l
Q
)ni
minimal qiymatga javob beradigan qilib hosil qilish. Buning uchun ko’ndalang kesimda
m
m
1
2
2
min
ga erishish kerak.
Kanal o’zanini shibbalash. Bu uslubda suv isrofi 50-60% ga kamayadi. Uni amalga oshirish yo’llari
turlichadir. Tuproq maqbul namlikka erishganda (og’ir sog’ tuproqlarda 22-25%, o’rta sog’ tuproqlarda
21-23%, yengil sog’ tuproqlarda 15-18%, qumoq tuproqlarda 12-15%) ekskavator xartumiga osilgan
og’irligi 3-5 t li yuk (temir-beton plita) 3-5 m balandlikka ko’tarilib bir joyga 3-9 marotabagacha
tashlanadi. Zichlangan tuproq qalinligi 40-50 sm bo’lganda bu tadbir 3-5 yil xizmat qilishi mumkinligi
Mirzacho’lda o’tkazilgan tajribalardan ma’lumdir.
Kichik kanallarda g’altakli matin (kotok) lar ham qo’llaniladi.
Davriy ishlaydigan kanallarning o’zanini yumshatish. Bu usulda davriy ishlaydigan sug’orish
tarmoqlarining o’zani ularga suv berishdan oldin va so’ngra 10-15 sm chuqurlikdagi kultivatorlar bilan
yumshatilishiga asoslangandir. Bu usulda ushbu kanallarda suv isrofgarchiligi 40% gacha kamayishi
kuzatilgan.
Kolmatatsiya qilish (loyqa cho’ktirish). Bu usul kanal o’zanidagi tuproq g’ovakliklari (yirik zarrachalar
orasidagi bo’shliqlar)ni suvdagi loyqa zarrachalari bilan to’ldirishga asoslangandir. Suvdagi loyqa
zarralarining kanal o’zaniga cho’kishi natijasida o’zanning sizilish koeffitsiyenti qiymatining keskin
kamayib ketishi (20-30 marotaba) sug’orish amaliyotidan ma’lum va hozirda ham u ayniqsa, Markaziy
Osiyo loyqa suv manbalaridan (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon) sug’orish tizimlariga suv olinganda
namoyon bo’lib turadi. Bu holat, ayniqsa, qayta qurilgan Amu-Buxoro va Qoraqum kanallarida juda qo’l
kelgan.
Kanal o’zanida loyqa cho’ktirishda, tadqiqot natijalariga ko’ra, bu jarayonni amalga oshirish uchun
quyidagi ishlar amalga oshirilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi: kolmatatsiya qilinadigan yuza avvalo,
tekislanib, so’ngra yuza 20-25 sm chuqurlikda yumshatiladi, kanalga loyqa suv to’ldiriladi, loyqa
cho’kkach, suv chiqarilib kanal o’zani normal namlikka yetishgach, tuproq zichlashtiriladi (g’altakli
matinni yurgizish, podani kanal o’zani bo’yicha haydash va h.k.).
Sun’iy loyqa cho’ktirishdagi tadqiqotlarning ma’lumotlariga asosan, (A. N. Patrashev) quyidagilar tavsiya
etiladi:
,
2
,
0
15
,
0
D
d
bu yerda
D
-kolmatatsiya qilinadigan tuproq zarrachasining diametri;
d
-kolmatatsiya qiladigan
(suvdagi loyqa) tuproq zarrachasining diametri.
Qumoq tuproqli kolmatatsiya qilinadigan yuzaning 1 m2 ga 5-10 kg gil beriladi. Kolmatatsiya qilinadigan
kanalning uzunligi 0,1-1 km orasida bo’ladi. Kolmatatsiya davrida kanaldagi suv tezligi 0,05-0,20 m/s,
kanaldan foydalanish davrida esa undagi suv oqim tezligi 0,6-0,7 m/s dan oshmasligi tavsiya etiladi.
Kimyoviy tadbirlar. Bentonit gil tuproqlarini qo’llash. Bu tuproqlar tarkibida «mont - morillonit»
minerallar mavjud bo’lib, tuproq namlanganda ular juda kuchli darajada shishib, o’zidan suv
o’tkazmaydigan xususiyat kasb etadi. Markaziy Osiyo (Xorazm, Angren, Buxoro, Dalvarzin va h.k.) da
katta miqdorda bentonit zaxiralari mavjudligini, ularni qum va shag’alli kanal o’zanlarida qo’llash yaxshi
natijalar berishi tajribalarda tasdiqlanganligini hisobga olsak, bu tadbirning qanchalik hayotiy ekanligini
ko’rish mumkin.
Jumladan, filtratsiya koeffitsiyenti 20,8 m/kun bo’lgan qumning 15-17 % bentonit va 85-83 % qum
aralashmasidan hosil qilingan 10 sm li ekranning filtratsiya koeffitsiyenti 0,0017 m/kun bo’lganligi
tajribada aniqlangan.
Gruntni bitumlash qumoq tuproqni bitum emulsiyasi bilan aralashtirib yoki issiq bitum emulsiyasini
to’g’ridan-to’g’ri berish orqali amalga oshiriladi.
Birinchi holatda 50 °S gacha qizdirilgan bitum emulsiyasi 16-24 % hajmida qumoq tuproq bilan
aralashtirilib, kanal o’zaniga yotqiziladi va zichlanadi.
Ikkinchi uslubda esa 150 °S gacha qizdirilgan bitum emulsiyasi 1 m2 yuzaga 4-9 kg miqdorida sepilish
orqali amalga oshiriladi. Emulsiya tarkibida bitum 40-50 % bo’lishi va bitum rusumi yuqori bo’lishi kerak.
Bu tadbir 3-4 yilgacha o’z ta’sirini o’tkazib, suv isrofini 2-4 marotabagacha kamaytiradi.
Gruntlarni tuzlash natijasida gruntning suv o’tkazuvchanligi keskin kamayadi. Ular 2 xil ko’rinishda -
ochiq yuzaga va himoyalangan yuzaga qizdirilgan osh tuzining yuqori kontsentratsiyali eritmasini (1 m2
ochiq yuzaga 5 kg, himoyalangan yuzaga 3 kg tuz eritmasi) sepish orqali amalga oshiriladi. Bunday
yuzalarda o’tlar o’smaydi va 5-8 yil xizmat qilib, unda suv isrofi 2 marotabaga kamayadi. Ammo
karbonatli gruntlar uchun bu uslub qo’l kelmaydi.
Gruntlarni silikatlash gruntga suyuq shishani bosim ostida berishga asoslangan. Bu holda natriy
kremneftorid yoki kaltsiy xlorid eritmasi bilan silikat kislota ajralib tuproq kovakchalarida mahkam
o’rnashib qoladi.
Bu tadbir sho’r tuproqlarda va yog’ingarchilikda yaxshi natija bermaydi, lekin sovuqqa chidamli va
plastikdir.
Qurilish tadbirlari. Beton yoki temir - beton qoplamalar. Kanal o’zanini bunday qoplamalar bilan qoplash
asosan, suv juda tanqis, suv tezligini boshqarish zaruriyati bo’lgan tizim qismlari va inshootlarda, kanal
o’zani ko’p suv o’tkazuvchan tuproqlarda qo’llanilib, ular suv isrofgarchiligini 90-95% gacha kamaytirish
imkonini beradi va uzoq yillar (25-30 yil) xizmat qiladi.
Beton qoplamalarning qalinligi mexanik tarkibi o’rta tuproqlarda 7-15 sm, mexanik tarkibi yengil tu-
proqlarda 18-20 sm bo’lsa, temir-beton qoplamalar va plitalar 5-8 sm qalinlikda yotqiziladi. Kanal yon
devorining qiyaligi m = 1-1,5. Ulardagi konstruktiv (har 3-4 m dagi) va harorat (har 10-12 m dagi)
choklar, aksariyat hollarda, umumlashtirilib, mastika, qorasaqichlar bilan to’ldiriladi.
Nov (lotok) va quvurlar. Hozirgi vaqtda, asosan, xo’jalik ichki sug’orish tarmoqlari nov (lotok) va quvurlar
bilan jihozlanmoqda. Bu holatda suv isrofgarchiligi 96-98% gacha kamayibgina qolmasdan, bu tizimlarda
hosil qilinadigan bosimdan qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orishda foydalanish mumkin. Novlardan to’g’ri
foydalanilganda ular uzoq muddat xizmat qilishi muqarrar.
Asfalt (bitum mineral moddalar aralashmasi) materialli qoplamalar. Bu qoplamalarning qalinligi 5-8 sm
bo’lib, ular zichlangan yoki 10-15 sm qalinlikdagi shag’al yotqizilgan to’sham ustiga yotqiziladi.
Bu qoplamalarni o’t o’lan teshishi mumkinligini hisobga olib, asfalt yotqiziladigan asosga suyuq beton
qoplamasi to’shalishi yoki asosga gerbitsidlar bilan ishlov berilishi kerak. Bu qoplama material ochiq
ko’rinishda: a) armaturalangan yoki armaturalanmagan asfalt-beton; b) yig’ma asfalt-beton plitalar va
yopiq armaturalangan yoki armaturalanmagan asfalt «bo’yra» ko’rinishdagi to’shamlar shaklida bo’ladi.
YOpiq holatda bo’lgan asfalt «bo’yra» lar ustidan 20 sm qalinlikdagi tuproq to’shami to’shaladi.
Bu qoplamalar suv isrofini 80-90 % kamaytirib, uzoq xizmat qilishi aniqlangan.
Plastik (egiluvchan) materialli qoplamalar. Qalinligi 0,1-0,2 mm bo’lgan plastmassa plyonkalari
(polietilen, polivenilxlorid va h.k.) suv isrofini 90-95% ga kamaytirsada, 2-3 mavsumdan so’ng (ayniqsa,
ularning ustida himoya to’shami bo’lmasa) o’z xususiyatlarini yo’qotishi kuzatilgan. Bu qoplamalar beton
qoplama to’shamlari qatlamlari orasida ham qo’llaniladi. Bu qoplamalarning ustiga himoya qatlam
(tuproq yoki beton) to’shalganda ularning xizmat muddati uzayadi.
Gil tuproqli qoplamalar yoki gil ekranlar. Bu ekran yoki qoplama gil va og’ir soz tuproqlar o’zlarining yoki
bentonit bilan aralashmasining 30 sm li to’shami ko’rinishida yoki ustida 30-40 sm li tuproq to’shami
bo’lgan 5-8 sm li to’sham ko’rinishida bo’ladi. Bunday qoplamalar suv isrofini 60-80% ga kamaytiradi.
SHu o’rinda tarkibi 60-65% gil, 35-40% qum-shag’al bo’lgan, qalinligi 10-15 sm li glinobeton to’shami
ham suv isrofini kamaytiradi. Bunday ekranli kanaldagi suvning tezligi 0,7-0,8 m/s dan oshmasligi kerak.
Tosh va g’isht qoplamalar, asosan, tog’li va tog’oldi sug’orish tizimlarida qo’llanilib, suv isrofini 50-60%
ga kamaytirishi va 20-30 yil xizmat qilishi kuzatilgan. Bu tadbir, asosan, qo’l kuchi bilan bajarilishini
hisobga oladigan bo’lsak, juda qimmat va kam unumli tadbirlar tarkibiga kiradi.
Suv isrofini kamaytirish tadbirlarini o’zaro taqqoslash va samaradorligini oshirish bo’yicha ma’lumotlar
10.3.1-jadvalda keltirilgan.
Ekspluatatsion chora tadbirlar. Suvdan foydalanish rejasi asosida sug’orish. Bu rejadan chetlanish (suvni
kam yoki keragidan ortiq olish, belgilangan muddatlarda olmaslik, sug’orish rejalarini bajarmaslik),
xo’jasizlik va suvdan samarasiz foydalanish natijasi, ortiqcha suv isrofgarchiligiga sabab bo’ladi. Bunda
sug’orish dalalari sug’orish uchun oldindan tayyorlangan bo’lib, sug’orish kun-tun amalga oshirilishi
natijasida suvning (chuqur qatlamlarga, tashlamaga) foydasiz isrofi 10-20% qisqaradi.
Sug’orish tarmoqlarining umumiy uzunligini qisqartirish. Suv isrof qiymati tizim uzunligiga to’g’ri
proportsional, ya’ni kanal qancha uzun bo’lsa, suv isrofi shuncha ko’p bo’ladi. Sug’orish kanallarining
uzunligini kamaytirish uchun sug’orish maydonlari qayta qurilishi (sug’orish dalalarining maydonini
kengaytirish (15-30 ga), yerlarning tekislanishi, zamonaviy sug’orish texnikalari qo’llanilishi va h.k.) kerak.
Suv isrofiga qarshi qo’llaniladigan
tadbirlarning samaradorligi
5.6.4-jadval
Suv isrofgarchiligiga qarshi
tadbirlar
1 m2 yuziga sarf
bo’ladigan material
Xizmat
muddati
Suv isrofini
kamaytirish foizi
Beton qoplamalar:
a) monolit
0,07-0,04 m3
25-30
95
b) yig’ma
0,05-0,1 m3
50
95
v) nov (lotok)
-
40-50
96
g) quvur
-
>20
98
Asfalt qoplamalar
0,03-0,08 m3
5-6
98
Plastik qoplamalar:
a) polietilen
0,05-0,27 kg
3-7
95
b) polivenilxlorid
0,05-0,27 kg
3-7
95
Tosh va g’isht qoplamalar:
50-100 kg
20-30
50-60
Gruntlarni tuzlash
3-5 kg
5-8
60-70
Gruntlarni silikatlash
-
5-8
50-60
Gil ekranlar
0,1-0,35 m3
10
60-80
Gruntlarni bitumlash
4-9 kg
3-4
60
Bentonitni qo’llash
0,01-0,06
2-5
80
Kolmatatsiya qilish
5-10 kg
12
60-80
Kanal o’zanini yumshatish
-
1-2
40
Kanal o’zanini shibbalash
-
3-5
50-60
Suvdan navbat bilan foydalanishni joriy etish. Suv isrofining solishtirma qiymatini aniqlashda kanaldagi
suv sarfi qancha katta bo’lsa, solishtirma qiymat shunchalik kichik bo’ladi, demak, suv isrofi ham kam
bo’ladi. Sug’orish suvi taqchil davrlarda suv sarfini suv iste’molchilari o’rtasida taqsimlashda navbatni
joriy etish (10.3.1-rasm), sug’orish suvini bir sug’orish maydoniga to’plash ish unumi va tizimning FIK
qiymatining oshishiga olib keladi.
5.6.1.-rasm. Navbat bilan sug’orish sxemasi
Sug’orish tarmoqlarini o’z vaqtida ta’mirlash, o’t bosgan kanallarni o’z vaqtida tozalash. Sug’orish
tarmoqlarini o’z vaqtida, ya’ni sug’orish mavsumidan oldin ta’mirlamaslik yoki avariya bo’lgan joylarda
tezda chora tadbirlar belgilamaslik katta miqdordagi suv isrofiga sabab bo’ladi. Buning uchun tizimdagi
texnik xizmat tashkilotlari o’z ishini reja asosida amalga oshirishlari va ular kerakli texnika, material va
jihozlar bilan ta’minlangan bo’lishlari kerak. Sug’orish tarmoqlarida begona o’tlarga qarshi kurashishda
kanalga suv ochishdan 3-4 hafta oldin kanal o’zani gerbitsidlar bilan ishlov berilishi kerak. O’t bilan
qoplangan meliorativ tarmoqlar mavsum oldidan tozalanishi kerak, chunki tozalanmagan kanal
tozalangan kanalga nisbatan 25-30% ko’p suv isrof qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |