V. Sug’orish tarmoqlari va tizimi



Download 1,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana18.07.2022
Hajmi1,52 Mb.
#822373
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
PkqAzmCDjBOCEDpceKMIqU9Ndn6QF2MndAeFDT7l



V. Sug’orish tarmoqlari va tizimi
5.1.Sug’orish tarmoqlarining asosiy elementlari 
Sug’orish tizimi, bu noqulay tabiiy sharoitlarni tubdan yaxshilash, atrof muxitga salbiy ta’sir 
ko’rsatmasdan yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo’jalik ekinlardan yuqori hosil 
olish maqsadida tuproq unumdorligini oshirishga xizmat qiladigan, sug’orish manbasi, sug’oriladigan 
maydonlar va ulardagi turli inshootlar majmuasi tushuniladi.
Sug’orish tizimining asosiy texnik vazifasi, bu sug’orish manbasidan suvni olib, sug’oriladigan 
maydonlarga kerakli muddat va miqdorda yetkazib berish xamda uni alohida suv iste’molchilarga va 
dalalarga taqsimlab berish, o’simliklar uchun zarur bo’lgan tuproq namligini ta’minlashdan iborat. 
Sug’orish tizimining asosiy elementlari quyidagilar kiradi (2.4.1-rasm):
1. Sug’orish manbasi.
2. Bosh suv olish inshooti.
3. Sug’orish tarmoqlari.
4. Suv yig’uvchi - tashlama va kollektor-zovur tarmoqlari tizimi.
5. Sug’orish tarmoqlaridagi gidrotexnik inshootlar.
6. Ximoya daraxtzorlar va yo’llar.
7. Sug’oriladigan yerlar va boshqalar.
Sug’orish tizimining rejadagi ko’rinishi 2.4.1-rasmda keltirib o’tilgan.
5.1.1-rasm. 1-sug’orish manbai; 2-bosh suv olish inshooti; 3-bosh kanal; 4-xo’jaliklararo kanal; 5-xo’jalik 
kanali; 6-xo’jalik ichki kanali; 7-shox ariq; 8-muvaqqat ariq; 9-o’q ariq; 10-egatlar; 11- Suv yig’uvchi - 
tashlama (zovur) tarmoqlar; 12-gidrotexnik inshootlar; 13-yo’llar; 14 - ximoya daraxtzorlar; 15-noqulay 
yerlar. 
Sug’orish manbalari nima? Sug’orish manbalari, bu daryolar, ko’llar, suv omborlari, xovuzlarga yig’ilgan 
maxalliy yer usti oqimlari, yer osti suvlari, qayta foydalaniladigan tashlama (zovurlar, sanoat va 
kommunal xo’jalik) suvlari hisoblanadi.
Sug’orish manbalariga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi:
1.Ekin talabidan kelib chiqqan xolda suv bilan ta’minlash.
2.Mavjud suv resurslarini isrofgarchiligiga yo’l qo’ymaslik. 


3.Suv manbasi sug’oriladigan maydonga nisbatan yaqin va yuqorida joylashgan bo’lishi kerak. Bu orqali 
suvni o’zi oqar bo’lishini taxminlashimiz mumkin. 
4.Ekinni sifatli suv bilan ta’minlash. va boshqlar.
Kerakli suv miqdoriyetishtiriladigan ekin turini hisobga olgan xolda, xududning gidrologik va suv xo’jalik 
hisoblari bilan aniqlanadi. Suv manbasining asosiy vazifalardan biri, bu ekinlarni talabidan kelib chiqqan 
xolda, sug’orish davrida to’liq suv bilan ta’minlashi kerak. Suv manbasining rejimi bilan ekinlarni 
sug’orish rejimi o’zaro muvofiqlashtirilishi talab qilinadi, bir-biriga mosligi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi.
Sug’orish tizimidagi gidrotexnik inshootlar to’g’risida fikr yuritamiz. 
Bosh suv olish inshootining asosiy vazifasi manbadan suvni oladi va sug’orish tarmog’i yetkazib 
berishdan iborat. Bosh suv olish inshootlari quyidagi turlarga bo’linadi: to’g’onsiz, to’g’onli va mexanik 
suv ko’tarishli. Suvni manbadan olish usuliga qarab o’zi oqar va mexanik suv ko’tarib sug’oriladigan 
sug’orish tizimlariga bo’lish mumkin.
Sug’orish tizimining asosiy boshlanishi, magistral kanal hisoblanadi. Magistral kanal - suv manbasidan 
suvni sug’oriladigan massivga suvni yetkazib, sug’orish tarmoqlariga taqsimlab berish uchun xizmat 
qiladi. Magistral kanal ishchi va faolsiz (salt) qismlarga bo’linadi. Salt qismi magistral kanalning boshidan 
birinchi taqsimlovchi kanalgacha, ishchi qismi esa birinchi taqsimlovchi kanaldan oxirigacha bo’lgan qism 
hisoblanadi. Bosh suv olish inshooti majmuasida suv manbaidagi suvning sifat ko’rsatkichlarini hisobga 
olgan xolda tindirgichlar (mexanik va gidravlik tozalanadigan) bo’lishi mumkin.
Sug’orish tizimlarini xizmat qilishga qarab o’tkazuvchi (doimiy) va boshqaruvchi (muvaqqat)larga bo’lishi 
mumkin. 
Sug’orish tizimining o’tkazuvchi doimiy kanallariga quyidagilar kiradi:
1. Xo’jaliklararo (MKdan suv olib, xo’jaliklarga taqsimlab beradi.
2. Xo’jalik kanali (suvni xar bir xo’jalikga yetkazib beradi). 
3. Xo’jalik ichki kanali (fermer dalalariga yetkazib beradi). 
4. Shox ariq (fermerning ekin dalasiga yetkazib beradi).
Doimiy sug’orish tarmoqlarining asosiy vazifasi, bu suvni sug’orish manbasidan olib, suv isrofgarchiligiga 
yo’l qo’ymasdan, kerakli muddatlarda va kerakli hajmda sug’orish dalasigacha yetkazib berishdan iborat. 
Vaqtinchalik ishlaydigan, boshqaruvchi muvaqqat sug’orish tarmoqlari quyidagilardan iborat:
Muvaqqat ariqlar. 
O’q ariqlar. 
Egatlar. 
Muvaqqat ariqlar har yili vegetatsiya davri uchun quriladi, o’q ariqlar va egatlar agrotexnik ishlar vaqtida 
buzilib, ulardan so’ng qayta quriladi. 
Sug’oriladigan, ya’ni ekin ekilgan daladagi ortiqcha suvni olib chiqib ketish uchun Suv yig’uvchi, tashlama 
va kollektor-zovur tarmoqlari hizmat qiladi. 
Suv yig’uvchi - tashlama va kollektor-zovur tarmoqlari turkumi quyidagilardan iborat:
Suv tashlagich kanallar - ortiqcha yer usti suvlarini sug’oriladigan maydonlardan olib chiqib ketish uchun 
xizmat qiladi.


Kollektor-zovur tarmoqlari - mineralizatsiyasi yuqori bo’lgan va yer yuziga yaqin joylashgan grunt suvlari 
bor xududlarda quriladi.
Muvaqqat sug’orish tarmoqlarining asosiy vazifasi, sug’orish suvini oqova holatidan tuproq namligiga 
aylantirib berishdan iborat. Sug’oriladigan matsdonlarni sug’orishda qo’llaniladigan sug’orish 
kanallarining nomlanishi quyidagi 2.4.2-rasmda keltirilgan.
5.1.1-rasm. Sug’orish tizimi kanallarining nomlanishi 
Qishloq xo’jalik ekin maydonlari, ekiladigan asosiy ekin turiga qarab paxtachilik, g’allachilik, ozuqa 
ekinlari, sabzavotchilik va boshqalarga bo’linadi. 
O’z navbatida ekin maydonlari dalalarga bo’linadi. Bir ekin maydonlaridagi dalalar soni 5-10 ta gacha va 
ularning maydon ko’lami 5-10 gektardan 30 gektargacha bo’lishi mumkin. Dalalar soni va ularning 
o’lchami xo’jalikda yetishtirilayotgan ekin turlari, xo’jalik talablari va xo’jalikning texnik imkoniyatlaridan 
kelib chiqqan holda belgilanadi.
Qishloq xo’jalik ekinlari yetishtiriladigan maydonlarga qo’yidagi asosiy talablar qo’yiladi:
- ekin ekiladigan maydonlar o’zaro bir-biriga teng (5-10% farqi bilan), qishloq xo’jaligi mexanizmlari 
ishlashi uchun o’lchami va shakli qulay bo’lishi;
- relef, tuproq, gidrogeologik va agromeliorativ shart-sharoitlari bo’yicha bir xil bo’lishi;
- ular doimiy sug’orish tarmoqlari, yo’llar va tashlama yoki zax qochirish tarmoqlari bilan chegaralangan 
bo’lishi kerak. 


Sug’orish tizimida suvni boshqarish uchun zarur bo’lgan gidrotexnik inshootlar majmui sug’orish tizimi 
armaturasi hisoblanadi. Bularga suv olish inshootlari, tezoqarlar, suv o’lchash inshootlari, ko’priklar, 
quvurli suv o’tkazgichlar, dyukerlar va boshqalar kiradi. 
5.2.Suv resurslarini boshqarishning asosiy elemiyentlari 
Suv resurslarini talab darajasida, ya’ni suvdan foydalanish rejasi (SFR) asosida boshqarish uchun 
sug’orish kanallarining asosiy ko’rsatkichlari to’g’risidagi ma’lumotlarni aniq bilish, shu orqali ta’mirlash 
uchun kerakli ishlarni rejalashtirish lozim. Sug’orish kanallarining asosiy ko’rsatkichlari bu avalam bor SFR 
ishlab chikarishga tadbiq kilinganligi bo’lsa, ikkinchidan sug’orish kanalining foydali ish koeffitsiyenti 
(FIK), yerdan foydalanish koeffitsiyenti, suv taqsimotini navbatlab sug’orish orqali amalga oshirilishi, 
joylarda talab bo’yicha suv berilishi, dalalarni sug’orishda yuqori texnologiyalarning qo’llanilishi, hamda 
suv hisob kitobi yo’lga qo’yilganligi hisoblanadi. 
Suvni navbati bilan taqsimlash usuli xo’jaliklararo sug’orish tarmoqlarida ham, xo’jalik ichki sug’orish 
tarmoqlarida ham ishlatilishi mumkin.
Suvni boshqarishda asosan injenerlik gidrotexnik inshootlar o’rni katta ahamiyatga ega bo’lib, ular xar xil 
o’lchamli darg’atlar va suv hisob-kitobi inshootlaridir. 
Injenerlik gidrotexnik inshootlarni qurish, hamda joylarda loyihalashda bir qator tavsiya va takliflarga 
amal qilish kerak. 
Suv resurslarini boshqarishda quyidagi ko’rsatkichlar asosiy o’rinni egallaydi: 
Sug’orish tarmog’ining ekspluatatsion foydali ish koeffitsiyent (FIK);
Suvning o’z vaqtida va kerakli miqdorda yetkazib berish;
Suv taqsimlanishda (suv ta’minoti koeffitsiyenti) irrigatsiya tizimining (sug’orish kanalning) boshida va 
oxirida suv ta’minotining bir xilligi;
Suvdan foydalanish koeffitsiyenti;
Sug’orish usuulining to’g’ri tanlab olinganligi; 
Dalaning FIK va boshqalar. 
Ko’rsatkichlarni normal xolatda ushlab turish uchun sug’orish va kollektor-zovur tarmoqlariga texnik 
xizmat ko’rsatish katta ahamiyatga ega, ya’ni:
Sug’orish tormog’ining texnik holati;
Sug’orish tormog’idagi inshootlarning texnik holati;
Nasos qurilmalarining texnik holati;
Kollektor-zovur tormog’ining texnik holati;
Kollektor-zovur tormog’idagi inshootlarning texnik holati va boshqalar. 
Suv resurslarini boshqarishda qishloq xo’jalik ekinlari turi xam katta ahamiyat ega hisoblanadi, ya’ni: 
Etishtirilayotgan ekin turi (paxta, bug’doy, bog’, sholi va boshqalar);
Sug’orish dalasining ko’lami (maydoni), ga;
Ekin hosildorligi;


Hosil birligi uchun sarflangan suv miqdori (m3/ts); 
Sug’orish suvining mahsuldorligi (ts/m3). 
Suv resurslarini boshqarishda atrof-muhitga ta’siri ham inobatga olinishi shart, ya’ni: 
Etishtirilayotgan ekin maydonidagi sizot suvlar sathining chuqurligi, m;
Sug’orish, sizot va kollektor-zovur suvlarining mineralizatsiyasi, ularning ximizmi;
Tuproqning sho’rlanish darajasi;
Suv manbaalariga va tabiiy pastliklarga tashlanadigan tashlama suvlar hajmi;
Kollektor-zovur suvida pestitsidlarning mavjudligi va boshqalar.
Akademiklar: A.N.Kostyakov va I.A.SHarov, professor M.F.Natalchuk va boshqalarning ilmiy ishlarida suv 
resurslarini boshqarishning barcha asosiy tamoyillari ko’rsatib o’tishgan, ya’ni: 
Gidrografik tamoyil; 
Barcha suv turlari va suvdan foydalanuvchilarning hamma turlarini kompleks ravishda hisobga olish; 
Suv xizmatlari uchun haq olish; 
Suvga bo’lgan talab va takliflarni boshqarish; 
Madaniy-texnik va ekologik ehtiyojlarni hisobga olish; 
Suv va yer unumdorligini oshirish; 
Jamoatchilik ishtirokini ta’minlash (suvdan foydalanish rejalarini muhokama qilishda suvdan 
foydalanuvchilarning ishtiroki, xashar va h.); 
Salohiyatni oshirish (kompyuterlashtirish, suv xo’jaligi xodimlarining malakasini oshirish) va yuoshqalar. 
Suv resurslarini boshqarishning asosiy omillaridan yana biri, bu tashkiliy jihatdan suv taqsimotini 
gidrografik tamoyil asosida shakllantirishdan hisoblanadi. SHu bilan bir qatorda suv iste’molchi 
uyushma(SIU)larining gidrografik, ya’ni suv yo’llari bo’yicha tashkil qilinishi bu judda katta ahamiyat kasb 
etadi. 
SIUlarda suv resurslarini boshqarish orqali qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori va mo’l xosil yetishtirishga 
imkoniyat yaratiladi. 
Suvni boshqarish jarayoni bosqichlari 
Rejalashtirish (suv taqsimlash rejalarini tuzish, hamda zarur bo’lsa ularga o’zgartirishlar kiritish);
Suv taqsimlash rejalarini amalga oshirish; 
Suv taqsimlash jarayoni monitoringi; 
Ko’rsatkichlar tizimi yordamida suv taqsimlash jarayonini tahlil qilish va baholash; 
Oxirgi natijada suv unumdorligini oshirish uchun suvni boshqarish sifatini oshirish bo’yicha tezkor, o’rta 
va uzoq muddatlarga mo’ljallangan tadbirlarni ishlab chiqish.
6.2.Suv isrofgarchiligini oldini olishda suv taqsimoti inshootlari va sug’orish kanalini ta’mirlashning 
tutgan o’rni 


Dalada injenerlik inshootlar qurish hamda ularni ta’mirlash orqali suv isrofini kamaytirish ishlari quyida 
keltirib o’tilgan.
Samarqand viloyati, Poyariq tumani, Asadbek fermer xo’jaligi dalasida qurilgan “Asadbek” suv taqsimoti 
inshooti misolida suv tejashga aniqlik kiritib ketamiz. Suv taqsimoti inshootini qurish natijasida 15-20 
%gacha suv tejaldi. Inshootni qurishdan oldin loyiha xujjatlar fermer va mutaxassis kadrlar tomonidan 
tayyorlanib, zarur bo’lgan material va mablag’ to’liq hisoblab chiqildi. SHu orqali qurilish natijasida 
ketgan materiallar va ish hajmlari bo’yicha inshoot balans qiymati aniqlandi. Suv taqsimoti inshootining 
oldingi va keyingi xolatlari bo’yicha fotolavhalar quyida keltirib o’tilgan (5.2.1, 5.2.2, 5.2.3-rasmlar). 


5.2.1-rasm.Inshootning qurilishdan oldingi va keyingi xolati. 


5.2.2-rasm. Suv taqsimoti inshootining rejadagi ko’rinishi. 


5.2.3-rasm. Suv taqsimotining ko’ndalang qirqimlari. 
5.3. Yopiq va nov sug’orish tarmoqlari 


Nov (lotok) kanallar trapetsiya, to’g’ri to’rtburchak, yarim aylana va asosan, parabola shaklida bo’ladi 
(8.3.1-rasm). Nov ko’ndalang kesim yuzasiga ega bo’lib quyidagi bog’liqlik asosida aniqlanadi: 

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish