7.2.7.
Bo‘yoqchilik stansiyalari
Ko„chma bo„yoqchilik stansiyalari hozirgi zamonda sanoat, fuqaro va qishloq
qurilishida katta hajmdagi bo„yoq tarkiblarini qayta ishlash, tashish va bo„yashda eng asosiy
yuqori mehnat unumdorligiga ega va samarali vositalardandir. Ular bo„yoq tarkiblari
yarimfabrikatlarini qabul qilish, tayyorlash va ish joyiga suvli, suv-yelimli va moyli
bo„yoqlarni, gruntovkalarni, yelimli va moyli shpaklevkalarni uzatish va surish uchun
mo„ljallangan. Bo„yoqchilik stansiyalari elektr, yo„lkalar bilan ta‟minlangan qurilish
ob‟yektlarida va bevosita bo„yash ishlari olib borilayotgan binoga yaqin joyda (5...10 m)
o„rnatiladi.
Ko„chma bo„yoqchilik stansiyalarining jihozlari ikki o„qli avtomobil tirkama-
shassiga o„rnatilgan isitiladigan kuzov-furgonda joylashtiriladi. Bo„yoqchilik stansiyalari va
rang berish qurilmalari, bur ezish mashinalari, zamazkalar tayyorlash uchun
aralashtirgichlar, rang ezish mashinalari, bo„yoq aralashtirgichlar, elektr yelim qaynatgichlar
va x..k. bilan jihozlanadi. Bur ezish mashinasi rang, shpaklevka va zamazka tayyorlashda
burni maydalash uchun xizmat qiladi. Unda quruk burdan tashkari nam burni ham ezish
mumkin.
Stansiyaning (7.24-rasm) kuzovi 1 da uchta texnologik liniya o„rnatilgan: suvli,
suvli-yelimli bo„yoqlar va gruntovkalar,yelimli bo„yoqlar; yelimli va moyli shpaklevkalar;
moyli va emalli bo„yoqlar. Moyli bo„yoqlar liniyasi tarkibiga kiradi: suyuq va pastasimon
bo„yoq materiallarini ezib ishqalash tegirmonli bo„yoq ishqagichda (ezg„ich) 8, bo„yoq
tarkiblarni bo„yoq haydagich baklar 9 va 10 ga haydashdan oldin suzgichdan o„tkazish
uchun vibroelak 7. Qolgan ikki liniyalar ham bir turli bo„lib, o„zaro almashtiriladigan va
vintli nasos 3 asosida bo„yoqchilik agregati bilan aralashtirish, suzdirish, tashish va bo„yoq
tarkiblarini surtish uchun, yelim tayyorlash uchun elektr yelim pishiruvchi 5 va ikkita
dozator bilan to„ldirilgan (butlangan).
7.24-rasm. Ko„chma bo„yoqchilik stansiyasi sxemasi.
Stansiya jihozlari jamlamasi to„plamiga havo shlanglari va yuzalarga bo„yoq
tarkiblarini purkovchi shlanglar kiradi. Stansiyaning siqilgan havoga bo„lgan ehtiyojini
ikkita kompressor ta‟minlaydi. Shuningdek kuzovda asbob- uskunalarni saqlovchi asboblar
shkafi 2, elektrodvigatel 4, tarozi 6, laborotoriya stoli 11, va elektroshkaf 12 o„rnatilgan.
Moyli bo„yoqlar bilan ishlaganda bo„yoq haydagich bak va kompressor stansiyadan olib
bevosita ob‟yektning o„zida o„rnatiladi.
Stansiya kuzovni isitish va ventilyatsiya tizimlari, suv ta‟minoti tizimi (issiq va
sovuq suv) bilan jihozlangan bo„lib yil davomida foydalanishga mo„ljallangan. Stansiyaning
elektr jihozlari elektrshkaf va ishga tushirish-tartibga solish apparaturalaridan iborat.
Stansiyada uch kishi ishlaydi.
Stansiyaning bo„yash agregati yarimfabrikatlardan tayyorlash, suzish, ish joyiga
yelimli, moyli va sintetik shpaklevkalarni, gruntli tarkiblarni, suv-yelimli, moyli va sintetik
bo„yoqlarni uzatish va yuzaga surishga tayyorlash mexanizmlari bilan jamlangan.
7.25-rasm. Stansiyaning bo„yash agregati.
Bo„yoqchilik agregatlari universal bo„yash qarmoqlari (7.26-rasm, a) havoli (9.25-
rasm,b) va havosiz purkovchi forsunkalar bilan jamlangan. Qarmoqlar material shlangga
shtuser yordamida birlashtiriladi. Qarmoqning tarkibiy qismlari po„rkagichni korpusi 1, havo
uzatkich 2 havo krani 4 bilan, material uzatkich 3 yurg„izuvchi skoba 5 bilan, Po„rkagichni
korpusiga almashuvchi forsunkalar gaykalar 8 bilan mahkamlanadi.
7.26-rasm. Bo„yoq tarkiblarini surtish uchun universal qarmoqlar.
Hozirgi davrda shahar qurilishi ob‟yektlarida katta hajmli ishlarda ko„chma
bo„yoqchilik stansiyalari bo„yoq tarkiblariga qayta ishlov berish, tashish va surish bo„yicha
asosiy va samarali vositadir. Ish hajmi nisbatan kichik ob‟yektlarda vintli nasos asosidagi
ko„chma bo„yoqchilik agregatlari qo„llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |