3.4. Dasturiy ta‘minot o‘lchamlari va metrikalari
Dasturiy ta‘minot o‘lchamlari deganda dasturiy ta‘minot tizimi yoki
jarayonning komponentini xususiyati uchun sonli qiymat yoki profilni olish
tushiniladi. Bu qiymatlar bir biri bilan va tashkilotda qabul qilingan standartlarga
nisbatan taqqoslab, Siz dasturiy ta‘minot sifati xaqida xulosa chiqarishingiz yoki
dasturiy ta‘minotning jarayonlari, vositalari va usullarining samaradorligini
baxolashingiz mumkin.
Masalan, aytaylik, tashkilot dasturiy ta‘minotni tekshiruvchi yangi
instrumentni qo‘llamoqchi. Instrumentni qo‘llashdan avval Siz dasturiy ta‘minotda
xozirgi vaqtda aniqlangan defektlar miqdorini yozib olasiz. Bu instrumentning
samarasini tekshirish uchun asos bo‘ladi. Instrumentni ishlatgandan keyin vaqt
o‘tib siz bu jarayonni qaytarasiz. Instrument ishlatilgandan buyon ko‘proq defekt
topilgan bo‘lsa, bu dasturiy ta‘minotni ratifikatsiyalash jarayoniga yordam
berayotgani xaqida aytishingiz mumkin.
Dasturiy ta‘minotni o‘lchashning uzoq muddatli maqsadi shundaki, dasturiy
ta‘minot sifati xaqida xulosa chiqarishda sharxlar o‘rniga o‘lchashni qo‘llashdir.
Dasturiy ta‘minotni o‘lchash yo‘li bilan tizim baxolanishi ideal bo‘lardi va tizim
sifati bo‘yicha metrika va ularning qiymatlari diapazoni kiritilishi mumkin
bo‘lardi. Dasturiy ta‘minot yetarli sifat darajasiga ega bo‘lsa, uni sharxsiz
ma‘qullash mumkin bo‘ladi. Dasturiy ta‘minot o‘lchamlari birinchi o‘ringa
qo‘yilganda bu soxada ancha muvaffaqiyatlarga erishish mumkin bo‘lardi. Lekin
102
biz xozirda bu ideal xolatdan ancha olismiz va sifatni avtomatik baxolash yaqin
kelajakda xaqiqatga aylanishining xech qanday belgisi yo‘q.
Dasturiy ta‘minot metrikasi – ob’ektiv o‘lchanishi mumkin bo‘lgan dasturiy
ta‘minot tizimining, tizim xujjatining yoki rivojlantirish jarayonining xususiyatidir.
Metrikalar misollari ichiga maxsulotning kodi satrlar o‘lchamida; yozma matnning
o‘qilishining qulayligini o‘lchovchi Tuman indeksi (Obstrel, 1962); dasturiy
maxsulotdagi topilayotgan xatoliklar miqdori; odamga tizim komponentini
yaratishga kerak bo‘lgan kunlar miqdori.
Dasturiy ta‘minot metrikalari nazorat metrikasi yoki bashoratlovchi metrika
bo‘lishi mumkin. Nomlar jarayonni boshqarishda yordam bergandek,
bashoratlovchi metrikalar dasturiy ta‘minotning xususiyatlarini oldindan aytishga
yordam beradi. Nazorat metrikalari odatda dasturiy ta‘minotning jarayonlariga
bog‘liq bo‘ladi. Jarayonlar yoki nazorat metrikasini misollari – defektlar xaqida
xabar berishga kerak bo‘lgan o‘rtacha vaqt va xarakat. Bashoratlovchi metrikalar
bevosita dasturiy ta‘minot bilan bog‘liq bo‘ladi va ba‘zida “maxsulot metrikalari”
deb nomlanishadi. Bashoratlovchi metrikalar misollari - cyclomatic modulь
murakkabligi (8 bobda muxokama qilingan), dasturdagi identifikatorlarning
o‘rtacha uzunligi, va dizaynda ob’ekt sinflari bilan bog‘langan belgi va
amallarning miqdori.
3.9- rasm. Bashorat qilish va nazorat qilish o‘lcho‘vlari
103
3.9- rasmda ko‘rsatilgandek, nazorat va bashoratlovchi metrikalari
boshqaruv qarorini qabul qilishga ta‘sir qilishi mumkin. Boshqaruvchilar
jarayonga o‘zgartirish kiritish kerakligi xaqida qaror qabul qilishda jarayon
o‘lchamlaridan foydalanadi va dasturiy ta‘minotda o‘zgartirish bajarishga
ketadigan xarakatni baxolash uchun bashoratlovchi metrikalarni ishlatadi. Bu
bobda men asosan bashoratlovchi metrikalarni ko‘rib chiqaman, chunki dasturiy
ta‘minot kodini taxlil qilishda ularning o‘rni beqiyosdir. Nazorat metrikalarini va
ular jarayonni mukammallashtirishda qanday ishlatilishini 26 bobda ko‘rib
chiqamiz.
