Bolalar bilan muloqot
Kichik yoshli bolalar o’zlarining tabiiy ehtiyojlari, kattalarga bog’liqligi bilan odamga o’ziga
xos xursandchilik baxsh etadi. Ayniqsa, o’zbekistonliklar bolajon bo’lib, 5 yoshgacha bo’lgan
bolalarni biz boshqacha sevamiz. Til tushunmas, chaqaloq bilan bo’ladigan mehrli suhbat ham
insonga orom beradi, dunyo tashvishlaridan yiroq qilib, salomatligini asrashga imkon beradi.
Bola bilan bo’ladigan har qanday muloqot, o’yin, ularni nimagadir o’rgatish salomatlik uchun
o’ta foydalidir. Shuning uchun o’zbeklarda “bolali uy bozor, bolasiz uy mozor” degan naql borki,
uning ma’nosi yosh bola bilan muloqot qilishdan mahrum bo’lgan odamlarning asablari juda
tarang, ancha agressiv, hayotdan norozi bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |