U = −/ 2 = 12 (3)
Signalni diskretlash va kvantlash analogli signalni raqamli signalga aylantiruvchi – ASRSA orqali amalga oshiriladi. Aksincha, raqamli signaldan analogli signalni tiklash raqamli signalni analogli signalga aylantiruvchilar (RSASA) yordamida bajariladi.
Analogli signallarni raqamli signallarga aylantiruvchi qurilmalar ikki qismdan – amplitudaviy-impulsli modulyator va kvantlovchi qismlardan iborat.
Signallarni kvantlash quyidagi usullarda amalga oshirilishi mumkin. Birinchi usulda kvantlanuvchi kuchlanish 2n-1 ta komparator yordamida tayanch kuchlanishlari bilan solishtiriladi (22.1-rasm). Tayanch kuchlanishlari rezistorli taqsimlagichlardan olinadi. Agar kvantlanuvchi kuchlanish n – tayanch kuchlanishidan kichik bo‘lsa, n –komparatorning chiqishida mantiqiy “O” signali, agar katta bo‘lsa, “1” signali xosil bo‘ladi. signal kompratorlardan chiqib shifratorga beriladi va unda n – xonali parallel kodga aylanadi. SHu sababli bu usul parallel sxema deb ataladi. Bu qurilmalarda bitta sanoqni o‘zgartirish vaqti 20 – 100 ns atrofida bo‘ladi.
1-rasm. Signallarni komparatorlar yordamida kvantlash.
Ikkinchi usul xonalar bo‘ylab tenglashtirish deb ataladi. Bunga ko‘ra kvantlanuvchi kuchlanish UA(k), n marta ketma-ket, n ta tayanch kuchlanish bilan solishtiriladi (22.2-rasm). Oldin UA(k) kuchlanish katta xonali tayanch kuchlanishi bilan solishtiriladi:
Umax +Umin 2n−1 = Umax +Umin (4)
U10,...0 =UMIN +
2 2
Agar UA(k)>U10, . . . 0 ,bщlsa, Xn = 1 deb olinadi. Agar UA(k)A(k) kuchlanish (n – 1) xonali tayanch kuchlanishi bilan solishtiriladi.
U max +U min 2n−2 (5)
Uxn1,...0 = XnU10...0 + 2
va kodning (n– 1) – xonasining qiymati aniqlanadi. Bundan keyingi xar bir solishtirish navbatdagi kod xonasining qiymatini belgilaydi.
Uchinchi usul – ketma-ket xisoblash usuli deb ataladi. Bu usul kvant qadami
ga teng bo‘lgan minimal tayanch kuchlanishlarini, kvantlanuvchi UA(k) kuchlanishga tenglashguncha yoki undan kattaroq qiymatlarga erishgunga qadar necha marta qo‘shib chiqish kerakligini xisoblashga asoslangan. Bu usulni ortib boruvchi tayanch kuchlanishli manba yordamida amalga oshirish mumkin. Agar itaktli intervalda tayanch kuchlanishi Umin+i bщlsa, UA(k) >U0 shart bajarilganda, isonning kodi raqamli signal UD(kn) ning kodini beradi.
2-rasm. Xonalar bo‘ylab tenglashtirish usuli bilan signallarni kvantlash (RAAraqamli signallarni analogli signallarga aylantirgich; MP-mikroprotsessor).
Bu tipda ishlovchi bir nechta sxemalar mavjud (2-rasm). YUqorida keltirilgan sxemalar bir-biridan aniqligi bilan farq qiladi. Parallel sxema tez, ketma-ket sxema sekinroq ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |