4.3 Ta`lim muassasalarida aniqlangan muammoni bartaraf qilish boyicha
tavsiyalar ishlab chiqish
Talaba tahlil natijalari boyicha chiqarilgan xulosalarga tayanib, ta`lim
muassasalarida aniqlangan muammoni bartaraf qilish uchun zarur bo’ladigan
chora-tadbirlar va tavsiyalarni asoslashi lozim. Jumladan, u yashirin zahiralarni
qo’llash, ishdagi kamchiliklarni bartaraf qilish, shuningdek, loyiha vazifalarini
bajarish va maqsadga erishishni ta`minlovchi qarorlar qabul qilish, rejalashtirish va
asoslash yo’llarini belgilab olishi mumkin.
Talaba ishning ushbu qismini tayyorlash jarayonida quyidagi tamoyillarni
hisobga olishi lozim:
tizimli yondashuv, ya`ni bitiruv malakaviy ishni bajarishda o’zaro
bog`langan (bir-birini taqozo qiluvchi) masalalarni hisobga olish;
kompleks yondashish vaziyati, chunonchi, ta`limni operativ va strategik
tashkil etish;
46
dinamik, ya`ni bu yondashuv ta`lim muassasalari faoliyatidagi sharoit,
shuningdek, bitiruv malakaviy ishni bajarishdagi metodlarning o’zgarishi bilan
bog`liq tarzda tayyorlangan hujjatlarni muntazam tuzatib borishga mo’ljallangan.
Tavsiyalarni ishlab chiqish talabadan vaziyatlarni tahlil qilish, kamchilik va
imkoniyatlar aniqlangan muammoni bartaraf qilish asosida etarli darajada to’liq va
asoslangan takliflarni aniq ifodalashini taqozo qiladi.
Tavsiyalarni ishlab chiqish talabadan vaziyatlarni tahlil qilish, kamchilik va
imkoniyatlar aniqlangan muammoni bartaraf qilish asosida etarli darajada to’liq va
asoslangan takliflarni aniq ifodalashini taqozo qiladi. Masalan, ta`limni tashkil
qilish boyicha berilgan takliflarga monand hozirda faoliyat yuritayotgan ta`lim
muassasalari tarkibiy tuzilmasi, vazifalari va o’quv-tarbiyaviy ishlarni bajarish
tadbirlari, ta`limni tashkil etish to’g`risidagi nizom va ish rejalarida maqsadga
muvofiq tarzda o’zgartishlar kiritiladi.
Bitiruv malakaviy ishning bajarilishida texnik vositalarning ta`minlanishi u
yoki bu ko’rsatkichlarni hisoblash, vaziyatlarni modellashtirish, loyihani
rasmiylashtirish, taqdimot materiallarini DAK oldida himoya qilishga tayyorlash
uchun maxsus kompyuter va mos keluvchi dasturiy ta`minotdan foydalanishni
talab etadi.
Bitiruv malakaviy ishning qaysi tilda yozilishidan qat`iy nazar unga
qoyiladigan muhim talablardan biri grammatik va stilistik jihatdan to’g`ri yozilishi
hisoblanadi. Orfografik, grammatik va punktuatsion xatolar, shuningdek, stilistik
kamchiliklarning mavjudligi har qanday ilmiy tadqiqotning, hattoki novatorlik
mazmundagi ishlarni ham bahosini tushiradi.
Tadqiqot materiallarini bayon qilish tili malakaviy ish muallifining yozma
nutq madaniyati haqida
xulosa
chiqarishga imkon beradi. SHunday ekan,
malakaviy ish matnini ilmiy va badiiy tahrir qilish lozim.
Malakaviy ish matnini ilmiy tahrir qilish atamalar tanlanishini tekshirib
ko’rish, xulosa va asos bo’la oladigan mantiqiy hukmlarning to’g`riligi,
foydalanilgan manbalarning ishonchliligini taqozo qilinadi. Badiiy tahrir esa, o’z
navbatida, zamonaviy adabiy til me`yorlari saqlanishining nazorat qilinishini talab
47
etadi. Ikkala turdagi tahrir ham bitiruv malakaviy ish matnining sermazmunligini
oshirish va turli xil (semantik, stilistik va grammatik) xatolarni bartaraf qilishga
yo’naltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |