Markazdan qochuvchi kuch asosida ishlaydigan granulyator
1-
korpus;
2-
rotor;
3-
konus;
4-
suyuqlikni uzatuvchi nay;
5-
kukunlarni uzatuvchi nay;
6-
yig„gich;
7-
to„r setka;
8-
himoya ekrani;
9-
havoni kirishini ta‟minlovi nay
SHuningdek, AQSHning ECI LIMITED firmasi tomonidan taklif qilingan
GMP talablariga javob beradigan ECI-MG (mixer granulator) aralashtirgich-
granulyatoridan ham nam usulda granulyasiyalash usulida granula tayyorlashda
samarali ravishda foydalanilmoqda.
68
ECI-MG (mixer granulator) aralashtirgich-granulyator
Ushbu qurilma quruq granulyasiyalash uchun 1-3 daqiqa, nam
granulyasiyalash 3-5 daqiqa davom etadi.
ECI-MG (mixer granulator) aralashtirgich-granulyatorni texnik tavsifi
t/r
Texnik tavsiflar
Qiymatlar
35
100
150
200
300
400
500
2000
1. Sig„im hajmi, l
120
250
350
500
750
1000
1500
2000
2. Ishchi hajm, l
80
180
230
340
550
700
1100
1400
3.
4.
YUklanuvchi
material massasi,
kg
15-15
50-100 75-150
100-
1200
150-
300
200-
400
300-
600
600-
800
5. Elektrdvigatel
quvvati kVt
5,5
11
18,5
30
37
45
55
112
6. Aylanish
chastotasi
ayl./daqiqa
172-
120
172-
120
150-
100
90
80
75
70
60
7. Umumiy og„iligi,
kg
800
1100
1400
1900
2700
3900
5600
4800
8. Gabariti, mm
700x
1900x
1500
1150x
2100x
1800
1200x
2300x
2100
1300x
2600x
2200
1405x
3000x
2350
1650x
3400x
2600
1850x
3800x
2700
4000x
3400x
3500
Suyultirish usulida granulyasiyalash.
Bu usul 1958-1964 yillarda chet
ellarda tavsiya etilgan bo„lib, 1970 yilda Sankt-Peterburg kimyo-farmatsevtika
institutida shu usul bilan anestezin, amidopirin, fenobarbital va bir necha murakkab
granulalar olish bo„yicha nomzodlik dissertatsiyasi yoqlangan (El-Banna X.M.)
Buning uchun uch og„izli yumaloq kolbaga granular tayyorlanishi lozim
bo„lgan dori modda yoki uni yordamchi moddalar moddalar bilan hosil qilgan
aralashmasi (massa) solinib, kolbaga termometr va aralashtirgich tushirib quyiladi.
Kolba suv yoki parafin hammomiga joylashtirilib, massa eriguncha qizdiriladi.
Suyultirilgan massa chinni kosachalarga quyilib sovutiladi. Qotishma esa
maydalash orqali granulyatordan o„tkazilib, granula shaklga keltiriladi.
69
Granulalarning mustahkamligini taminlash uchun suyuqlikka qand kukuni qo„shib,
suspenziya holiga keltirib so„ng sovutiladi.
Granulalarni quritish
Farmatsiya sanoatida har xil fizik-kimyoviy xususiyatga ega bo„lgan
moddalarni quritishga to„g„ri keladi. Quritish murakkab diffuzion jarayon bo„lib,
namlik quritilayotgan moddaning ichki qismlaridan tashqariga chiqadi. Namlikni
yo„qotish tezligi tashqi muhit sharoitiga bog„liq. Nam va issiq nam havo absolyut
va nisbiy namlikka hamda undagi issiqlik miqdoriga bog„liq bo„ladi.
Suyuq va qattiq jismlar tarkibidagi namlikni yo„qotish quritish deb ataladi.
1 m
3
havo tarkibidagi bug„ning kg miqdori absolyut namlik deb ataladi.
Nisbiy namlik yoki havoning to„yinganligi deb 1 m
3
havodagi suv
bug„ining shu sharoitdagi 1 m
3
hajmdagi eng katta (maksimal) miqdor suv bug„i
massasi nisbatiga aytiladi.
Nam saqlovchi havo deb, suv bug„ining kg miqdorining 1 kg absolyut
quruq havoga to„g„ri kelishiga aytiladi. Quritish jarayonini namlik har ikki
tomonda tenglashguncha davom etadi.
Namlikning moddalar bilan bog„lanish turlari. Moddalar bilan namlik bir
necha turda bog„langan bo„lib, shunga binoan quritish jarayonida namlikni
yo„qotish har xil kechadi. Akademik P.A.Rebinder ta‟limoti bo„yicha bu
bog„lanish kimyoviy, mexanik va fizik-kimyoviy bo„ladi.
Kimyoviy bog„lanish – bunda suv molekulalari modda bilan mustahkam
bog„langan bo„lib, quritish jarayonida uchib ketmaydi. Namlikni uchirish yuqori
haroratda yoki kimyoviy reaksiya natijasidagina sodir bo„ladi.
Mexanik bog„lanish – namlik moddalarning mikro va makro kapilyarlarida
ushlanib turganligi sababli tez ajraladi. Bunday namlik “erkin” namlik deyilib, uni
mexanik usul bilan ham yo„qotish mumkin.
Fizik-kimyoviy bog„lanish – adsorbsiyalangan va osmotik bosim shaklida
bo„ladi. Adsorbsiyalangan bog„lanishda namlik modda g„ovaklarida va yuzasda
bo„ladi. Uni yo„qotish katta kuch talab qiladi. Osmotik bog„lanishda esa namlik
xujayra to„qimasida bo„lib, osmotik ukch yordamida ushlanib turadi.
Nam material tuzilishi bo„yicha kapillyar g„ovak kolloid jism bo„lib,
bog„langan dispers fazaning tuzilishli sinfga mansub. Bu erda dispers fazaning
zarrachalari u yoki bu darajada mustahkam qobirg„a (karkas) hosil qilgan bo„ladi
va ular fizik-kolloid xususiyatlari bo„yicha uchta guruhga bo„linadi:
1. Haqiqiy kolloid jismlar – bunday jismlar namlik yo„qotishi natijasida
katta kichikligi sezilarli darajada o„zgaradi, lekin qayishqoqlik xususiyatlari
yo„qolmaydi. (agar-agar, jelatin, kraxmal)
2. Kapillyar g„ovak jismlar – namlik yo„qotish bilan mo„rt bo„lib, oson
eziladi va tolqonga aylanadi (strptotsid, streptomitsin, vitamin S).
3. Kapillyar g„ovak kolloid jimsmlar – oldingi ikki guruh jismlarning
xususiyatlarini o„zida mujassamlashtirgan. Kapillyar devorlari qayishqoq va suv
shimganda bo„kish qobiliyatiga ega (penitsillin, terpingidrat, qand upasi, natriy
PAS, metilsellyuloza).
Ishlab chiqarishda materiallarni quritish 3 xil usulda amalga oshiriladi:
70
1.
Mexanik (siqish, cho„ktirish, filtrlash, sentrafugalash va h
Do'stlaringiz bilan baham: |