V. R. Xaydarov, N. A. Djabbarov


Korxona sharoitida surtmalarni ishlab chiqarish texnologiyasini



Download 5,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/100
Sana26.02.2022
Hajmi5,8 Mb.
#471438
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   100
Bog'liq
Oquv qollanma 1-qism (1)

Korxona sharoitida surtmalarni ishlab chiqarish texnologiyasini 
takomillashtirish 
Surtmalar ishlab chiqarishni xozirgi zamon talablari darajasida rivojlantirish, 
surtmalarni tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish, yangi texnik asbob-
uskuna va apparatlarni farmatsevtik ishlab chiqarish amaliyotiga olib kirishni 
taqozo etadi. XX asr oxirlariga kelib surtmalar nomenklaturasi 20-30% ga ortdi. 
Endilikda, steroid gormonal preparatlar, antibiotiklar va qsimlik 
ekstraktlaridan surtmalar ishlab chiqarishni yo„lga qo„yish borasida ilmiy 
izlanishlar olib borilmoqda. Virusli infeksiyalar, rak kasalliklari va yurak qon 
tomir kasalliklarini, shuningdek markaziy nerv sisitemasi va boshqa kasalliklarni 
davolash va oldini olishga qaratilgan surtmalarning yangi-yangi tarkiblari va 
mavjud texnologiyalarni takomillashtirish borasida tadqiqotlar davom etmoqda. 
Surtmalarning maksimal darajada terapevtik samaradorligini saqlab qola 
oladigan yordamchi moddalarni sintez qilish ishlari olib borilmoqda. Bu borada 
birinchi o„rinda yuqori molekulyar birikmalar, shuningdek monomer sintetik 
moddalar ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. YOrdamchi moddalarni to„g„ri 
tanlanishi surtmalar, linimentlar va pastalarni –50S dan +40S gacha bo„lgan 
haroratga chidamli bo„lishini ta‟minlamoqda. Surtmalarning farmakokinetik 
faolligiga dori moddasining disperli darajasi, tanlangan asosning tabiati, 
tarkibidagi sirt faol moddaning miqdori va ko„pik hosil qiluvchilarning 
(penetratov) to„g„ri ta‟sir qilishi tajribalar orqali isbotlangan. 
Transdermal tizimlar saqlovchi surtmalar texnolgiyasini ishlab chiqish, 
hozirgacha surtmalar texnologiyasida dolzarb muammo bo„lib kelmoqda. 
SHuningdek, quruq asoslar yordamida quruq surtmalar texnologiyasini ishlab 
chiqarish ham surtmalar ishlab chiqarishning asosiy yo„nalishlaridan biri 
hisoblanadi. YAna kasb kasalliklarida allergenlar faoliyatini to„xtatadigan yoki 
yo„q qiladigan selektiv moddalardan surtmalar texnologiyasini ishlab chiqish 
masalasi ham dolzarb bo„lib turibdi. 
Surtmalardan foydalanib organizmni vaksinatsiya qilish ham mumkin 
(diagnostik surtmalar). Fransiyada ospaga qarshi surtma dori orqali vaksinatsiya 
qilish patentlangan bo„lib, u o„z tarkibida liofilizatsiyalangan virusni, yuo„ori 
qovushqoqlikka ega bo„lgan silikonli moydagi dispersiyasini saqlaydi. Tuberkulin 
surtmasi yordamida kasalni perkussiya qilib (barmoq bilan urib) tashxis qo„yish 
mumkin bo„ladi. Ana shunda surtma surtilgan maydonda uch xil darajadagi 
reaksiyani kuzatish orqali tuberkulyozga tashxis qo„yiladi. 


127 
Surtma ko„rinishidagi dori shakllari, boshqa turdagi dori shakllariga nisbatan 
samaraliroq ta‟sir ko„rsatadi. Masalan rektal surtma ko„rinishida organizmga 
kiritilgan teturam, kukun holida, og„iz orqali qabul qilingan teturamga nisbatan 2 
marta tez qonga so„riladi. SHuningdek, ko„zning ichki bosimini oshirishda 
ishlatiladigan 1% li fetanol-pilokarpin surtmasi uning 3-5% li eritmalariga nisbatan 
samaraliroq. 
SHunday bo„lsada, surtmalarni bir qator fizik-kimyoviy va biologik tizimlar 
hamda mikroorganizmlar bilan mos kelmasligi echimini topmagan masala bo„lib 
qolmoqda. 
Yiringli yaralar, jarrohlik infeksiyalari, autodermoplastik kasalliklarda 
ishlatiladigan surtmali bog„lamlarni ishlab chiqarish surtalar texnologiyasida 
dolzarb masalalardan biridir. Bunday bog„lamlar gigienik bo„lib, yaralardagi 
eksudatlarni tez va to„liq bartaraf etishga yordam beradi. 
“Krasnaya zvezda” nomidagi Harkov kimyo farmatsevtika ishlab chiqarish 
korxonasida, etilenglikolnnig polimerizatsiya hosilalari – suyuq va qattiq 
polietilenoksidlar sintez qilingan bo„lib, ular surtmalar, suspeziyalar, shamchalar 
va pastalar texnologiyasida keng ko„lamda ishlatish mumkin bo„lgan gidrofil asos 
komponentlari suvsiz eritmalar va solyubilizatorlardan iborat. 
Ukraina ishlab chiqarish sanoatini rivrjlantirish va to„g„ri tashkil qilish 
uchun, polidietil va polidimetilsiloksanli eritmalar, kremniyning organik 
birikmalari, ftal kislotasi va yuqori molekulali yog„ spirtlari, shuningdek 
oksietillangan hosilalaridan, surtmalar texnologiyasida, gidrofob asos sifatida 
foydalanishga ruxsat etilgan. 
Sanoatda surtmalar ishlab chiqarish ma‟lum bir maqsad uchun 
mo„ljallangan, aniq bir surtma uchun tayyorlangan reglament asosida, quyidagi 
tartibda olib boriladi: 

Download 5,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish