O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
AKT sohasida kasb ta’limi fakulteti
Axborot ta’lim texnologiyalari kafedrasi
Ta’limda multimedia texnologiyalari fanidan
REFERAT
Mavzu:
Dasturiy yechim to'g'riligini avtomatik testlovchi tizim
Bajardi:
651-13 – guruh talabasi
Abdukarimov S.S.
Qabul qildi:
Delov T.E.
Toshkent 2016
Reja:
1.
Dasturiy yechim to’g’riligini avtomatik testlovchi tizim haqida
2.
Hozirda foydalanilayotgan dasturiy yechim to’g’riligini avtomatik
testlovchi tizimlar
3.
Milliy dasturiy yechim to’g’riligini avtomatik testlovchi tizimlar
1. Dasturiy yechim to’g’riligini avtomatik testlovchi tizim haqida
Hozirgi vaqtda jamiyatni axborotlashtirish respublikamizda davlat siyosati
darajasiga chiqgan. Kompyuter texnologiyalarisiz hayotni tasavvur qilib
bo„lmaydi. Jamiyatga axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni tadbiq
etish insoniyatning yashash tarzini sezilarli darajada oshiradi va osonlashtiradi.
Kompyuterlashtirishning
rivojlanishi
va
axborot
kommunikasion
texnologiyalarining qo„llanishi O„zbekiston uchun ustuvor yo„nalishlardan biridir.
Bugungi kunda axborotlashtirishning o„zbek milliy tizimini shakllantirish, jamiyat
iqtisodiyoti va hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini
ommaviy ravishda qo„llash, jahon axborot jamiyatiga kirish va jahon axborot
resurslaridan foydalanish uchun shart-sharoitlarini yaratish zamon talablaridan
biriga aylandi. Davlat rivojlanishida AKT ahamiyatini anglagan holda Respublika
hukumati jamiyatning barcha sohalarida axborot texnologiyalarini keng qo„llash va
axborotlashgan jamiyatga qarab rivojlanishni faollashtirish bo„yicha tegishli
qarorlar qabul qilmoqda. Hozirgi vaqtda Respublikamizda elektron hukumat
portali (my.gov.uz)ni rivojlantirish bo„yicha katta ko„lamdagi ishlar olib
borilmoqda. Bu ishlarni hammasini aholi turmush tarzini yaxshilash va davlat va
jamiyat o„rtasidagi aloqani mustahkamlashdan iborat.
Jamiyatni axborotlashtirishda dasturiy vositalar va dasturiy ta‟minotlarning
o„rni judayam muhim. Albatta bularning asosida dasturlash texnologiyalari,
vositalari va tillari yotadi.
Hozirgi yetishib kelayotgan yosh avlod uchun dasturlash tillarini o„rganish
va uni amalda tadbiq etish dolzarb vazifalardan biridir. Albatta bu dolzarb
vazifalarni bajarishda dasturlash tillarini o„rgatuvchi va o„z bilimini tekshiruvchi
tizimlarning o„rni judayam muhim. Dasturash tillarini o„rganishda judayam
ko„plab o„quv qo„llanmalar, kitoblar, monografiyalar va uslubiy ko„rsatmalar
ishlab chiqilgan. Bularni o„zlashtirishda o„quvchidan sabr, iroda va matonat talab
etiladi. O„quvchiga bularni tezda o„rganishda zamonaviy pedagogik
texnolgiyalarni qo„llash zamon talablaridan biridir. Xitoy faylasufi Konfutsiy o„z
ta‟limotida biror narsani o„rganish bo„yicha quyidagi jumlani ilgari surgan:
Aytsang – unutaman,
Ko‘rsatsang – eslab qolaman,
O‘zim bajarib – anglab yetaman.
Yuqorida ta‟kidlab o„tilganidek, biror bir yangi narsani o„rganish butun umr
esida qolishi uchun o„rganuvchi tomonidan bajarilsa bunday o„rganishning
samaradorligi oshadi.
Endi dasturlashni yurtimizda qanday o„tilishiga to„xtalib o„tadigan bo„lsak.
O„quvchilarga dasturlash tillari 9-sinfdan boshlab o„tila boshlanadi.
Respublikamizning har bir viloyatlarida har xil dasturlash tillari o„tiladi. Masalan,
Basic, Paskal, Delphi – dasturiy vosita, C/C ++, Java va boshqa dasturlash tillari
o„tiladi. Ular har xil dasturlash tillarida o„z darslarini olib borishadi. Lekin ularning
dasturlash tillarida olib boradigan dasturlari deyarli bir xil. Ya‟ni bir-biriga yaqin
saviyadagi masalalarni ishlashadi.
Biz dasturiy yechim to‟g‟riligini avtomatik testlovchi tizim haqida
gapiradigan bo‟lsak birinchi navbatda uning ishlash jarayoni bilan tanishib
chiqishimiz kerak bo‟ladi.
Bu tizim ishlash jarayoni quyidagicha, birinchi navbatda administrator
tomonidan masala tanlanadi, u masalani tizimga joylashtiradi. Undan keying
jarayon tanlangan masalani testlash uchun bizga shu masalaga mos testlari
(testlarning javoblari bilan birgalikda) kerak bo‟ladi. Demak bizga ma‟lum bo‟ldiki
dasturiy yechim to‟g‟riligini avtomatik testlovchi tizim ishlashi uchun birinchi
navbatda administrator masala tanlashi va shu masalaga mos testlarni tizimga
joylashtirishi kerak bo‟ladi.
Foydalanuvchi tizimga kiradi, o‟ziga maqul masalani tanlaydi va uni
yechimini tizimga jonatadi. Tizim esa foydalanuvchining yechimini olib uni shu
masala uchun qo‟yilgan malumotlar bazasidagi testlar bilan birin ketin tekshiradi.
Agarda yechim ma‟lum bir yechimga noto‟g‟ri javob qaytarsa demak tizim
foydalanuvchiga uning yechimi noto‟g‟riligi haqida ma‟lumot qaytaradi.
Dasturiy yechim to‟g‟riligini avtomati testlovchi tizimlarning asosiy ishlash
prinsipi quyida(1.1-rasmda) keltirilgan.
1.1-rasm. Dasturiy yechimni avtomatik tekshiruvchi tizimning umumiy
funksional sxemasi.
Tizim foydalanuvchi yechimining to‟g‟riligi yoki noto‟g‟riligini aniqlab
foydalanuvchiga quyidagi 1-jadvalda keltirilgan javoblarni qaytarishi mumkin.
Yechimni tekshirish bloki
MBBT
Testlar to‘plami
Foydalanuvchi
interfeysi
yechim
natija
1-jadval
Nomi
Test
nomeri
Izoh
Qabul qilindi
Yo„q Masala muvaffaqiyatli o„tdi
Kompilyatsiyada
xatolik
Yo„q Avtomatik testlovchi tizimda qatnashuvchi
yechimini kompilyasiya qilish amalga
oshmadi
Noto„g„ri javob
Ha
Bu testda qatnashuvchi dasturi, noto„g„ri
javob chiqardi
Bajarish vaqtida
xatolik
Ha
Bu
testda
qatnashuvchi
dasturi,
nol
bo„lmagan kod bilan xatolik chiqardi
Vaqt limiti oshib
ketdi
Ha
Bu testda, qatnashuvchi dasturini, bajarilish
vaqti masala shartida ko„rsatilgan vaqtdan
oshib ketdi
Xotira limiti oshib
ketdi
Ha
Bu testda, qatnashuvchi dasturini, ishlashga
ketgan
xotira
hajmi
masala
shartidan
ko„rsatilganidan oshib ketdi
Do'stlaringiz bilan baham: |