V. R. Xaydarov, N. A. Djabbarov



Download 5,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/100
Sana26.02.2022
Hajmi5,8 Mb.
#471438
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   100
Bog'liq
Oquv qollanma 1-qism (1)

Presslash usuli 
Presslash usulida qobiqlash "Draicota" tipidagi tabletka mashinalarida olib 
boriladi. Qurilma ikkita rotatsion tabletka mashinasining majmuasidan iborat 
bo„lib, birida tabletka tayyorlanadi, u sinxron ravishda ikkinchi mashinaning 
qolipiga o„tkaziladi. Ikkinchi mashinaning qolipini diametri, birinchisinikidan 1-2 
mm kattaroq bo„lishi kerak. Qobiq tarkibi oldindan granula shaklga keltirilgan 
bo„lishi kerak. Bu massa ikkinchi mashinaning hampasidan avtomatik ravishda, 
qobiq og„irligini 50% miqdorida qolipga kelib tushadi. SHundan so„ng birinchi 
mashinada tayyorlangan tabletka massaning ustiga o„tkazilgach, qolgan 50% 
qobiq massasi tabletkaning ustiga tushadi va u presslanadi. Bosim ta‟sirida qobiq 
massasi yumshaydi va tabletkaning ustini har tomonlama o„rab, qoplaydi. 
Bu usul bilan qoplash uchun juda ko„p tarkiblar tavsiya etilgan. Masalan:
1. Qand, kraxmal, glyukoza 33 qismdan, stearin kislotasi – 1 qism. 
2. Natriy AFS yoki MFS 10 qism, laktoza 89 qism, kalsiy stearati - 1 qism. 


89 
3. OPS - 0,4 qism, laktoza -98,6 qism, kalsiy stearati – 1 qism va h.k. 
 
Presslash usulida tabletkani qobiq bilan qoplash 
1- tabletka yadrosini xosil qiluvchi massa solingan bunker; 
2- rotorda joylashgan matritsa; 
3- puansonlar 
4- roliklar; 
5- tabletka massasini nazorat qiluvchi vint; 
6- qobiq massasi solingan bunker; 
7- 8 – yadro tabletkalarini uzatuvchi moslamalar; 
9- yig„gich. 
YUpqa parda hosil qilish usuli 
Bu usul zamonaviy bo„lib, kelajagi porloq, estetik jihatdan maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. 
Parda bilan qoplash bir necha hil usulda amalga oshiriladi: eritmaga 
botirib olish, obakilash va mahsus qurilmada "yolg„on qaynoq yuza" hosil qilish. 
Eritmaga botirib olish oddiy moslama yordamida amalga oshiriladi. Buning 
uchun tabletkaning bir tomonidan so„rg„ich yordamida ushlab turilgan holda, 
ikkinchi tomoni maxsus qobiq eritmasiga botirib olinadi. Keyin quritilib, 
tabletkaning ikkinchi tomoni botirib olinadi, bu jarayon bir necha marta 
qaytariladi. Bunday moslama yordamida soatiga 5000-8000 tabletkani qobiq bilan 
qoplash mumkin. 
Obakilash usuli bilan qoplash mahsus qozonda olib boriladi va bu yarim
avtomat usulida obakilab qoplashdan farq qilmaydi. Bu usul bilan qoplash uchun 
alohida sharoit yaratish kerak. YA‟ni erituvchilarni yong„indan havfli va zaharli 
bo„lishi mumkinligiga alohida e‟tibor qaratish lozim.
Hozirgi vaqtda yangi yo„nalish polimer moddalarni organik erituvchilarda
eritib, purkash usulida qoplash bo„lib, bu usul "yolg„on qaynoq yuza"da amalga 
oshiriladi. Bu murakkab qurilma bo„lib, ish bajariladigan qismiga tabletkalar 


90 
solinadi. Qurilmaning tubidan tozalangan, ma‟lum haroratgacha isitilgan va 
siqilgan havo uzluksiz yuborib turiladi. Bunda tabletkalar qurilmaning ishchi 
qismida ko„tarilib, muallaq holatga keladi, natijada "yolg„on qaynoq yuza" hosil 
bo„ladi. Moslamaning yuqori tomonidan vaqti-vaqti bilan, tez uchuvchi organik
erituvchida eritilgan qobiq eritmas purkaladi. Bu jarayon tabletka ustida ma‟lum 
qalinlikdagi qobiq hosil bo„lguncha purkaladi. 

Download 5,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish