V. R. Xaydarov, N. A. Djabbarov


“YOlg„on qaynoq yuza”da tabletkalarni qobiq bilan qoplash



Download 5,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/100
Sana26.02.2022
Hajmi5,8 Mb.
#471438
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   100
Bog'liq
Oquv qollanma 1-qism (1)

“YOlg„on qaynoq yuza”da tabletkalarni qobiq bilan qoplash. 
1- qobiq bilan qoplanishi lozim bo„lgan tabletkalar solingan sig„im; 
2- pnevmatik msolama; 
3- rezina tiqinli tutqich; 
4- qoplovchi eritma solingan sig„im; 
5- ventilyator; 
6- filtr; 
7- kalorifer; 
8- purkagich; 
9- bosimni belgilovchi datchik; 
10- tabletkalarni tashqariga chiqishiga yo„l qo„ymaydigan moslama; 
11- ko„pqatlamli filtr; 
12- havo kiruvchi yo„lak; 
13- perforatsiyalangan yuza 
Parda hosil qilib qoplash uchun, parda hosil qiluvchi eritma kerak. Eritma 
esa quyidagi qismlardan tashkil topgan: erituvchi, parda hosil qiluvchilar va 
plastifikatorlar. Parda hosil qilib qoplash uchun erituvchi sifatida efir, atseton,
etil spirti, xloroform va ularni har xil nisbatlardagi aralashmalari ishlatilishi 
mumkin. Parda hosil qiluvchilar sifatida yuqori molekulali tabiiy va sintetik 
birikmalardan MS, Na KMS, PVS, PVP, ES, ATS, shellak, sidlak, AFS, MFS va 
boshqalar ishlatiladi. Plastifikator sifatida esa vazelin moyi, kanakunjut moyi, 


91 
Tvin-80 va boshqalardan foydalaniladi. Eritmani tayyorlash mahsus, zich 
berkitiladigan, aralashtirgichli reaktorlarda olib boriladi. Avval organik 
erituvchida parda hosil qiluvchi modda eritiladi, so„ng plastifikatorlar solinib
aralashtiriladi va filtrlanadi. Tayyor eritma qoplash bo„limiga o„tkaziladi. 
YAngi texnologiyalar asosida tabletkalarni qobiqlash tabletka ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirmoqda. Doktor Xarald SHtal Niro Pharma Systems 
kompaniyasining katta farmatsevt texnologi hisoblanadi. Niro Pharma Systems 
kompaniyasi yangi tabletkalarga qoplama suruvchi, uzluksiz ishlovchi Supercell 
Coater uskunani namoyish etdi.
Hatto yaxshi qobiqlash jarayoni ham takomillashtirishga muhtojlik sezadi. 
Ushbu yangi joriy etilgan uskuna to„liq quvvat bilan ishlab turganda presslovchi 
qismdan to„xtovsiz tushayotgan tabletkalarni uzluksiz qobiqlash bilan qoplashni 
ta‟minlaydi va blisterlarga qadoqlash bilan tugallanadi. 
Supercell Coater uskunasi qobiqlash uchun tabletka presslovchi uskunaga 
chiziqli ulangan bo„ladi, tabletkalar pressovchi qurilmadan chiqqan zahoti darhol 
qobiqlashni amalga oshiradi. 
Tabletkalarni qobiqlash jarayoni o„ralgan(paketli) rejimda amalga oshiriladi. 
Bu ko„pincha uzluksiz ravishda tabletka tayyorlash va ularni qutilash(qadoqlash) 
jarayonlari orasida amalga oshiriladi, masalan, blisterli qobiqlar. Bu albatta 
tabletkalarni to„xtovsiz presslash bosqichidan so„ng to„xtab qolishiga olib keladi va 
bu ishlab chiqarish narxi, qurilma texnologik konstruksiyasiga mos ko„zlangan 
natijadan kam bo„ladi. 
Presslangan tabletkalarni uzluksiz qobiqlovchi qurilma bilan ishlov 
berilganda jarayon blisterlash bilan tugallanadi. Bu esa vaqtni, ishlab chiqarish 
maydonchalarini, texnik xodimlar va o„z-o„zidan mablag„ni tejaydi. 
Qobiqlashni standart metodlarining kamchiligi ko„pincha tabletkani bir tekis 
silliq qoplamaganligidadir. SHu sababli kerakli samaraga erishish uchun bir 


92 
tabletkadan boshlab barcha tabletkalarni kerakli qobiq bilan qoplash zarur bo„ladi. 
Oddiy uzluksiz jarayon lentali(tasmali) qurilmadan tabletkalarni o„z nuqtasiga 
borgunga qadar kerakli darajadagi silliqlikni(bir tekislikni) ta‟minlay olmaydi. 
Tabletkaning bir qismi boshqalariga qaraganda uskunada tez harakatlanadi va 
qobiqlash uchun kerakli materialni o„ziga ololmay qoladi. Boshqa tabletkalarni 
uzoq qolib ketishi haddan tashqari ko„p qobiqlanishiga olib keladi. Bu muommoni 
echish uchun Niro Pharma Systems kompaniyasi o„zining ishlab chiqarish 
sistemasini Supercell Coaterni qo„llab ko„rdi va sifatli dori vositasi ishlab 
chiqarishni kafolatlashini isbotladi. Bunda tabletkaning o„zak qismi moddasi 
uzluksiz ishlab chiqarish davomida massa tushib turadi va mikrofasovkalarga 30-
120 gramm) bo„linib uskunaga yuklanadi. Zarur qobiqlash qoliplaridan kelib 
chiqib qobiqlanish jarayoni 1-5 daqiqa vaqt olar ekan. 
Tabletkalarni qobiqlash, ya‟ni ko„pincha achchiq ta‟m bilan muloqotni 
oldini oladi. Odatda baraban apparat yordamida qoplanish jarayonida material 
qismi chiqib ketish xavfi yuzaga keladi. 
Material bir qismi tashqi qismi tashqi qavatda qolib ketadi va yoqimsiz 
ta‟mni berkitish imkonini pasaytiradi. 
Supercell Coater qobiqlash texnologiyasi bu xavfni bartaraf qildi,yuqori 
tezlikdagi havo changni olib ketadi,keyinchalik filtrlar bilan olib chiqib ketiladi. 
Juda achchiq ta‟mli Xinin sulfat tutuvchi tabletkada tadqiqot o„tkazilganda yangi 
qoplash usuli yuqori samara berganligini kuzatdik. 
Namlikdan himoya qilish. 
Modallikni qobiqlash uchun mo„ljallangan 
tabletkani kamerada qolishi juda uzoqmas, tez bug„lanadi, bu qobiqlash usuli 
namlik, haroratga yuqori sezuvchanligi bo„lgan mahsulotlarga ishlov berishda 
qo„llaniladi. Masalan, Opadry 2 suvli-suspenziyali vishillovchi,ya‟ni suvda 
vishillab pufak hosil qilib eruvchi tabletkalar. 
Niro Pharma Systems kompaniyasida ishlab chiqarilgan patentlangan 
dizaynli Supercell Coater texnologiyasi tabletkalarni presslashdan chiqqan zahoti 
qoplash imkoniyatini yaratadi. Qoplovchi bu uskuna bundan tashqari harorat va 
namlikni sezuvchan bo„lgan tabletkalarga ishlov berishda va yoqimsiz ta‟mni 
yashirish uchun ideal uskuna hisoblanadi. Boshqa qobiqlash usullari bilan 
solishtirilganda, qoplanuvchi moddani yuqori tekislikda(silliqlikda) surtish 
xususiyatiga ega. 
SHuni aytish lozimki, ishlov berish juda kam vaqt oladi va turli retseptura 
va texnologiyaga ishlov berishga layoqatli(yaroqli) sistema hisoblanadi.

Download 5,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish