Dars tipi: Aralash.
Dars turi: Nazariy va amaliy.
Dars metodi: Og'zaki, amaliy, ko'rsatmalilik.
Dars jihozi: Televizor, soat, rangli qog'oz, rangli markerlar Darsning texnik vositalari: Kompyuter, multimediya .
Darsning borishi
№
|
Darsning rejasi
|
Ajratilgan vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
1 daqiqa
|
2
|
Kirish
|
4 daqiqa
|
3
|
Mavzuni o'rgatish:
|
|
|
-o'qituvchi beradigan ma'lumot
|
8 daqiqa
|
|
-o'quvchilarning mustaqil ishlashi
|
22 daqiqa
|
4
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
5
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6
|
Xulosa
|
2 daqiqa
|
7
|
Uy vazifa
|
1 daqiqa
|
Tashkiliy qism:
O'quvchilarni dars shiori bilan tanishtirish — "BU MUQADDAS VATANDA AZIZDIR INSON”
Kirish :
O'quvchilarning o'tilgan harflar yuzasidan bilimlarini harf kassasi bilan ishlash orqali mustahkamlash.
qator: “J” harfi ishtirokidagi so'zlar ( m: jo'ja, jiyda,jasorat)
qator:“G” harfi ishtirokidagi so'zlar ( m: g'alla, g'alaba' G'ayrat)
qator:“Z” harfi ishtirokidagi so'zlar ( m: zina, ziyrak, zog'cha)
O'quvchilar kesma harf va bo'g'inlardan hosil qilgan so'zlarini o'qitish va rag'batlantirish.
Mavzu bayoni
O'quvchilarga “V” tovushini talaffuz qildirish, havo oqimi og'izda qanday to'siqqa uchrayotganligini (tepadagi old tishlar pastki labga tegib, undosh tovush hosil bo'ganini) aniqlash.
Tovushning yozuvdagi ifodasi “Vv” harfi bilan ko'rgazmali qurol yordamida tanishtirish
Har bir qatorga topshiriq berish: 1-qator “V” harfi so'zning boshida , 2-qator
so'zning o'rtasida, 3-qator so'zning oxirida kelishiga imkon qadar misollar keltiradilar ( berilgan rasmlar misollar topishga yordam beradi).
Darslik bilan ishlash.Berilgan so'zlarni bo'g'inlab o'qitish:
Dam olish daqiqasini o'tkazish:
Vatanim, volidam va tanda jonim,
Vatan ishqi bilan o’tar har onim.
Darslikda berilgan so'zlar necha bo'g'indan iboratligi va qanday ma'no anglatishini tahlil qilish. Ularni ishtirok ettirib gaplar tuzish.
v………
v………
v………
v…….
“Aqliy hujum” usulidan foydalanib “ Vatan deganda nimani tushunasiz?” savoliga javob olish, o'quvchilar fikrini umumlashtirish
O'qituvchi tomonidan darslikda berilgan “ Vatanim ” she'rini ifodali o'qib berish. O'quvchilar bilan birgalikda bo'g'inlab o'qish. She'r mazmunini tahlil qilish orqali buyuk ajdodlarimizdan o'rnak olgan holda vatanga, ota-onaga munosib farzand bo'lish, buning uchun albatta bilim olish lozimligini bahs-munozara orqali tushuntirish.
Mustahkamlash.
Vatanimizni hozirgi kundagi ko'rinishini ifodalovchi slaydni namoyish etish.
Dars yakuni.
Savollar orqali darsga yakun yasash. Dars jarayonida faol ishtirok etgan o'quvchilarni rag'batlantirish .
1. Uy vazifa:
“V” harfiga oid so'zlarni o'qish, “ Vatanim” she'rini yod olish.( 58- sahifa)
Do'stlaringiz bilan baham: |