Dasturiy ta‘minot tizimida o‘lchamlar bajarilishining ikkita yo‘li bor:
1.
Tizim sifatini qiymatini belgilash – tizim komponentlarini xususiyatlarini
o‘lchash va bu o‘lchamlarni qo‘shish, Siz tuzatish mumkinligi kabi xususiyatlarni
baxolashingiz mumkin bo‘ladi.
2.
Sifati standart bo‘lmagan tizim komponentlarini identifikatsiyalash.
O‘lchamlar xususiyatlari me’yordan og‘ib turuvchi aloxida komponentlarni
identifikatsiyalash mumkin. Masalan, siz komponentlarni o‘lchashiz mumkin va
eng murakkabini topishiz mumkin. Ularda xato bo‘lishi mumkin, chunki
murakkabligi uchun ularni tushinish qiyinroq.
Afsuski, 3.2- rasmda kursatilgan dasturiy ta‘minotining ko‘p sifat
xususiyatlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘lchamlarini olish qiyin. Tuzatish mumkinligi,
o‘qish osonligi, foydalanishning qulay va osonligi kabi sifat belgilari – yaratuvchi
va foydalanuvchilarga tegishli bo‘lgan tashqi belgilardir. Ularda foydalanuvchi
tajribasi va ma‘lumoti kabi sub’ektiv omillar ta‘sir etib ular ob’ektiv
o‘lchanishining ilojisi yo‘q. Bu belgilar xaqida xulosa chiqarish uchun siz dasturiy
ta‘minotning ichki belgilarini (o‘lchami, murakkabligi va x.) o‘lchashingiz va ular
sizni xavotirga solayotgan sifat xususiyatlari bilan bog‘likligini ko‘rib chiqishingiz
kerak.
3.10- rasmda dasturiy ta‘minotning sifatini ba‘zi tashqi belgilari va ular bilan
bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan ichki belgilar ko‘rsatilgan. Diagrammada tashqi
va ichki belgilar o‘rtasida munosabatlar bo‘lishi mumkinligi xaqida gapirilgan,
104
lekin bu belgilar qanday bog‘langanligi aytilmagan.
3.10- rasm. Ichki va tashqi tasturiy ta‘minotlar o‘rtasidagi munosabatlar
Ichki belgining o‘lchami dasturiy ta‘minotning tashqi xususiyatiga ta‘sir
qilishi mumkin bo‘lsa, uchta shart bajarilishi kerak (Kitchenham, 1990):
1.
Ichki xususiyat aniq o‘lchanishi kerak. Bu xar doim xam to‘g‘ridan to‘g‘ri
bajarilishi mumkin emas va bu o‘lchamni bajarish uchun maxsus vositalar kerak
bo‘lishi mumkin.
2.
O‘lchanishi mumkin bo‘lgan belgi va qiziqtiraetgan tashqi sifat belgisi
o‘rtasida bog‘liqlik bo‘lishi kerak. Shunday qilib, sifat xususiyati qiymati
o‘lchanishi mumkin bo‘lgan xususiyatning qiymatiga bog‘liq bo‘lishi kerak.
3.
Tashqi va ichki xususiyat o‘rtasidagi bu munosabat tushinilishi,
tasdiqlanishi va qaysidur ifoda yoki modelь yordamida ko‘rsatilishi kerak.
Namunaviy ifodada modelni funktsionali yig‘ilgan ma‘lumotlarni taxliliga
asoslanib, modelga kiritilishi kerak bo‘lgan parametrlarni belgilaydi va mavjud
ma‘lumotlar asosida bu parametrlarni kalibrovka qiladi.
Komponent murakkabligi kabi dasturiy ta‘minotning ichki xususiyatlari
dasturiy ta‘minotning dastlabki kodini taxlil qiluvchi dasturiy vositalar yordamida
o‘lchanadi. Bu o‘lchamlarni bajarish uchun mavjud vositalar umumiy
105
foydalanishdadir. Dasturiy ta‘minot komponentining murakkabligi va ishlatishda
kuzatilayotgan rad etishlar miqdori o‘rtasida bog‘liqlik borligi sezilsa xam, buni
ob’ektiv namoyish etish qiyin. Bu fikrni isbotlash uchun siz ko‘p komponentlar
ishdagi xatolari xaqidagi ma‘lumot va dastlabki kodni taxlil qilishga ruxsatga ega
bo‘lishingiz kerak. Juda kam tashkilotlar o‘z dasturiy maxsuloti xaqida
ma‘lumotlarni uzoq muddat davomida yig‘ishni o‘z bo‘yniga olgan, shuning uchun
rad etishlar xaqidagi ma‘lumotlarni taxlil qilishni ilojisi yo‘q.
Hewlett Packard (Greydi, 1993), AT&T (Barnard i TSena, 1994), va Nokia
(Kilpi, 2001) kabi ba‘zi katta tashkilotlar 1990-chi yillarda dasturlarni
metrikalarini kiritishgan.
Ular o‘z maxsulot va jarayonlarini o‘lchovlarini o‘tkazishgan va ulardan
sifatni boshqarish jarayonlarida foydalanishgan. Dastur metrikalari asosida
tekshiruv va ratifikatsiya jarayonlari bajarilgan. Offen va Djeffri (1997) xamda Zal
va Fenton (1997) metrikalar dasturini sanoatga kiritishni batafsil muxokama
etishgan.
Sanoatda dasturiy ta‘minotni tizimli o‘lchash xaqida ozgina axborot bor.
Ko‘p tashkilotlar xaqiqatda xam o‘z dasturiy ta‘minoti xaqida ma‘lumot to‘playdi,
bunda o‘zgartirish kiritishga oid talablar va testlashda aniqlangan defektlar miqdori
ko‘riladi. Lekin ular bu tizimli o‘lchamlarni nima uchun ishlatishlari noma‘lum:
dasturiy maxsulot va jarayonlarni taqqoslash uchunmi yoki o‘zgartirishlarni
dasturiy ta‘minot va vositalarga ta‘sirini baxolash uchunmi. Buning
murakkabligining bir nechta sababi bor:
1.
Tashkilotda metrikalar dasturini ishlatilishi qancha mablag‘ni saqlab
qolishi noma‘lumligi. Metrikalardan foydalanmasdan dasturiy ta‘minotni
mukammallashtirishda oxirgi yillarda katta o‘zgarishlarga erishildi, shuning uchun
dasturiy ta‘minotni o‘lchash va baxolashga sarflashning asoslantirish qiyin.
2.
Dasturiy ta‘minot metrikalari uchun xech qanday standart xamda o‘lchash
va taxlil qilishning standartlashtirilgan jarayonlar yo‘q. Ko‘p tashkilotdar dasturni
o‘lchamlarini standart va vositalarigacha olib borishni rad etishmoqda.
3.
Ko‘p tashkilotlarda dasturiy ta‘minot jarayonlari standartlashtirilmagan va
106
yaxshi aniqlanmagan, yaxshi boshqarilmaydi. SHuningdek bitta tashkilotning
ichida jarayon shunchali o‘zgaruvchanki, o‘lchamlar unda ishlatilishi axamiyatsiz
bo‘ladi.
4.
Dasturiy ta‘minotni o‘lchash va metrikalari soxasidagi tadqiqotlarning
katta qismi asosan kod va rejalashtirishni boshqarish jarayonining metrikalariga
e’tibor qaratgan. Lekin xozir ERP yoki GOST tizimlarini shakllantiruvchi, yoki
tezkor usullaridan foydalangan dasturiy ta‘minot ko‘proq ishlab chiqilyapti.
SHuning uchun biz oldingi tadqiqotlar dasturiy ta‘minotni yaratishning bu
usullariga qo‘llanishi mumkinmi bilmaymiz.
5.
O‘lchamni taqdim qilinishi yuqoridagi jarayonlarga qo‘shimcha ish
bo‘ladi. Bu tezkor usullarning maqsadlariga mos kelmaydi, chunki ular dasturni
rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan jarayonlarni rad etadi. Tezkor
usullarni ishlatayotgan tashkilotlar metrikalar dasturini qabul qilishi qiyin.
Dasturiy ta‘minotni o‘lchash va metrikalar – empirik dasturlashning asosidar
(Endres va Rombach, 2003). Bu tadqiqot soxasida dasturiy ta‘minot tizimlaridagi
tajribalar va real loyxalar xaqidagi ma‘lumotlar dasturlash usullari xaqida
gipotezalarni shakllantirish va tasdiqlash uchun ishlatiladi. Bu soxada ishlovchi
tadqiqotchilar aytishicha, dasturlash usullarining muximligi ular xaqiqatdan xam
aytilgan foydani keltirishini isboti bo‘lsagina tasdiqlanadi.
Afsus, ob’ektiv o‘lchamlarni bajarish imkoni bo‘lsa xam va natijalarini
ko‘rish mumkin bo‘lsa xam, qaror qabul qiluvchi shaxslar ularga ishonmasligi
mumkin.
Qaror qabul qilinishiga ko‘proq yangiligi yoki amaliyotchilarda usullar
qiziqish o‘yg‘onganlik darajasi kabi sub’ektiv omillar ta‘sir qiladi. Shuning uchun,
men o‘ylashimcha, empirik dasturlashning dasturlash amaliyotiga ta‘sir etishiga
xali ancha yillar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |