3-dars. AXBOROT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
Ta’limiy maqsad
Dars
3
@edurtm_uz
37
5-SINF DARSLIGI BO‘YICHA
O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
Kasbiy maqsad (motivatsiya).
Informatika va axborot texnologiyalari sohasiga yo‘naltirilgan kasblarda
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanining o‘rni va vazifalari haqida ma’lumot berish.
Kognitiv maqsad (rivojlantiruvchi).
Rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari yo‘nalishini yangi
ma’lumotlar bilan boyitish.
I. Tashkiliy qism
Salomlashish, davomatni aniqlash, uy vazifasini tekshirish
Darsning turi
ilmiy-nazariy
O‘qitishning usul va
texnologiyalari
“O‘yla, izla, top!”, “Case-study” usullari
O‘qitishning shakllari
sinf bilan, yakka tartibda, qatorlar bilan ishlash
AKT va interfaol vositalar
o kompyuter
o elektron doska
o smart doska
o proyektor
o televizor
o kolonkalar
Ko‘rgazmali qurollar va
o‘qitish vositalari
o darslik
o taqdimot
o video
o rasmlar
o plakatlar
o tarqatma kartochka-vazifalar
o amaliy vazifalar
o laboratoriya vazifalari
o test varaqalari
o so‘rovnoma
II. Motivatsiya
Kim tez va katta hajmdagi axborotlarni saqlay oladi,
kompyutermi yoki inson?
III. Yangi tushunchalar
Axborot, inson retseptorlari, axborot turlari, axborot manbalari,
axborot sifatlari, axborotli jarayonlar, axborot texnologiyalari.
Darsning texnologik xaritasi va ssenariysi
Qo‘llaniladigan resurslar
Tarqatma
vazifalar
Taqdimot
Videodars
Audiodars
Internet-resurs
3-mavzu.pptx
3-mavzu.avi
3-mavzu.mp3
http:\www.dr.rtm.uz.
Yangi mavzu
O‘qituvchi: Bolalar! Doskada yozilgan har bir atama haqida nimalarni bilasiz? Bu so‘zlarning
informatika va axborot texnologiyalari faniga qanday aloqasi bor?
O‘quvchilar atamalarga tavsif beradi. So‘ngra o‘quvchilarga shu mavzu bo‘yicha video va slaydlar
ko‘rsatiladi. Namoyish tugaganidan keyin o‘qituvchi o‘quvchilarga “Kimlar atamalarni to‘g‘ri
tavsiflab bergan edi?” deya savol beradi va o‘quvchilar javobi tinglanadi. To‘g‘ri javob bergan va faol
qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
4
Axborotni qayta ishlash va
axborot ustidagi amallar
Axborotlar ustida nafaqat inson, balki kompyuterlar ham
turli amallar bajara olishini tushunish.
5
Axborotni saqlovchi
vositalar
Axborotlarni kompyuterning tashqi xotiralarida saqlash
imkoni, axborot hajmi haqida ma’lumotga ega bo‘lish.
@edurtm_uz
38
Daftarga yozib oling!
Demak,
axborot
bu – inson sezgi organlari orqali atrof-muhitdan qabul qilingan turli ma’lumotlar
ekan. Kim yoki nima haqidagi ma’lumotlar ham axborot hisoblanadi.
Axborotning turlari:
matn, rasm, ovoz, musiqa, nur, ranglar, to‘lqinlar, DNK va signallar.
Axborot manbalari:
xabarlar shaklidagi axborot, bilim shaklidagi axborot, radio va video shaklidagi
axborot, gazeta va jurnallar shaklidagi axborot, internet-saytlari shaklidagi axborot, mobil ilovalar
shaklidagi axborotlar.
Axborot sifatlari:
aniq, tushunarli, ishonchli, dolzarb, foydali.
Axborotli jarayonlar:
izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash, uzatish, nusxa olish, bloklash,
maxfiylashtirish, chop etish.
Mustaqil ish
O‘quvchilar darslikdan yuqorida yozilgan asosiy tushuncha va atamalarni topib, daftarga ko‘chirib
oladilar. (“O‘yla, izla, top!”)
O‘zingizni sinab ko‘ring
“Case usuli”ni qo‘llash orqali inson va texnika orasida axborotli jarayonlarning o‘xshashlik darajasi
aniqlanadi va jadval to‘ldiriladi.
O‘quvchilar 2 guruhga bo‘linadi va jadvalni to‘ldiradilar. So‘ngra oldilariga qo‘yilgan masalaning
yechimini tavsiflab beradi (2–3-ustunda yozilgan javoblar o‘qituvchi uchun), o‘quvchilarga 2 ta
ustundagi javoblar yozilmagan jadval chop etiladi va tarqatma material sifatida beriladi.
Axborotli jarayonlar
Tabiat, inson
Texnika, kompyuterlar
Qabul qilish, olish
Retseptorlar, qo‘l
harakatlari, belgilar
Kiritish qurilmalari: klaviatura,
skaner, kamera, mikrofon…
Qayta ishlash
Miya, fikrlash, hisoblash
Protsessor
Saqlash
Xotira, kitob, jurnal
Elektron xotira vositalari
Uzatish
Qo‘l harakatlari, mimika,
signallar, til
Chiqarish qurilmalari: monitor,
printer, kolonka
16-betdagi savol va topshiriqlarni og‘zaki, uy vazifasini yozma ravishda bajarib kelish.
Uy vazifasi
Dars
3
@edurtm_uz
39
5-SINF DARSLIGI BO‘YICHA
Do'stlaringiz bilan baham: |