.
Yormali sho‘rva. Qaynab turgan sho‘rvaga tayyorlab quyilgan yorma, chala qovvurilib, mayda kubiklar shaklida to‘g‘ralgan sabzavotlar solinadi, qaynatiladi, tuz, ziravorlar qo‘shiladi va pishguncha qaynatiladi. Chala qovurilgan tomat pyuresi yoki yangi pomidor ham solish mumkin.
Suzib berishda idishga go‘sht yoki parranda go‘shti solinib, sho‘rva quyiladi va ko‘katlar sepiladi.
Xarcho sho‘rvasi. Bu gruzin milliy taomi bo‘lib, uni tayyorlashning bir necha usullari ma’lum. Ularning ichida eng ko‘p tarqalgani quyidagichadir: qo‘y yoki mol to‘shi 25-30 g li kubiklar shaklida chopib maydalanadi, ustidan sovuq suv quyilib, qaynab chiqquncha baland olovda qizdiriladi, sho‘rva suzg‘ichdan o‘tkaziladi. Tomat pyuresi chala qovuriladi.
8-A-5226
Piyoz juda mayda qilib to‘g‘raladi va chala qovuriladi. Qo‘zoqli chuchuk qalampir mayda to‘g‘raladi. Suzg‘ichdan o‘tkazilgan qaynatmaga bir bo‘- lak go‘sht, tayyorlab qo‘yilgan guruch yormasi, no'shpiyoz solinadi va qaynatiladi. Pishishiga yaqin qolganda chala qovurilgan tomat pyuresi, chuchuk qalampir, tog‘olcha qaylasi, ko‘katlar, qulmoq, tuz, tuyilgan sarimsoqpiyoz solinib, pishguncha qaynatiladi.
Sho‘rva taqsimchaga suzilib, ko‘katlar (petrushka yoki kinza bargi) sepib beriladi. Agar xarcho sho'rvasi ko‘p miqdorda tayyorlanadigan bo‘lsa, u holda go‘sht sho'rvada pishguncha qaynatiladi va suzib berilayotganda taqsimchaga solinadi.
Dukkakli donlar solingan sho‘rva. Go‘sht va dudlangan cho‘chqa go'shti suyaklaridan qaynatma sho'rva pishiriladi. Dukkali donlar tozalanib, yuviladi, sovuq suvda ivitiladi hamda shu suvning o'zida yumshaguncha qaynatiladi. Ildizlar va piyoz mayda kubik qilib to‘g‘raladi hamda chala qovuriladi. Qaynab turgan sho'rvaga tayyorlab qo'yilgan dukkakli donlar solinadi va qaynatiladi. Qaynatish nihoyasiga yetganda chala qovurilgan ildizlar va piyoz, tuz, ziravorlar solinib pishguncha qaynatiladi.
Suzib berayotganda idishga sho'rva quyilib, ko'katlar sepiladi. Alohida idishda qovurilgan burda nonlar berilishi mumkin. Qovurilgan burda non tayyorlash uchun jildsiz bug'doy noni kubiklar shaklida to‘g‘ralib, quritish javonida quritiladi. Bunday sho'rvaga chala qovurilgan tomat qo'shish mumkin. Solinadigan masalliqlar miqdori (g): yoki po'stdan tozalangan no'xat, yoxud yasmiq - 141, sabzi - 50, petrushka (ildizi) - 13, no'shpiyoz

  • 48, ko‘k piyoz - 26, yog' - 20 yoki dudlangan cho'chqa to'shi - 80, sho'rva- 800.

Makaron mahsulotlari solingan sho‘rva. Ildizlar makaron mahsulotlari shaklida to‘g‘raladi. Qaynayotgan sho'rvaga makaronlar solinib, 10-15 minut qaynatiladi, mayda qalamchalar shaklida to‘g‘ralib, chala qovurilgan sabzavotlar, chala qovurilgan tomat pyuresi, tuz, ziravorlar solinadi va tayyor bo‘lguncha qaynatiladi.
Vermishelli, sho'rvabop qo‘shilmali sho‘rva tayyorlash uchun qaynab turgan sho'rvaga avval chala qovurilgan sabzavotlar solinib, 5-8 minut qaynatiladi, keyin vermishel yoki sho‘rvabop qo‘shilma solinadi va pishguncha qaynatiladi. Qaynatish oxirida tuz va ziravorlar qo‘shiladi.
Suzib berishda idishga bir bo‘lak go‘sht yoki parranda go'shti solinadi, sho'rva quyiladi, ko'katlar sepiladi.
Agar sho'rva qo'ziqorin qaynatmasida tayyorlanadigan bo'lsa, u holda qaynatilgan qo'ziqorinlar to‘g‘ralib, qovuriladi va chala qovurilgan sabzavotlar bilan birga solinadi.
Qo‘lbola ugrali sho‘rva. Ushbu sho‘rva parranda qaynatmasida, ichak- chavoqlar bilan, qo‘ziqorin qaynatmasida tayyorlanadi. Ildizlar va piyoz qalamcha shaklida to‘g‘ralib, chala qovuriladi.
Ugrali sho‘rva tayyorlash uchun elangan un uyib to‘kilib, o‘rtasida chuqurcha qilinadi. Tuxumni idishga chaqib solib, ustidan suv quyiladi, tuz qo‘shiladi va qorishtirilib, suzg‘ichdan o‘tkaziladi. Hosil bo‘lgan aralash- mani aralashtirib turgan holda asta-sekin chuqurchaga quyiladi va xamir 1 - 1,5 mm qalinlikdagi qatlamlarga yoyib jo‘valanadi, bir oz quritiladi va 4-5 sm kenglikdagi tilimlarga kesib ajratiladi, bir nechta tilimlar ustma-ust qo‘yilib, kokila qilib to‘g‘raladi va bir oz quritiladi. Qo'lbola (xonaki) ugra foydalanishdan oldin elanadi. Sho‘rva tiniq chiqishi uchun ugra qaynab turgan suvga solinib, 1-2 minut qaynatiladi, olib elakka solinadi va suvi silqitiladi.
Qaynayotgan sho‘rvaga chala qovurilgan ildizlar va piyoz solinadi, keyin tayyorlab qo‘yilgan qo‘lbola ugra solinadi va pishguncha qaynatiladi, qaynatish nihoyasida ziravorlar va tuz qo‘shiladi. Basharti sho‘rva go‘shti qaynatmasida tayyorlanadigan bo‘lsa, u holda ziravorlar solinmaydi.
Suzib berilayotganda idishga bir bo‘lak parranda go‘shti solinib, sho‘rva quyiladi, ko‘katlar sepiladi.
Ishlatiladigan masalliqlar miqdori (g): bug‘doy uni - 72, yarimta tuxum, suv - 14, tuz - 2, xamirga sepish uchun bug‘doy uni - 4,8, sabzi - 50, petrushka (ildizi) -13, no‘shpiyoz - 24, ko‘k piyoz - 26, yog‘ - 20, qaynatma -900.
Sut sho‘rva!ar
Sut sho‘rvalar sut bilan suv aralashmasida, shuningdek shakarsiz quyul- tirilgan sutda va quruq sutda tayyorlanadi. Mazkur sho‘rvalarga yormalar, makaron mahsulotlari va sabzavotlar solinishi mumkin. Makaron mahsu­lotlari, butun donlardan qilingan yormalar va sabzavotlar sutda yaxshi pishmagani uchun avval yarim tayyor holatga kelgunga qadarsajj|ta qayna­tiladi, keyin sutda pishiriladi. ^
Sut sho‘rvalar uncha ko‘p boMmagan porsiyalarga mo‘ljallab pishiriladi, chunki uzoq saqlanganda sho‘rvaning rangi, hidi, quyuq-suyuqligi va ta’mi yomonlashadi. Sariyog4 yoki ovqatga yaroqli margarin qozon yoxud taqsimchaga bevosita suzib berish oldidan solinadi.
Yormali sut sho‘rva. Tozalangan va yuvilgan guruch, arpa yormasi yoki oqlangan tariq tuzli qaynab turgan suvga solinib, yarim tayyor holatga kelgunga qadar qaynatiladi, issiq sut quyiladi va pishguncha qaynatiladi.
Qaynatish oxirida shakar solinadi. Agar sho‘rva qaymog‘i olinmagan sutda tayyorlanadigan bo‘lsa, u holda yorma avval suvda 5-7 minut qaynatiladi- da, olib, elakka solinadi va suvi silqitiladi. Tayyorlab qo‘yilgan yorma qaynayotgan sutga solinadi va pishguncha qaynatiladi.
Arpa yormasi yoki bug‘doy yormasi solingan sut sho‘rva tayyorlash uchun elangan yorma qaynab turgan sutga yoxud suv qo‘shilgan sutga uni aralashtirib turgan holda asta-sekin sepiladi va tayyor bo‘lguncha qaynatiladi. Qaynatish nihoyasida tuz va shakar qo‘shiladi.
Suzib berishda idishga sho‘rva quyiladi, sariyog1, ovqatga yaroqli marga- rin solinadi.
Foydalanadigan masalliqlar miqdori (g): sut - 700, suv - 350, guruch yormasi - 70 yoki bug‘doy yormasi - 60, yoxud arpa yormasi - 80, sariyog4

  • 1, shakar - 10.

Makaron mahsulotlari solingan sho‘rva. Tayyorlab qo‘yilgan makaron mahsulotlari qaynayotgan tuzli suvga solinib, yarim tayyor holatga kelguncha qaynatiladi, Qaynoq sut quyiladi va pishguncha qaynatiladi. Qaynatish oxirida shakar solinadi. Agar sho‘rva qaymog‘i olinmagan sutda pishirila- digan bo‘lsa, u holda makaron mahsulotlari qaynab turgan suvga solinadi va makaronlar 15-20, ugra 10-12, vermishel 5-7 minut qaynatiladi, keyin elakka solinib, suvi to‘kib tashlanadi. Tayyorlab bo‘lingan makaron mahsulotlari qaynab turgan sutga solinib, tuz, shakar qo‘shiladi va tayyor boMguncha qaynatiladi. Sho‘rvabop qo‘shilmlar («yulduzchalar», «alifbo», «quloqchalar», «baliqchalar») darhol qaynayotgan sutga yoki sut bilan suv aralashmasiga solinadi, shakar, tuz qo‘shilib, pishguncha qaynatiladi.
Suzib berayotganda idishga sho‘rva quyilib, bir bo‘lak sariyog1 qo‘shi- ladi.
Sabzavotli sut sho‘rva. Sabzi palladia, qalamcha yoki kubiklar shaklida to‘g‘ralib, sariyog‘da yoki ovqatga yaroqli margarinda bir oz chala qovuriladi. Oq bosh karam shashkalar shaklida to‘g‘raladi, gulkaram esa mayda to‘pgullarga ajratiladi, kartoshka kubik yoki palladia qilib, loviya qo‘zoqlari kvadratchalar yoxud rombchalar ko‘rinishida va alohida idishda qaynatiladi. Qaynab turgan sho‘r suvga chala qovurilgan sabzi solinib, qaynatiladi, keyin kartoshka, gulkaram yoki oq bosh karam solinadi va pishguncha qaynatiladi. Shundan so‘ng qaynoq suv quyiladi va tayyor bo‘lguncha qaynatiladi. Qaynatish so‘ngida loviya, tuz solinadi.
Sut sho‘rvalami sabzavotlar to‘plami: ko‘k no‘xat, sholg‘om, qovoq, ismaloq barglari va boshqa sabzavotlar bilan tayyorlash mumkin. Sho‘r- valarga ba’zan chala qovurilib, sut yoki suv bilan suyultirilgan un solinishi mumkin.
Suzib berishda idishga sho‘rva quyilib, bir bo‘lak sariyog4 solinadi.

Pyureli sho‘rvalar


Pyureli sho‘rvalaming oziqlik qimmati yuqori boMadi, organizmda oson hazm bo‘ladi, shu sababli bolalar ovqatlari va shifobaxsh taomlar sifatida keng foydalaniladi. Bu sho‘rvalar sabzavotlar, yormalar, dukkakli donlar, parranda, yovvoyi qushlar, baliq go‘shti va jigardan tayyorlanadi. Pyureli sho‘rvalarning ajratib turuvchi tomoni shundaki, ulami tayyorlash uchun masalliqlar qirg‘ichdan o‘tkaziladi, shu bois sho‘rvalar bir jinsli va mayin quyuq-suyuqlikda bo‘ladi. Pyureli sho‘rvalaming asosini mahsulotlardan qilingan pyure va oq qayla tashkil etadi. Ushbu sho‘rvalami tayyorlash sxemasi 11-rasmdako‘rsatilgan.
Pyureli sho‘rvalarga mo‘ljallangan mahsulotlar turli issiqlik ishlovlaridan o‘tkaziladi: qaynatiladi, yopiq idishda suyuqlikda yoki suyuqliksiz pishiri­ladi, dimlanadi, keyin esa kirish mashinasidan yoxud mayda ko‘zli elakdan o‘tkaziladi. Maydalash qiyin bo‘lgan masalliqlar avval qo‘sht qiymalagichda maydalanadi, so‘ng ezg‘ilanadi. Ezg‘ilangan mahsulotlarga oq qayla qo‘shiladi, shunda maydalangan mahsulot zarralari butun qiyma bo‘yicha bir tekis taqsimlanadi va erimagan holatda bo‘ladi, tubga o‘tirmaydi.
Pyureli sho‘rvalar go‘shtsiz, suyak, go‘sht, tovuq go‘shti, sabzavot, yorma qaynatmasida, sutda tayyorlanishi mumkin.
Oq qayla uchun un yog‘siz yoki yog‘da chala qovurilib, sho‘rva yoxud qaynatmaga qo‘shiladi. Ba’zan sho‘rvalar unsiz tayyorlanadi, bunda uning




Pyureli sho‘rva tayyorlash chizmasi

guruch yoki arpa yormasi solinadi. Pyureli sho‘rvalarga yaxshi ta’m va mayin quyuqlik berish uchun ularga sariyog1, issiq sut yoki tuxum atalasi qo‘shiladi. Ushbu masalliqlar solingan sho‘rvalami 70°C dan ortiq isitish mumkin emas, aks holda oqsil ivib tushishi mumkin.


Pyureli sho‘rvalarni suzib berishda idishga sho‘rva tarkibiga kiruvchi masalliqlardan qilingan garnir solish (bir porsiya 15-20 g) mumkin. Alohida idishda bug‘doy unidan qilingan suvi qochgan nonni kubiklar shaklida to‘g‘rab, yog‘da qovurib berish, makkajo‘xori yoki bug‘doy bodroq, gumma berish mumkin.
Sabzavotlardan qilingan pyureli sho‘rvalar. Mazkur sho‘rvalar kartoshka, sabzi, gulkaram, ko‘k no'xat, qovoqcha (kabachki), pomidor va boshqa sabzavotlardan tayyorlanishi mumkin. Sho‘rva sabzavotlaming bir turidan yoki ulaming aralashmasidan tayyorlanadi.
Sabzi yoki sholg‘omdan tayyorlanadigan pyureli sho‘rva. Piyoz va petrushka mayda to‘g‘raladi va chala qovuriladi. Sabzi yoxud sholg‘om kokila qilib to‘g‘ralib, idishga solinadi, ustidan idishning 1/3 qismigacha qaynatma quyiladi. Keyin chala qovurilgan sabzavotlar solinadi va pishguncha yopiq idishda qaynatiladi. Bu sabzavotlar qirg‘ichdan o‘tkazilib, oq qaylaga qo‘shiladi, sho‘rvaning quyuq-suyuqligiga kelguncha qaynatma bilan suyultiriladi, tuz solinadi va tayyor bo‘lgunga qadar qaynatiladi. Tayyor bo‘lgan sho‘rvaga tuxum atalasi va sariyog4 qo‘shiladi.
Suzib berayotganda idishga garnir - qumoq-qumoq qilib pishirilgan guruch solinib, sho‘rva quyiladi, idishda yog‘da qovurilgan qoq non bo‘- laklari beriladi.
Solinadigan masalliqlar miqdori (g): sabzi - 400 yoki sholg‘om - 480, petrushka (ildizi) - 13, no'shpiyoz - 24, bug‘doy uni - 20, guruch yormasi

  • 20, sariyog1 - 20, sut - 150, chorakta tuxum, qaynatma yoxud suv - 700.

Ko‘k no‘xatdan qilinadigan pyureli sho‘rva. Konservalangan ko‘k no‘xat chala qovurilgan sabzavotlarga qo‘shilib, yopiq idishda ozgina suyuqliqda pishiriladi, keyin suyuqlik bilan birga ezg‘ilanadi. Hosil bo‘lgan pyurega oq qayla qo‘shiladi, tuz solinadi va qaynatiladi. Tayyor bo‘lgan sho‘rvaga tuxum atalasi va sariyog4 solinadi. Oz miqdordagi ko‘k no‘xat o‘z qaynatmasida qaynatiladi va garnir uchun foydalaniladi. Sho‘rvani muzlatilgan yangi yoki quritilgan no‘xatdan, no'xat kurachkalaridan tayyorlash mumkin, bu masalliqlar avval qaynatib pishiriladi.
Suzib berishda idishga ko‘k no‘xat solinib, sho‘rva quyiladi. Yog‘da qovurilgan qoq non boiaklari alohida beriladi.
Turli sabzavotlardan qilinadigan pyureli sho‘rva. No‘shpiyoz ko­kila qilib to‘g‘raladi-da, sariyog‘da chala qovuriladi. Sabzi, shogiom to‘g‘raladi, sholg‘oin qaynoq suvda yuvilib taxiri ketkaziladi. Oq karam to‘g‘raladi va qaynoq suvda yuviladi. Kartoshka kesib bo‘linidi va alohida pishiriladi. Sabzi va shog‘lom yopiq idishda ozgina qaynatma va sariyog1 bilan pishiriladi, karam, chala qovurilgan piyoz solinib, pishguncha qaynatiladi. Yopiq idishda pishirish oxirida ko‘k no‘xat va pishirilgan kartoshka solinadi. Tayyorlangan sabzavotlar qirg‘ichdan o‘tkazilib, oq qayla qo‘shiladi, pyureli sho‘rvaning quyuq-suyuqligiga keltirish uchun sho‘rva yoki sabzavot qaynatmasi bilan suyultiriladi, tuz solinadi va qaynatiladi. Keyin tayyor bo‘lgan sho‘rvaga tuxum atalasi va sariyog4 solinadi.
Suzib beraliyotganda idishga ko‘k no‘xat va pishirilib, mayda kubiklar ko‘rinishida to‘g‘ralgan sabzavotlar (sabzi, sholg‘om) solinib, sho‘rva quyiladi, yog‘da qovurilgan qoq non bo‘laklari alohida beriladi.
Ishlatilgan masalliqlar miqdori (g): karam - 100, kartoshka - 120, sholg‘om - 80, sabzi - 75, no‘shpiyoz - 48, konservalangan ko‘k no‘xat - 31, bug‘doy uni - 20, sariyog‘ - 20, sut - 150, chorakta tuxum, qaynatma yoki suv -750.
Yormalar va dukkakli donlardan qilingan pyureli sho‘rva. Ushbu sho‘rvalar guruch, arpa, suli va bug'doy yormalaridan, no‘xat, loviya, yasmiqdan tayyorlanadi. Yormalar yoki dukkakli donlar yaxshilab qaynatib pishiriladi, keyin qaynatmasi bilan birga qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Hosil bo‘lgan bo‘tqa birjinsli quyuq-suyuqlikda bo‘ladi, bunga yelimga aylangan kraxmal (saqlashga chidamli) sabab boMadi, shu bois yormali sho‘rvalar ko‘pincha qaylasiz tayyorlanadi. Yormani batamom yumshaguncha qaynatish va uni qirg‘ichdan o‘tkazish ko‘p vaqt tayyorlash jarayonini tezlashtirish va mahsulotlarni tejash maqsadida yorma avval bir oz quritiladi, keyin mayin qilib tuyiladi. Hosil bo‘lgan un ikki baravar ko'p qaynatma yoki suv bilan suyultirib, yaxshilab aralashtiriladi, qaynab turgan sho‘rvaga solinadi, 20-25 minut qaynatiladi, tuz va tuxum aralashmasi solinadi. Dukkakli donlardan qilinadigan pyureli sho‘rvalarga tuxum atalasi qo‘shilmaydi.
Arpa yoki guruch yormasidan qilinadigan pyureli sho‘rva. Sabzi, piyoz va petrushka mayda to‘g‘ralib, sariyog‘da bir oz chala qovuriladi. Tayyorlab qo‘yilgan yorma qaynayotgan sho‘rva yoxud suvga solinadi (5 / suvga 1 kg yorma hisobida), sariyog1 solinadi, qopqoq yopiladi va past olovda pishiriladi. Keyin chala qovurilgan sabzavotlar, tuz qo‘shilib, tayyor bo‘lguncha qaynatiladi, shundan so‘ng qirg‘ichdan o‘tkaziladi, qayla qo‘shiladi, pyureli sho‘rvaning quyuq-suyuqligiga kelgunga qadar qaynatma bilan suyultiriladi, qaynatiladi hamda tuxum atalasi va sariyog‘ solinadi. Sho‘rvaga oq qayla qo‘shmasa ham bo‘ladi. Gamir uchun qumoq-qumoq guruch yoki arpa yormasini qaynatmada alohida pishirish mumkin.
Suzib berishda idishga qumoq-qumoq guruch yoki arpa yormasi solinib, sho‘rva quyiladi; yog‘da qovurilgan qoq non alohida beriladi.
Dukkakli donlardan qilinadigan pyureli sho‘rvalar. Yuvilgan va po‘stidan tozalangan no‘xat yoxid loviya 2-3 soat ivitiladi, yoki suv solinib, yumshaguncha tuzsiz qaynatiladi. Qaynatish jarayonida suyuqlik qaynab kamayganda qaynoq suv qo‘shib turiladi. Keyin chala qovurilgan sabzi, petrushka, no‘shpiyoz solinadi va pishguncha qaynatiladi. Pishgan bo‘tqa ezg‘ilanadi, oq qayla qo‘shiladi, tuz solinadi va qaynatiladi. Tayyor bo‘lgan sho‘rvaga sariyog4 solinadi, issiq sut yoki qaymoq solsa ham bo‘ladi.
Suzib berilayotganda idishga sho‘rva quyiladi; yog‘da qovurilgan qoq non bo‘laklari alohida beriladi. Bu sho‘rvani dudlangan cho‘chqa to‘shi yoki to‘sh go‘shti bilan tayyorlash mumkin. Dudlangan to‘sh yoki to‘sh go'shti pishirilib, to‘g‘raladi va suzib berayotganda idishga solinadi. Dudlangan to‘sh va to‘sh go'shti qaynatilgandan keyin qolgan qaynatma no'xat yumshagandan so‘ng sho'rvaga qo'shib yuboriladi.
Go‘sht mahsulotlaridan qilinadigan pyureli sho‘rva. Go‘shtli pyureli sho‘rvalar parranda, quyon go‘shtidan, mol, buzoq jigaridan tayyorlanadi. Parranda go‘shti avval qaynatiladi, jigar qovuriladi.
Parranda go‘shtidan qilinadigan pyureli sho‘rva. Ixchamlashtirilgan butun parranda go'shti pishguncha qaynatiladi. Qaynatish paytida sabzi, piyoz, petrushka solinadi. Pishgan go‘sht qozondan olinib, sovitiladi va go'shti suyakdan ajratiladi. Olingan lahm go‘sht kesib bo‘laklanadi va go‘sht qiyimalagich yoki qirish mashinasidan o'tkaziladi, sho'rva bilan suyultiriladi va yana qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Go'shtni asta-sekin sho‘rva qo'shgan holda hovonchada ham ezg'ilash, keyin esa mayda ko'zli elakdan ezg‘ilab o'tkazish mumkin. Ezg‘ilangan go'shtga oq qayla qo‘shiladi, tuz solinadi va qaynatiladi. Tayyor bo‘lgan sho'rvaga tuxum atalasi qo'shiladi.
Suzib berishda idishga kokila qilib to‘g‘ralgan parranda go'shti solinib, ustidan sho'rva quyiladi; yog'da qovurilgan qoq non bo'laklari alohida beriladi. Sho'rvaga tovuq go'shtidan tayyorlangan qiyma uzmasi qo'shib berish mumkin.
Jigardan qilinadigan pyureli sho‘rva. Ishlov berilgan jigar to'zalanib, sariyog'da bir oz qovuriladi, chala qovurilgan sabzi, petrushka va no'shpiyoz, qaynatma qo'shiladi hamda tayyor bo'lguncha dimlab qo'yiladi. Keyin qirish mashinasidan o'tkaziladi, mayda ko'zli elakdan ezg'ilab o'tkazish ham mumkin. Ezg'ilangan jigarga oq qayla qo'shilib, sho'rva bilan suyultiriladi, tuz solinadi va pishguncha qaynatladi. Tayyor bo'lgan sho'rvaga tuxum atalasi va sariyog' qo'shiladi.
Sho'rva taqsimchaga suzib beriladi; qovurilgan non alohida beriladi.
Foydalaniladigan masalliqlar miqdori (g): mol jigari - 120 yoki buzoq, qo‘y, cho‘chqa jigari - 114, yoxud tovuq, kurka, o‘rdak, g‘oz jigari - 100, sabzi - 60, petrushka (ildizi) - 27, no‘shpiyoz - 48, bug‘doy uni - 40, sariyog‘40, sut - 150, chorakta tuxum, qaynatma yoki suv - 800.

Tiniq sho‘rvalar


Tiniq sho‘rvalar asosan ishtaha ochishga mo‘ljallangan, chunki ulaming tarkibida ko‘p miqdorda ekstraktiv moddalar bo‘ladi. Tiniq sho‘rvalar tiniq qaynatma va gamirlardan iborat bo‘ladi, ular alohida-alohida tayyorlanadi.
Bu sho‘rvalarning asosini suyakdan, tovuq yoki baliq, shuningdek yovvoyi qushlar go‘shtidan qilingan qaynatmalar tashkil etadi. Tiniq sho‘rva oddiy qaynatma sho‘rvani tiniqlashtirish va uni ekstraktiv moddalar bilan boyitish (qo‘shish) yo‘li bilan tayyorlanadi. Bu usul «ajratish» deyiladi. Bunda qaynatmadan erimagan oqsil va yog‘ zarralari olib tashnaladi, natijada u tiniq bo Tib qoladi. Qaynatmaning betida yog‘ bo‘lmasligi kerak. Agar qaynatma sho‘rva gamirsiz suzib beriladigan bo‘lsa, yog‘i batamom olib tashnaladi. Tiniq sho‘rvalar marmitda 2-3 soat saqlanadi, bundan ortiq saqlaisa, ulaming hidi va ta’mi yomonlashadi va tiniqligi buziladiv
Go‘shtli tiniq sho‘rva. Avval suyak qaynatmasi tayyorlanadi. Buning uchun mol suyaklaridan foydalaniladi, lekin umurtqa suyaklari ishlatilmaydi, negaki ularda miya bo‘ladi, u sho‘rvani xiralashtiradi va uni tiniqlashtirishni qiyinlashtiradi. Baquwatroq qaynatma sho‘rva olish uchun unda qo‘shimcha ravishda ikkinchi taomlar uchun mo‘ljallangan go‘sht mahsulotlari qayna­tiladi. Tayyor bo‘lgan qaynatma sho‘rva suzg‘ichdan o‘tkaziladi «ajratish» usulida tiniqlashtiriladi.
«Ajratkich» tayyorlash. Yog‘siz mol go‘shti (bo‘yin go‘shti va b.) to‘g‘ralib, go‘shtqiymalagichdan o‘tkaziladi, ustidan sovuq suv quyiladi (1 kg go‘shtga 1,5-2 I hisobida), tuz qo‘shiladi va 1-2 soat sovitkichda saqlanadi, suvning bir qismi o‘miga ovqatbop muz qo‘shsa ham bo‘ladi. Bunda eriydigan oqsillar suvga o‘tib ketadi. Sovitkichdan olinib, bir oz ko‘pirtirilgan tuxum oqi qo‘shiladi va aralashtiriladi. «Ajratkich»ga go‘sht, jigar muzdan tushirilganda chiqqan suvni qo‘shish mumkin.
Qaynatmani tiniqlashtirish. Suzg'ichdan o‘tkazilgan qaynatma sho‘r- va 50-60°C gacha isitiladi, «ajratkich» qo‘shilib, yaxshilab aralashtiriladi, sal-pal qizartirib qovurilgan ildizlar va piyoz solinadi hamda baland olovda qaynatiladi. Keyin sho‘rvaning betidan ko‘pik va yo‘g olinib, past olovda 1,0-1,5 soat qaynatiladi. Qaynatish vaqtida eruvchan oqsil moddalar iviydi va maydalangan go‘sht bilan birga qalin quyqa hosil qiladi, bu quyqa erib, emulsiyaga aylangan yog‘ zarralari va ko‘pikni ilashtirib oladi. Shunday qilib qaynatma tiniqlashdi va ayni vaqtda ekstraktiv moddalar bilan boyidi. Go‘sht qozon tubiga tushib, qaynatma tiniqlashgandan keyin sho‘rva tayyor bo‘lgan hisoblanadi. Tayyor qaynatma sho‘rva tindirilib, betidan yog‘i olinadi, salfetkadan suzib o'tkaziladi va qaynatiladi.
Sho‘rvani tindirish uchun sabzi va tuxum oqidan qilingan «ajratkich»dan foydalanish mumkin. Buning uchun tozalangan xom sabzi qirg‘ichdan o‘tkazilib, bir oz ko‘pirtirilgan tuxum oqiga qo‘shiladi va yaxshilab aralash- tiriladi.
70°C gacha sovitilgan qaynatmaga tayyorlangan «ajratkich» qo‘shilib, aralashtiriladi-da, sal-pal qizartirib qovurilgan sabzi, petrushka va piyoz solinadi, qozonning qopqog‘i yopilib qaynatiladi. Sho'rva qaynab chiqqandan so‘ng betidan ko‘pik va yog‘i olinadi hamda past olovda 30 minut qaynatiladi. Keyin sho‘rva 30 minut tindirilib, betidan yog‘i olinadi, shundan so‘ng qaynatma suzg‘ichdan o‘tkaziladi va qaynatiladi.
Solinadigan masalliqlar miqdori (g): ovqatga yaroqli mol suyaklari (umurtqa suyaklaridan) - 375, mol go‘shti (kotletbop go‘sht) - 149, «ajratkich» uchun tuxum - bitta tuxumning 1/3 bo‘lagi, sabzi - 13, petrushka (ildizi) - 11 yoki seldir (ildizi) - 12, no‘shpiyoz - 12, suv - 1400.
Baliqli tiniq qaynatma sho‘rva (baliq sho‘rva). 50°C gacha sovitilgan qaynatma sho‘rva ga «ajratkich» solinadi, aralashtiriladi, xom petrushka yoki seldir qo‘shilib, qaynatiladi. Keyin ko‘pigi olinib, past olovda 20-30 min qaynatiladi. Tayyor boTgan sho‘rvani tindirib «ajratkich» tubga cho‘ktiriladi va suzg‘ichdan o‘tkaziladi.
«Ajratkich» tayyorlash uchun xom tuxum oqi oz miqdordagi suv yoki qaynatmaga qo‘shiladi, yaxshilab aralashtiriladi, tuz va mayda to‘g‘ralgan no‘shpiyoz qo‘shiladi. «Ajratkich»ni cho‘rtan yoki sudakning uvildirig‘idan ham tayyorlasa boladi. Uvildiriqqa ozgina suv qo‘shib bir jinsli bo‘tqa hosil qilinadi, mayda to‘g‘ralgan no‘shpiyoz, tuz solinib, 4-5 baravar ko‘p sovuq suv bilan suyultiriladi va aralashtirladi.
Tiniq sho‘rvalarni suzib berish va ularga garnirlar tayyorlash. Ti­niq sho‘rvalar sho‘rvabob kosa, taqsimchaga suzib beriladi. Kosaga sho‘rvalar quyilib, u likopcha yoki taqsimcha ustiga qo‘yiladi, alohida idishda garnir beriladi. Taqsimchaga suzib berishda avval garnir solinadi, keyin sho'rva quyiladi. Bir porsiya sho‘rva suzib berish me’yori 300 yoki 400 g. Garnirlar sabzavotlar, yormalar, makaron mahsulotlari, tuxum, go‘sht, baliq go‘shti va hokazolardan tayyorlanadi.
Tuxumli qaynatma sho‘rva. Tuxum po‘sti bilin suvda qaynatib pishirilib, po‘stidan ehtiyotlik bilan tozalanadi va sho‘rva bilan bergunga qadar 50-60°C haroratda saqlanadi. Suzib berayotganda taqsimcha yoki tovoqchaga tuxum solinib, ustidan qaynatma quyiladi.
Yog‘da qovurilgan nonli va pishloqli qaynatma sho‘rva. Bug'doy unidan yopilgan batondan jildi kesib olinib, 0,5-0,6 sm qalinlikdagi yaproqchalar shaklida to‘g‘raladi, tunuka tovaga joylanadi, qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq sepiladi, eritilgan sariyog4 yoki margarin sepiladi-da, qizarib pishguncha qovurish javonida qovuriladi.
Suzib berishda kosachaga tiniq qaynatma sho‘rva quyiladi; alohida taqsimchada yog‘da qovurilgan 3-4 bo‘lak non beriladi.
Ishlatiladigan masalliqlar miqdori: (g): go‘sht yoki tovuq go‘shtidan qilingan tiniq qaynatma sho‘rva - 300, bug‘doy noni - 58, pishloq - 14, sariyog4 -4,5.
Gummali tiniq qaynatma sho‘rva. Achitqili yoki qatlama xamir ichiga karam yoki go‘sht qiyma solinib, gumma pishiriladi.
Suzib berayotganda kosachaga tiniq qaynatma quyiladi; alohida taqsimchada gumma beriladi.
Chuchvarali qaynatma sho‘rva. Mol yoki cho‘chqa go‘shti to‘g‘ralib, 2-3 marta go‘sht qiymaligichdan o‘tkaziladi, mayda to‘g‘ralgan no‘shpiyoz, suv, tuz, yanchilgan murch, shakar qo‘shiladi va yaxshilab aralashtiriladi.
Chuchvara uchun xamir qo‘lbola ugraga bo‘lgani kabi tayyorlanadi. Xamir yoyilib, 1,5-2 m uzunlikdagi tilimlarga kesib bo‘linadi. Xamiming chetidan 3-4 sm ichkaridan bir-biridan 3-4 sm oraliqda dumaloqlangan qiyma (3-4 g dan) qo‘yib chiqiladi. Xamiming chetlariga va qiymalar oralig‘iga tuxum surtiladi. Keyin xamiming chetlarini ko‘tarib, qiyma ustiga yopiladi, har bir qiymaning atrrofidagi xamir bosib chiqiladi va maxsus moslama yoki qolipcha yordamida chuchvaralar kesib olinadi. Bitta chuchvaraning og‘irligi 12-13 g bo‘lishi kerak. Yasalgan chuchvaralar un sepilgan maxsus tog‘oralarga joylanadi va saqlash yoki muzlatish uchun sovitkichga qo‘yiladi.
Qaynayotgan tuzli suvga chuchvaralar tashlanadi va pishguncha qaynatiladi. Chuchvaralar suv betiga chiqqach, chovli bilan suzib olinadi.
Suzib berilayotganda idishga tayyor chuchvaralar solinib, qaynoq tiniq, sho‘rva quyiladi.
Frikadelkali qaynatma sho‘rva. Frikadelkalar avval aytib o‘tilgandek tayyorlanadi, chuqur tovaga bir qator qilib terib chiqiladi, ozgina qaynatma sho‘rva quyiladi va qopqog‘ini yopib, pishiriladi. Tayyor bo‘lgan frikadelkalar qaynoq qaynatma sho‘rva yoki suv bilan yuvilib ivib qolgan oqsil quyqalaridan tozalanadi va qaynatmaning ichida marmitda saqlanadi.
Suzib berayotganda idishga frikadelkalar solinib, sho‘rva quyiladi.
Paramachli yoki kulebyakali baliq sho‘rva. Paramach (rasstegay) yoki kulebyakalar baliq va viziga bilan yoxud baliq hamda guruch bilan tayyorlanadi.
Suzib berayotgan idishga tiniq baliq sho‘rva solinadi; alohida taqsimchada paramach yoki bir bo‘lak kulebyaka, boshqa idishda mayda to‘g‘ralgan petrushka yoxud ukrop bargi va bir parrak tozalangan limon beriladi
Shirin sho‘rvalar
Shirin sho‘rvalar tayyorlash uchun yangi, konservalangan va quritilgan (qoqi qilingan) mevalar, shuningdek, oziq-ovqat sanoati ishlab chiqaradagan meva sharbatlari, pyure, boshqa sharbatlar va ekstraktlardan foydalaniladi. Ushbu sho‘rvalaming suyuq asosi mevalar qaynatmasidan iborat. Rezavor mevalar butunligicha, mevalar esa to‘g‘rab (kubiklar, yaproqchalar shaklida) solinadi, yirik quritilgan mevalar esa bir necha qismga kesib bo‘linadi. Shikastlangan, ezilgan mevalar qirg‘ichdan o‘tkazalidi va pyure sifatida qo'shiladi. Apelsin va mandarinlar sho‘rvaga xom holida solinadi.
Sho‘rva kerakli quyuq-suyuqlikda chiqishi uchun unga suyultirilgan kraxmal solinadi, ta’mi va hidini yaxshilish uchun esa limon kislotasi, limon yoki apelsin qobig‘i, dolchin, qalampirmunchoq qo‘shiladi. Shirin sho‘rvalar sovitib suzib beriladi, ammo issiq holda ham berish mumkin. Kompotlardan farqli o‘laroq, shirin sho‘rvalar nordonroq, suyuq asosi esa quyuqroq bo‘ladi. Sho‘rvalar garnir va smetana yoki qaymoq bilan suzib beriladi. Garnir sifatida qaynatib pishirilgan guruch, sago, mayda makaron mahsulotlori, pilaklar, reza mevali chuchvaradan, guruch va bug‘doy unidan tayyorlanib kubik qilib tog‘ralan pudinglar, zapekankalar 1-1,5 sm (kattalikda to‘g‘raladi), bug'doy yoki makkajo'xori bodroqlari va shirin makkajo‘xori qalamchalaridan foydalaniladi. Smetana yoki qaymoq taqsimchaga solinadi yoki alohida idishda beriladi. Alohida taqsimchada quaiq biskvit, keks, quruq pecheniy berish ham mumkin. Bu sho‘rvalar nonushta yoki kechki ovqatga beriladi, ammo birinchi taom sifatida ham foydalanilishi mumkin.
Yangi mevalardan qilinadigan sho‘rva. Olma va noklar saralanib, yuviladi, po‘stidan tozalanadi, urug‘ uyalari olib tashlanadi, palladia, yaproqcha yoki kubik qilib to‘g‘raladi. Tozalashda chiqqan narsalardan qaynatma tayyorlanadi. Suzg‘ichdan o‘tkazilgan va sovitilgan qaynatmaga to‘g‘ralgan olma va noklar, shakar, dolchin solinib, 3-5 minut qaynatiladi. Keyin sovuq suvda suyultirilgan kartoshka kraxmali solinadi va qaynatiladi. Agar sho‘rva yetarilicha nordon bo‘lmasa, limon kislotasi qo'shiladi.
Suzib berilayotganda idishga garnir solinib, sho‘rva quyiladi, smetana yoki qaymoq solinadi.
Mevalarning yarmini qirg‘ichdan o‘tkazish mumkin. Pyureli sho‘rva uchun mevalarning hammasi qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Bunda pyure qaynatma bilan suyultiriladi, qaynatiladi, suyultirilgan kraxmal qo‘shiladi va quyuqlashguncha qaynatiladi. Sho‘rva mevanig faqat bir turidangina emas, balki olma, nok, olxo‘ri aralashmasidan ham tayyorlanadi.
Quruq mevalar (qoq turshaklar) dan qilinadigan sho‘rva. Quritilgan mevalar iflosliklardan tozalanib, turlariga ko‘ra saralanadi, yirik olma va noklar kesib bo‘linadi. Olma va noklar idishga solinib, ustidan suv quyiladi 15-20 minut qaynatiladi. Keyin qolgan mevalar, shakar solinadi va tayyor bo‘lguncha qaynatilib, suyultirilgan kartoshka kraxmali qo‘shiladi hamda qaynatiladi. Sho‘rvaga limon kislotasi qo‘shish mumkin.
Suzib berishda idishga garnir solinib, sho‘rva quyiladi, smetana yoki qaymoq solinadi.
Ishlatiladigan masalliqlar miqdori (g):quritilgan mevalar (olma, nok, qora olxo‘ri, o‘rik, bargak, mayiz vab.)- 160, shakar - 100, kartoshka kraxmali 20, suv - 900.

Yaxna sho‘rvalar


Yaxna sho‘rvalar mavsumiy taomlar sirasiga kiradi, chunki ular yoz davrida tayyorlanadi. Yaxna sho‘rvalar jumlasiga okroshka (kvasli yaxna sho‘rva), yaxna borsh, lavlagi sho‘rva, ko‘kat sho‘rva kiradi. Ular non kvasi, lavlagi qaynatmasi, kefirda tayyorlanadi.
Ushbu sho‘rvalar yaxna ovqatlar sexida tayyorlanadi, buning uchun maxsus ajratilgan idish-tovoqlar, anjomlar va tegishli belgilari bo'lgan taxtadan foydalaniladi. Mahsulotlarga ishlov berish, sho‘rvalarni tayyorlash va saqlash vaqtida tozalik talablariga qat’iy amal qilinadi. Tayyorlangan sho‘rvalar sovitkichda saqlanadi.
Suzib berilayotganda idishga ovqatga yaroqli muz bo‘lagi solish yoki uni alohida idishda berish mumkin. Yaxna sho‘rvalar tetiklantiruvchi xush ta’m va hidga ega bo‘ladi.
Yaxna sho‘rvalar tayyorlash uchun umumiy ovqatlanish korxonalariga tayyor kvas keltiriladi, ammo uni qotirilgan javdari nondan yoki oziq-ovqat sanoati ishlab chiqaradigan konsentratlardan tayyorlasa ham bo‘ladi.
Non kvasi tayyorlash. Javdari non mayda bo'laklarga kesilib, qizargan qobiq paydo bo‘lgunga qadar qizdirish javonida quritiladi. Suv qaynatilib, keyin 80°C gacha sovitiladi, unga tayyorlab qo‘yilgan qoq non bo‘laklari solinadi va 1,5-2 soat tindiriladi, bu vaqt ichida suv vaqt-vaqti bilan aralashtirib turiladi. Tindirish natijasida atala hosil bo‘lib, u suzg‘ichdan o‘tkaziladi.
23-25°C haroratli non atalasiga shakar, atala bilan suyultirilgan achitqi solinadi va bijg‘ishi uchun iliq joyda 8-12 soat saqlanadi. Bijg‘ish jarayonida kvasga mayiz, zira, yalpiz qo‘shish mumkin. Hosil bo‘lgan kvas suzg‘ichdan o‘tkaziladi, sovitiladi va sovitkichda yoki muzda saqlanadi.
Foydalaniladigan masalliqlar miqdori (g): qotirilgan javdari non 40 yoki quruq non kvasi-35, shakar-30, achitqi- 1,5, jingalak yalpiz- 1,5, suv- 1200. Shulaming hammasidan 1000 g kvas chiqadi.
Go‘shtli okroshka. Okroshka non kvasida, shuningdek prostokvasha, kefir, qatiq, zardobda tayyorlanadi. Okroshka tayyorlash jarayonini uch bosqichga: masalliqlarni tayyorlash, kvas tayyorlash va suzib berish bosqichlariga ajratish mumkin.

  1. Ko‘k piyoz to‘g‘ralib, suvi chiqquncha tuz bilan ezg‘ilanadi. Yangi bodringlar qalin va achchiq po‘stidan tozalanadi, yirik urug‘lari olib tashlanadi, po‘sti yupqa bodringlar tozalanmaydi. Ishlovdan o‘tkazilgan bodringlar mayda kubik yoki kokila qilib to‘g‘raladi. Tuxumlar qaynatilib, tozalanadi, oqi sarig‘idan ajratiladi. Sarig‘i elakdan o‘tkaziladi, oqi esa mayda kubiklar shaklida to‘g‘raladi. Go‘sht pishirilib, sovitiladi va mayda kubiklar yoki kokilalar ko‘rinishida to‘g‘raladi. Non kvasi suzg‘ichdan o‘tkaziladi. Ukrop mayda to‘g‘raladi. Tayyorlangan masalliqlar sovitkichda saqlanadi.

  2. Pishirilgan tuxumlaming sarig‘i tayyorlab qo‘yilgan gorchitsa, tuz, shakar va smetananing bir qismi bilan ezg‘ilanadi, tuz bilan ezg‘ilangan ko‘k piyoz qo‘shiladi, aralashtirib turgan holda non kvasi bilan suyultiriladi va sovitkichga qo‘yiladi. Qo‘shilgan kvas okroshkaga yaxshi ta’m beradi.

  3. Suzib berishda idishga to‘g‘ralgan go‘sht, tuxum yoki bodring, piyoz solinadi, kvas quyiladi, smetana solinadi va ukrop sepiladi. Mabodo okroshka ko‘p miqdorda tayyorlanadigan bo‘lsa, u holda to‘g‘ralgan masalliqlar (go‘sht va tuxum oqidan tashqari) kvasga solinadi va aralashtiriladi, go‘sht bilan tuxum oqi esa suzib berayotganda idishga solinadi.

Go‘shtli okroshkani qaynatilib, mayda kubiklar shaklida to‘g‘ralgan kartoshka bilan tayyorlasa boiadi. Yangi bodring o‘miga tuzlanganini va rediska solish mumkin.
Foydalaniladigan masalliqlar miqdori (g): mol go'shti - 219, non kvasi

  • 700, ko‘k piyoz - 75, yangi bodring - 150, smetana - 10, bir dona tuxum, shakar - 10, tayyor gorchitsa - 4, smetana - 30.

Go‘shtli terma okroshka. Bu sho‘rva ham go‘shtli okroshka singari tayyorlanadi. Uni tayyorlash uchun mol go‘shtidan tashqari, tovuqning son go‘shti, qo‘y go‘shti, til va hokazolardan foydalaniladi.
Sabzavotli okroshka. Kartoshka yaxshilab yuvilib, po‘sti bilan qaynatiladi, sovitiladi va po‘stidan tozalanadi. Sabzi po‘stidan tozalanadi va pishiriladi. Rediskaning ildizi va bargi kesib tashlanib, yaxshilab yuviladi. Kartoshka, rediska va sabzi mayda kubik yoki kalta kokila qilib to‘g‘raladi. Okroshka uchun, aytilgan sabzavotlardan tashqari sholg‘om, gulkaramdan ham foydalanish mumkin. Sabzavotli okroshka ham go‘shtli okroshka kabi tayyorlanadi.
Yaxna borsh. Tozalangan lavlagi kokila qilib to‘g‘raladi va sirka qo‘shib, yopiq idishda ozgina suyuqlikda pishiriladi. Kokila qilib to‘g‘ralgan sabzi alohida yopiq idishda pishiriladi, keyin lavlagiga qo‘shiladi, issiq suv quyiladi, tuz, shakar solinib, qaynatiladi va sovitiladi. Ko‘k piyoz mayda to‘g‘raladi. Yangi bodring kokila qilib to‘g‘raladi. To‘g‘ralgan sabzavotlar borshga solinadi.
Suzib berishda idishga pishirilgan tuxum solinadi, borsh quyiladi, smetana solinadi va ukrop sepiladi. Borshni sabzisiz, go‘sht yoki baliq bilan tayyorlash mumkin. Pishirilgan go‘sht yoki baliq suzib berayotganda idishga solinadi.
Foydalaniladigan masalliqlar miqdori (g): lavlagi - 250, ko‘k piyoz - 63, yangi bodring - 125, bitta tuxum, shakar - 10,3 % li sirka - 16, suv - 800, smetana - 80.
Yaxna lavlagi sho‘rva. Lavlagi mayda kubik yoki kokila qilib to‘g‘raladi va sirka qo‘shib, yopiq idishda pishiriladi. Yosh lavlagi bargidan foydalaniladi, barglari kesib olinadi, to‘g‘raladi va alohida qaynatiladi. Mayda kubik yoki kokila qilib to‘g‘ralgan sabzi yopiq idishda pishiriladi. Ana shu qaynatilgan va pishirilgan sabzavotlar sovitiladi. Ko‘k piyoz mayda to‘g‘raladi. Yangi bodringlar mayda kubik yoki kokila qilib to‘g‘raladi. Tayyorlangan sabzavotlar qo‘shilib, ustidan kvas quyiladi, tuz, shakar solinadi.
Suzib berishda idishga yarimta pishirilgan tuxum solinib, lavlagi sho‘rva quyiladi, smetana solinadi, ukrop sepiladi. Lavlagi sho‘rvapishirishdanon kvasining bir qismini lavlagi qaynatmasi bilan almashtirish mumkin.
Tuxumli ko‘kat sho‘rva. Shovul va ismaloq alohida yopiq idishlarda pishiriladi, qirg‘ichdan o‘tkaziladi hamda aralashtiriladi. Issiq suv bilan suyultirilib, tuz, shakar qo‘shiladi, qaynatiladi va sovitiladi. Pishirilgan kartoshka mayda kubik qilib to‘g‘raladi yoki qirg‘ichdan o‘tkaziladi va sho‘rvaga solinadi. Agar ko‘kat sho‘rva faqat ismaloqdan tayyorlanadigan bo‘lsa, u holda limon kislotasi qo‘shiladi. Yangi bodring mayda kubik qilib to‘g‘raladi, pishirilgan tuxum ikkiga yoki pallachalarga bo‘linadi.
Suzib berishda idishga bodring, tuxum solinib, sho‘rva quyiladi, smetana va ko‘kat solinadi.

Issiq ikkinchi taomlar



  1. raqamli parhez uchun yog‘siz mol, buzoq, tovuq, baliq go‘shtidan taomlar qaynatib, yopiq idishda, bug‘da pishiriladi. Kotlet qiymasi, qiymalangan go‘sht va qiyma uzmasidan foydalaniladi. Yormalardan ezg‘ilangan bo‘tqalar, bug‘da pishirilgan pudinglar, sabzavotlardan (sholg‘om, hup, karamdan tashqari) esa pyure va sufle, nordon bo‘lmagan suzmadan - ezg'ilanib, bug‘da pishirilgan ovqatlar tayyorlanadi.

  2. raqamli parhez uchun ham xuddi shunday taomlar hamda qobig‘i qovurilmagan, bulamasiz va toblab pishiriladigan ovqatlar tayyorlanadi.

5-raqamli parhez uchun go‘sht va baliq taomlar qaynatib, yopiq idishda va toblab pishiriladi. Sabzavot taomlar tayyorlash uchun issiqlik bilan ishlov berishning turli usullaridan (qovurishdan tashqari) foydalaniladi.

Yormalardan qumoq-qumoq va suyuq bo‘tqalar, zapekanka hamda pudinglar tayyorlanadi. Yog‘sizlantirilgan suzmadan qaynatib va toblab pishiriladigan ovqatlar ayniqsa ko‘p tayyorlanadi.


Taomlar ustiga quyib berish uchun sariyog4 va smetanadan, chala qovurilgan sovuq un asosidagi sut, smetana qaylalaridan foydalaniladi, 2- raqamli parhez uchun esa, bulardan tashqari, go‘sht qaynatmasi asosida qizil qaylalar tayyorlanadi.
Sabzili kartoshka bo‘tqasi (1, 2, 5-raqamli parhezlar). Ishlov berilgan sabzi mayda to‘g‘ralib, yopiq idishda sutda tayyor bo‘lguncha pishiriladi. Kartoshkalar qaynatib pishirilib, suvi to‘kib tashlanadi va quritiladi-da, yopiq idishda pishirilgan sabzi bilan aralashtiriladi va issiqligida qirish mashi-nasidan o‘tkaziladi. Bo‘tqaga qaynatilgan sut va sariyog‘ qo‘shiladi, yaxshilab aralashtiriladi. Sariyog‘ bilan suzib beriladi.
Tvorogli sabzi sufle (1, 2, 5-raqamli parhezlar). Mayda to‘g‘ralgan sabzi yopiq idishda sutda sariyog4 qo‘shib pishiriladi. Sabzi yumshagach, qirg‘ichdan o‘tkazilib, bug‘doy yormasi, tuxumlar sarig‘i, shakar va ezg‘ilangan tvorog aralashtiriladi, keyin ko‘pirtirilgan tuxumlar oqi qo‘shi- ladi. Qolipchalar yog‘lanib, ularga sufle joylanadi-da, bug‘da pishirish qutisining panjarasiga qo‘yiladi va qopqog‘ini zich yopib pishiriladi. Tayyor bo‘lgan sufle qoliplardan olinib, sariyog4 bilan suzib beriladi.
Ishlatiladigan masalliqlar miqdori (g): sabzi - 190, tvorog - 50, yarimta tuxum, sariyog* - 10, sut - 30, bug‘doy yormasi - 10, tuz - 1. Tayyor mahsulot chiqishi - 255.
Bug4 da pishiriladigan gulkaram sufle (1, 2, 5-raqamli parhezlar). Ishlovdan o‘tkazilgan gulkaram yumshaguncha qaynatiladi, quritiladi, qirg‘ichdan o‘tkazilib, qaynatilgan sut, tuxumlar sarig‘i, bug‘doy yormasi, eritilgan sariyog‘ va ko‘pirtirilgan tuxumlar oqi qo‘shiladi. Bularning hammasi ehtiyotlik bilan aralashtirilib, hozirlab qo‘yilgan qolipchalarga solinadi-da, pishiriladi va sabzi sufle kabi suzib beriladi.
Bug‘doy yormasidan qilinadigan, murabboli oladyalar (2-raqamli parhez). 70 °C haroratli yopishqoq bug‘doy bo‘tqasiga shakar qo‘shilgan tuxumlar sarig‘i va ko‘pirtirilgan tuxumlar oqi solinib, aralashtiriladi, qovuriladi hamda durajali xamirdan qilingan oladyalar singari murabbo, yog‘ yoki smetana bilan suzib beriladi.
Mevali guruch palov (5-raqamli parhez). Turshak-qoqilar saralanib, yuviladi, yiriklari parrak qilib to‘g‘raladi. Qaynayotgan suvga tuz, shakar, sariyog‘ va tozalanib, yuvilgan guruch solinadi-da, quyulguncha qaynatiladi, keyin dimlab maromiga yetkaziladi. Bo‘tqaga mevalar qo‘shilib, qopqog‘i yopiq idishda mevalar tayyor bo‘lguncha dimlanadi. Taqsimchaga uyib suzib beriladi.
Foydalaniladigan masalliqlar miqdori (g): guruch - 50, mayiz - 20, olxo‘ri qoqisi - 20, olma qoqisi - 35, shakar - 5, sariyog4 - 15, suv - 100, tuz - 1. Tayyor mahsulot chiqishi - 230.
Tuxum oqidan bug‘da pishiriladigan, go‘shtli omlet (5-raqamli parhez). Qaynatib pishirilgan mol go‘shti qiymalagichdan o‘tkazilib, tuxumlar oqi, sut va tuzdan iborat aralashmaga qo‘shiladi. Omlet yog‘langan qolipchada bug‘da quyulguncha pishiriladi. Qolipchadan olinib, taqsimchada suzib beriladi.
Ishlatiladigan masalliqlar miqdori (g): 3 ta tuxum oqi, sut - 30, sariyog4 - 3, qaynatib pishirilgan mol go‘shti - 50, tuz - 2. Tayyor mahsulot chiqishi - 150.

Download 4,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish