hayot faoliyati xavfsizligi
boyicha ma`lumotlar kiritish tavsiya etiladi. Bunda: kasb ta`lim yo’nalishlari va
mehnat ta`limi yo’nalishlari bevosita texnika elementlarni va asbob uskunalar,
jihoz hamda moslamalar, elektr jixozlari bilan ishlaganliklari uchun hayot faoliyati
xavfsizligi boyicha tegishli ma`lumotlar bitiruv malakaviy ishda bayon qilinishi
lozim.
39
Bunda bitiruv malakaviy ishi mavzusiga mos ravishda mehnat muxofazasi,
texnik va hayot faoliyati xavfsizligi masalalari to’g`risida ma`lumotlar yoritib
beriladi:
hayot faoliyati xavfsizligi nazariyasi, ishlab chiqarish korxonalaridagi zararli va
xavfli holatlar, sanoat sohasida havfsizlik psixologiyasi va uni tahlil qilish
tizimlari;
atrof muhit va insonni fizik, kimyoviy va biologik hodisalar zararli ta`siridan
himoyalash vositalari va usullari aniqlash.
Pedagogik - metodik
qismni tashkil etuvchi bo’limlar:
Pedagogik-metodik qismning paragraflarini soni va mazmuni ishni turiga
qarab belgilanadi. Odatda birinchi bobda tadqiqot olib borilgan ob`ekt boyicha
qisqacha ma`lumot berish bilan birga mavzuning umumiy nazariy masalalari
boyicha mazkur tadqiqot natijalarining amaliyotda tadbiq etilishi mumkin bo’lgan
muassasaning qisqacha tavsifnomasi berilishi lozim. Mazkur bobda quyidagi
paragraflar o’zaro mantiqiy izchillikda beriladi:
- kasbiy ta`lim jarayonlarini o’qitishda zamonaviy pedagogik va axborot
texnologiyalarning ahamiyati;
-
kasbiy ta`lim jarayoni boyicha fan rivoji va istiqbollarini o’qitishda elektron
darsliklarning axamiyati;
- kasb ta`limi muassasalarida ta`lim tarbiya jarayoniga qoyiladigan talablar;
- texnologik jarayonlar va zamonaviy texnikalarning ishlash mexanizmi
boyicha o’quvchi-talabalarni mustaqil ijodiy faoliyatining tashkil etishi;
- turli mahsulot ishlab chiqarish uchun texnologik jarayonlarni boshqarish va
ularning omillarini o’zgartirish uslubiyati boyicha masofadan o’qitish metodlari;
- turli xom-ashyolarni qayta ishlashdagi o’ziga xos jixatlarini o’qitish
jarayonida o’qituvchining pedagogik madaniyati va kasbiy mahoratining
axamiyati;
- texnologik uskunalarni tanlash va asoslash usullarini belgilash jarayonida
didaktik vositalardan foydalanishi;
40
- xom-ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotning sifatini aniqlash va nazorat
qilish boyicha tashkil etiladigan fakultativ va qo’shimcha mashg`ulotlar mazmuni;
- mahsulotdagi nuqsonlarning sababini aniqlash va bartaraf etish uslublari
o’qitish jarayonida qo’llaniladigan pedagogik-psixologik usullar;
- kasb-hunar kollejlarida ta`lim-tarbiya jarayonining tug`ri tashkil etiluvchisi
va ularda integratsiyalashuv jarayonining amalga oshishi;
- kasb-hunar kollejlarida o’qitish jarayonida baholashning reyting tizimi;
- kasb-hunar kollejlarida ta`lim jarayonlarni boshqarish boyicha tashkil
etiladigan mustaqil ta`lim mazmuni;
- kasb-hunar kollejlarida o’qitish jarayonida qo’llaniladigan modellashtirish
va avtomatlashtirish metodlari;
- kasb-hunar kollejlarida o’qitishning umumiy printsiplari va metodlari;
- kasb-hunar kollejlarida ta`lim jarayonlarni kompyuter grafikasining dasturiy
vositalarini ishlab chiqishi;
- mahsulot ishlab chiqarishdagi xar bir texnologik jarayonni geometrik shakl
va chizmalarda ifoda etish, tasvirlash usullarini aniklashi;
- ishlab chiqarish materiallari va ularni qayta ishlash jarayonida sifatining
o’zgarishini o’qitish jarayonida didaktik vositalardan qo’llanishi;
- hayot faoliyati xavfsizligi nazariyasi, ishlab chiqarish korxonalaridagi zararli
va xavfli holatlar, sanoat sohasida xavfsizlik psixologiyasi va uni tahlil qilish
tizimlari;
- atrof-muhit va insonni fizik, kimyoviy va biologik hodisalar zararli ta`siridan
himoyalash vositalari va usullarini aniqlashi;
-
«inson – texnika – muhit» tizimini loyihalashda inson omili muammolarini
hal qilishning ilmiy asoslari va usullari;
-
texnika ob`ektlari va jarayonlarini patentga loyiqligi va patentni
chinakamligini tadqiq etishning pedagogik-psixologik asoslashi;
-
o’lchov vositalarini tekshirish usullari va ularda yul qoyiladigan xatolik
chegaralari boyicha me`yoriy hujjatlarni yaratishi;
41
- zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida dars o’tish
metodikasi;
- darsni to’g`ri tashkil etish rejasi va unda taqdim etiladigan axborotlarni
integratsiyalash;
- darsning texnologik xaritasi, professiogrammalarga qoyiladigan talablar;
- muammoli ta`lim va uni amalga oshirishning o’ziga xos xususiyatlari;
- pedagogik madaniyat va kasbiy mahorati;
- pedagogik, psixologik va kasbiy yo’nalishlarda tashkil etiladigan fakultativ
va qo’shimcha mashg`ulotlar mazmuni;
- o’quvchi-talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etish maqsadida
seminar, amaliy va laboratoriya mashg`ulotlarida foydalaniladigan muammoli
topshiriqlar mazmuni;
- pedagogik, psixologik va kasbiy yo’nalishlarda tashkil etiladigan mustaqil
ta`lim mazmuni;
- o’qitish jarayonida qo’llaniladigan pedagogik-psixologik usullar;
- o’quv jarayonida qo’llaniladigan modellashtirish va avtomatlashtirish
metodlari;
- dars jarayonida qo’llaniladigan texnik (kompyuter, audio va videotexnikalar)
va boshqa yordamchi didaktik vositalar (tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar
va x.k.);
- elektron darsliklar asosida texnologik jarayonlarni o’qitish tamoyillari va
metodlari (mavzuni yoritish jarayonida elektron darsliklar imkoniyatlari yordamida
taqdimotlar namoyish etish hamda ulardan samarali foydalanishning yo’l-
yo’riqlari);
- kasbiy fanlarni o’qitishning umumiy tamoyillari va metodlari;
- kasbiy ta`lim jarayonida masofadan o’qitish metodlari;
- o’quv jarayonida qo’llaniladigan interfaol metodlarni aniqlashi va ularni
qo’llashi;
- dars uchun zarur bo’ladigan o’quv va uslubiy materiallar ishlab chiqishi;
42
- amaliy mashg`ulotlar hamda laboratoriya mashg`ulotlar jarayonida
o’quvchi-talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etuvchi muammoli
topshiriqlar yaratishi;
- o’quvchi-talabalarning loyihachilik qobiliyatini shakllantirishga xizmat
qiluvchi topshiriqlar to’plamini ishlab chiqishi;
- darsga oid asosiy va yordamchi vositalar(tarqatma materiallar, ko’rgazmali
qurollar, audio, video, texnologiyalar)ni tayyorlay olishi va darsning texnologik
xaritasini tuzishi;
- o’quvchilar faoliyatini baholashning reyting tizimini ishlab chiqishi;
- mavzuni yoritish jarayonida elektron darsliklardan samarali foydalanishning
yo’l-yo’riqlarini ishlab chiqishi;
- kasbiy ta`lim jarayonida masofadan o’qitishni tashkil etishda o’qitish
metodlarini tahlil qilib, ularni qo’llash uchun metodik tavsiyalarni ishlab chiqishi
ko’zlanadi.
SHuningdek, bu qismda muallif tomonidan o’rganib chiqilgan materiallar
tahlili asosida erishilgan natijalar, yangiliklari, ixtirolar, me`yoriy ko’rsatkichlar,
tavsiya etilayotgan texnologik jarayonlar asoslab beriladi, shunga mos jadvallar
tavsiya etiladi, taklif etilayotgan ob`ektni takomillashtirish yo’llari, iqtisodiy
samaradorligi aniqlanadi, ilgari surilayotgan g`oya va takliflar ilmiy jihatdan
asoslanadi.
Taxlilning dastlabki materiallari talaba tomonidan pedagogik amaliyot
jarayonida o’rganilgan o’quv muassasasining ish rejasi yoki ularning bir qismi,
yillik xisoboti, moliyaviy va statistik hisobot materiallari va boshqa hujjatlar
bo’lishi mumkin.
To’plangan material xajmi va tavsifi qabul qilingan tadqiqot metodikasining
o’ziga xos xususiyatlariga bog`liq. Bunda quyidagi metodlardan foydalanish
ko’zlanishi mumkin: empirik (kuzatuv, taqqoslash, chamalash, o’lchov, tajriba-
sinov), ekspert baholash, ekspert tahlil, hisoblash tahlili, me`yoriy, tashkiliy-
loyihalash, grafik tahlil, parametrik, korrelyatsion tahlil, variativ, diskriminant,
asosli tahlil, evristik (analogiya, inversiya, empatiya, idealizatsiya, «aqliy hujum»,
43
assotsiatsiya, sinektika, morfologik tahlil va b.), iqtisodiy-matematik modellash,
ijtimoiy-iqtisodiy taxlil (taqqoslash, tanlab o’rganish, guruhlash va korrelyatsion
tahlil), muhandis-iqtisodiy hisob.
Ta`lim muassasalarida umumkasbiy va ixtisoslik fanlar o’qitilishini o’rganish
to’plangan materiallarni qayta ishlashni mo’ljallaydi. Ma`lumotlarni qayta ishlash
iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik tahlilni zamonaviy metodlardan foydalanish bilan
amalga oshirishni taqozo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |