92
tabletkadan boshlab barcha tabletkalarni kerakli qobiq bilan qoplash zarur bo„ladi.
Oddiy uzluksiz jarayon lentali(tasmali) qurilmadan tabletkalarni o„z nuqtasiga
borgunga qadar kerakli darajadagi silliqlikni(bir tekislikni) ta‟minlay olmaydi.
Tabletkaning bir qismi boshqalariga qaraganda uskunada tez harakatlanadi va
qobiqlash uchun kerakli materialni o„ziga ololmay qoladi. Boshqa tabletkalarni
uzoq qolib ketishi haddan tashqari ko„p qobiqlanishiga olib keladi. Bu muommoni
echish uchun Niro Pharma Systems kompaniyasi o„zining ishlab chiqarish
sistemasini Supercell Coaterni qo„llab ko„rdi va sifatli dori vositasi ishlab
chiqarishni kafolatlashini isbotladi. Bunda tabletkaning o„zak qismi moddasi
uzluksiz ishlab chiqarish davomida massa tushib turadi va mikrofasovkalarga 30-
120 gramm) bo„linib uskunaga yuklanadi. Zarur qobiqlash qoliplaridan kelib
chiqib qobiqlanish jarayoni 1-5 daqiqa vaqt olar ekan.
Tabletkalarni qobiqlash, ya‟ni ko„pincha achchiq ta‟m bilan muloqotni
oldini oladi. Odatda baraban apparat yordamida qoplanish jarayonida material
qismi chiqib ketish xavfi yuzaga keladi.
Material bir qismi tashqi qismi tashqi qavatda qolib ketadi va yoqimsiz
ta‟mni berkitish imkonini pasaytiradi.
Supercell Coater qobiqlash texnologiyasi bu xavfni bartaraf qildi,yuqori
tezlikdagi havo changni olib ketadi,keyinchalik filtrlar bilan olib chiqib ketiladi.
Juda achchiq ta‟mli Xinin sulfat tutuvchi tabletkada tadqiqot o„tkazilganda yangi
qoplash usuli yuqori samara berganligini kuzatdik.
Namlikdan himoya qilish.
Modallikni qobiqlash uchun mo„ljallangan
tabletkani kamerada qolishi juda uzoqmas, tez bug„lanadi, bu qobiqlash usuli
namlik, haroratga yuqori sezuvchanligi bo„lgan mahsulotlarga ishlov berishda
qo„llaniladi. Masalan, Opadry 2 suvli-suspenziyali vishillovchi,ya‟ni suvda
vishillab pufak hosil qilib eruvchi tabletkalar.
Niro Pharma Systems kompaniyasida ishlab chiqarilgan patentlangan
dizaynli Supercell Coater texnologiyasi tabletkalarni presslashdan chiqqan zahoti
qoplash imkoniyatini yaratadi. Qoplovchi bu uskuna bundan tashqari harorat va
namlikni sezuvchan bo„lgan tabletkalarga ishlov berishda va yoqimsiz ta‟mni
yashirish uchun ideal uskuna hisoblanadi. Boshqa qobiqlash usullari bilan
solishtirilganda, qoplanuvchi moddani yuqori tekislikda(silliqlikda) surtish
xususiyatiga ega.
SHuni aytish lozimki, ishlov berish juda kam vaqt oladi va turli retseptura
va texnologiyaga ishlov berishga layoqatli(yaroqli) sistema hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: