2.Kommunikatsiya verbal(nutqiy) va noverbal(nutqsiz) bo’ladi.
Kishilar o’rtasidagi muomila jarayonida nafaqat verbal, balki noverbal muloqot vositalaridan, ya’ni turli imo-ishoralardan ham foydalaniladi. Har qanday jismoniy ishda ham nutqiy muomilaga ehtiyoj tug’ilavermaydi: Masalan shovqin yuqori bo’lgan ish joylarda, xususan, temirchilik, quymachilik, qadoqlash va hokazolar ishchilari ko’pincha imo-ishoralar vositasida muloqot qiladilar.
Nutqning so’zlovchi va tinglovchining madaniy saviyasiga ko’ra xoslanishi.Nutqiy muloqotning qanday kechishi, unda lisoniy vositalarning qay birining qo’llanilishi, bu vositalar muloqot ishtirokchilariga qanday ta’sir etishi muloqotning tarkibiy qismlari bo’lmish- ichki va tashqi omillarning o’zaro hamkorligi bilan belgilanadi. Bunda eng kichik bir xususiyat ham juda kuchli- ba’zan hal qiluvchi ta’sir kuchiga ega. Shuning uchun nutqiy muloqot ta’sirchanligini ta’minlash uchun “ikkinchi darajali” narsa bo’lishi mumkin emas –muloqot tarkibiy qismlarining garmoniyasi,simmetriyasigina uning ta’sirchanligi va mukammalligini ta’minlaydi. Nutqning xarakteri so’zlovchi va tinglovchining madaniy saviyasi bilan uzviy bog’liq. Shuning uchun muloqot shakl va tarzini belgilashda, tasnif etishda kommunikantlar saviyasi muhim asoslardan bo’ib xizmat qiladi.
So’zlashuv nutqida noverbal vositalarning qo’llanishi. Uzatilayotgan axborot tilning muayyan qonun- qoidalari asosida shakllangani (intralingvistika) uning matn talablariga javob berishini bildiradi, axborotning adresant tomonidan adresatga uztilishida kommunikantlarning o’zaro munosabatlari (ekstralingvistika) katta ahamyatga molik bo’ladi. Kommunikativ aktda ishtirok etuvchilar- shaxslarning tiplari, ularning psixologik, sotsiologik, milliy, mantiqiy, etik etnolingvistik, mental xususiyatlarini aniqlash va shu asnoda lisoniy shaxs tipologiyasini o’rganish ichki va tashqi lingvistikaning mushtarak holda kommunikatsiyaga xizmat qilishni anglatadi.
Kommunikativ vaziyat ma’lum tuzilishiga ega bo’lib, uning tarkibi quyidagilardan tashkil topadi:
so’zlovchi (adresant);
tinglovchi (adresat);
so’zlovchi va tinglovchi o’rtasidagi munosabat;
muloqotning emotsionalligi (rasmiy-neytral-do’stona);
maqsad;
muloqot vositasi (til yoki uning tarmoqlari-dialekt, uslub, shuningdek, paralingvistik vositalar-imo-ishoralar);
muloqot usuli(og’zali/yozma, kontaktli/distantly);
muloqot joyi;
Kommunikativ vaziyatning tarkibiy qismlari o’zgaruvchan bo’ladi. Ular o’zgarishi bilan kommunikativ vaziyat ham o’zgaradi. Masalan, sud jarayonida sudya bilan guvohning muloqoti bu shaxslarning suddan tashqarida muloqotiga nisbatan o’ta rasmiy til vositalarining qo’llanishi bilan farqlanadi.
Nutqiy muloqot chog’ida so’zlovchining kommunikatsiya sharoitidan kelib chiqqan holda bir tildan (dialektdan, uslubdan) boshqa bir til ko’rinishiga o’tishi kodlar o’zgarishi, ya’ni bir kod tasarrufidan ikkinchi kod tasarrufiga o’tih deyiladi. Kommunikatsiya sharoitidagi o’zgarishlar so’zlovchining bir kod tasarrufidan ikkinchi kod tasarrufiga o’tishga majbur qiladi. Masalan, adresatning almashinishi, ya’ni so’zlovchi murojat qilgan kishining o’zgarishi kodlarning o’zgarishiga sabab bo’ishi mumkin. Agar adresat so’zlashuvchi bilgan ikki tildan faqat birini bilsa, shu paytgacha muloqotda zullisonayn suhbatdoshlar boshqa til yoki har ikkala tilni qo’llagan bo’lishlariga qaramay, muloqot ohirida tabiiyki, adresatga tanish bo’lgan tilni qo’llashga o’tiladi. Muloqotga kirishuvchilar sonining o’zgarishi ham kodlarning ko’chishini keltirib chiqaradi. Bunday holat ikki zullisonaynning suhbatiga faqat bir tilni biladigan uchinchi kishi kelib qo’shilganda yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |