V. M. Karimovaning umumiy tahriri ostida. Toshkent


Ijtimoiy-psixologik trening



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet330/410
Sana11.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#350893
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   410
Bog'liq
Psixologiya

Ijtimoiy-psixologik trening 
 
Agar muloqotda ishtirok etuvchi ikki jarayon  – gapirish va tinglashning faol o’zaro ta’sir 
uchun teng ahamiyatini nazarda tutsak, bu jarayon qatnashchilarining psixologik savodxonligi 
va muloqot texnikasini egallashining ahamiyatini anglash qiyin bo’lmaydi. Shuning uchun ham 
ijtimoiy  psixologiyada  odamlarni  samarali  muloqotga  ataylab  o’rgatishga  juda  katta  e’tibor 
beriladi. Bu boradagi fanning o’z uslubi bo’lib, uning nomi 
ijtimoiy-psixologik trening
 (IPT) 
deb  ataladi.  IPT  –  muloqot jarayoniga odamlarni psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur 
kommunikativ  malakalarni  maxsus  dasturlar  doirasida  qisqa  fursatda  shakllantirishdir.  Eng 
muhimi IPT mobaynida odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi. 
Amaliy muloqot treningi
 – IPTning bir ko’rinishi bo’lib, u yoki bu professional faoliyatni 
amalga oshirish jarayonida zarur bo’ladigan kommunikativ malaka, ko’nikma va bilimlarni hosil 
qilishga qaratilgan tadbirdir. Guruh va jamoalarda muloqot treningi vositasida muzokaralar olib 
borish, ish yuzasidan hamkorlik qilish yo’l-yo’riqlarini birgalikda topish, katta auditoriya oldida 
so’zlashga  o’rgatish,  majlislar  o’tkazish,  janjalli,  konfliktli  holatlarda  o’zini  to’g’ri  tutish 
malakalari  hosil  qilinadi.  Bundagi  asosiy  narsa  –  trening  qatnashchilari  ongiga  birovlarni 
tushunish, o’zini o’zga o’rniga qo’ya olish, boshqalar manfaatlari bilan o’zinikini uyg’unlashtira 
olish g’oyasini singdirishdir. Treninglar mobaynida 
guruhiy munozaralar, rolli o’yinlarning
 eng 
optimal variantlari sinab, mashq qilinadi. 
Odatda  ijtimoiy  trening  shaxsdagi  u  yoki  bu  ijtimoiy  muammolarni  xal  qilishda  jiddiy 
qiyinchilikka uchragan sharoitlarda o’tkaziladi. Ya’ni, treningning tashabbuskori ko’p hollarda 
yolg’izlik,  uyatchanlik,  tortinchoqlik  yoki  turli  deperessiyalar  tufayli  qiynalib  qolgan  shaxs 
bo’ladi.  Maxsus  tashkil  etilgan  kommunikativ  mashqlar  mobaynida  u  bu  holatlardan  chiqib 
ketish yo’llariga o’rgatiladi. 
Masalan, psixologlar tomonidan tashkil etilgan psixologik yordam shahobchalari, “Krizis 
Markazlari”, “Ishonch tayanch maskanlarida” bunday shaxslardan iborat guruh bilan maxsus 
dasturlar  yordamida  psixolog  yoki  ijtimoiy  xodim  ishlaydi.  Guruhda  tashkil  etilgan  muloqot 
muhitida  odam  o’zidagi  ishonchsizlik,  tortinchoqlik  kabi  salbiy  sifatlardan  xalos  bo’lish 
imkoniyati bo’ladi va u o’zini avvalgiga nisbatan ijobiyroq idrok qila boshlaydi. 
Yoshlarning  trening  mashg’ulotlariga  kelishiga  sabab  bo’ladigan  omillardan  eng  ko’p 
tarqalgani  –  bu  ulardagi  qarama-qarshi  jins  vakillari  bilan  gaplashishda  tortinchoqliklari, 
professor  o’kituvchiga  o’z  fikrini  bayon  etishga  qiynalishlari  yoki  omma  (ko’pchilik)  oldida 
gapirishda o’zini yo’qotib qo’yish kabi holatlardan chiqishdir. Bunday sharoitlarda o’sha o’quv 
maskani  yoki tashkilot qoshida agar psixologik xizmat tashkil etilgan bo’lsa, psixologlar ular 
uchun maxsus mashg’ulotlar uyushtirib, har birining individual muammolari xarakteridan kelib 
chiqqan holda zarur ijtimoiy ko’nikmalar hosil qilishga muyassar bo’ladilar. Ijtimoiy-psixologik 
trening  g’arbda  juda  keng  tarqalgan  amaliy  ishlardan  hisoblanadi.  O’zbekistonda 
tayyorlanayotgan amaliyotchi psixologlar ham xalqimizga ushbu yo’nalishda ham madadkor 


 
228 
bo’ladilar va tashkilot hamda muassasalar bunday xizmatlarga ishonch bildirib, ularning faoliyat 
ko’rsatishlari uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratadilar degan umiddamiz. 
 

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish