15.2. Sog’lom bo’lishning psixologik asoslari
Sog’lom turmush tarziga rioya qilish ham aslida psixologik amallar, ko’nikmalar, kerak
bo’lsa, malakani talab qiladigan tushunchadir. Ya’ni, sog’lom turmush tarziga oiladan
boshlaboq bolalarni
o’rgatish
lozim.
Shu o’rinda, xo’sh, odamlarni o’z boyligi bo’lgan salomatligiga mana shunday oqilona
yondashishga o’rgatish shartmi, axir bu har bir insonning o’z shaxsiy ishi emasmi, degan haqli
savol paydo bo’lishi mumkin. Albatta, e’tirozda jon bor, zero, ongli inson, u ayolmidi, erkakmidi,
yoshmi, qarimi, o’z sog’lig’iga qayg’ursa, undan birinchi navbatda o’zi manfaatdor ekanligini
234
biladi. Zero, salomatlik – bu inson tani-vujudi va ruhiyatidagi shunday holatki, u hozir, ayni
paytda betob emas va shuning uchun u turmushdagi, hayotdagi ko’plab burchlari, vazifalarini
bajarish imkoniyatiga ega va ayni holat yaxshi va xayrli, ezgu ishlarni amalga oshirish uchun
real imkoniyatdir. Bolani sog’lom turmush tarzi madaniyatiga o’rgatuvchilar esa ayrim
malakalarga o’zlari ega bo’lishlari shart.
Ota-onaning savodxonligi va ziyrakligi
Oilada ota-onaga ko’p narsa bog’liq. Ular shu go’shadagi barcha hodisalarning
balogardonlari sifatida eng avvalo o’z sog’liqlariga o’zlari mas’ul ekanligini unutmasalar, uni
saqlashda barcha ehtiyot choralarni o’z vaqtida ko’rgani holda oilaviy hayotga to’g’ri
munosabatni shakllantira olsalar, murodu maqsadlariga albatta erishadilar. Sog’lom odam, u
otami yoki onami, turmush va ro’zg’ordagi barcha past-balandliklar, turli vaziyatlar, kerak
bo’lsa, qiyinchiliklarga tez moslashib, ulardan chiqishning oqilona yo’llarini bilishi kerak. Shu
o’rinda bir voqyea yodimga tushdi. Bir mushtipar ona o’spirin o’g’lidan judo bo’lganini aytib,
zorlangan edi. Sababini so’rasam, o’sha mash’um yili ularning xonadonida issiqlik bo’lmabdi.
Chunki qo’shimcha qurilish boshlab, gaz o’tgan quvurlar kesilgan, bu ish qishgacha davom
etib, ta’mirlash tugamabdi. Balog’at yoshidagi o’g’il bosh yalang sovuq xonada uxlayvergan.
Buning oqibatini na shu bolaning o’zi, na uning ota-onlari o’ylashmagan. Qish chiqib, bahorga
yetishgach bolaning miyasida juda qattiq og’riqlar paydo bo’lgan. Avvaliga bu holat o’tib ketar
deb, astoydil davolanish choralarini ham ko’rishmagan, miya yallig’lanishi kuchayib
ketganligidan so’ng do’xtirlar ham nochor qolishgan. Shu vaziyatda ota-ona va o’sha
o’spirinning mas’uliyatsizligi, turli vaziyatga moslashib, kerak bo’lsa, salomatlik yo’lida turmush
tarzini, kiyinishni o’zgartirish xayollariga ham kelmagan-da? Albatta, bola bola-da, bu o’rinda
ota-onaning jonsaraklikni yo’qotishi oqibatida ana shunday ayanchli voqyea ro’y berdi.
To’g’ri fikrlash tarzi
Fikrimizcha, sog’lom turmush tarzi madaniyati avvalo shaxsning fikrlash tarzidan kelib
chiqadi, ya’ni, tafakkurga bog’liq. Psixologiya fani har bir insonda tafakkur borligini e’tirof etadi.
Shu bois bo’lsa kerak, barchamiz baholi qudrat o’zimizni, o’z salomatligimizni ma’lum
me’yorlarda, darajada ushlab turamiz, saqlaymiz. Masalan, qishning qirovli kunida ko’chada
o’tirmaymiz, o’zimizni himoya qilishning barcha vositalarini aql - idrok bilan ishga solamiz.
Lekin shunday bo’lsa-da, nega odam o’z salomatligiga ba’zan yengil-yelpilik bilan qaraydi?
Sport bilan shug’ullanish maqsadga muvofiqligini, kundalik badan tarbiya kerakligini, jismoniy
ish bilan aqliy ish mutanosibligiga rioya qilishni, vaqtida ovqat tanavvul etib, vaqtida uxlash
lozimligini, ko’zni, quloqni, kerak bo’lsa, tanni favqulodda xatarlardan, yomon so’z, yomon ko’z
va jismoniy ta’sirlardan asrashni, chekish, ichish ziyonligini, hamma-hammasini bilamiz, lekin
bila turib, sog’lom turmush tarzi qoidalarini har qadamda buzaveramiz. Nima, aqlimiz,
tafakkurimiz tanimizga zidmi?
Birinchidan, har bir shaxsning nazarida bu qoidalarni hamma buzayotganday tuyuladi:
“men ham hamma qatori”. Masalan, Amerikada chekuvchilar va chekmaydiganlar o’rtasida
so’rov o’tkazilgan. Chekishning inson organizmiga zarari bor ekanligini har ikkala toifa ham
100 foiz biladi, lekin hattoki chekmaydiganlar orasida ham uning zararli tomoni xatarli
emasligini yoqlaydiganlar, chekadilar orasida esa teng yarmi aslida chekish unchalik xavfli
235
emas, chunki “hamma chekadi-ku” degan fikrda bo’lganlar. Ya’ni, tafakkur o’zi tan olib turgan
narsalarga o’z egasini ishontira olmaydi, qolaversa, chekish tufayli xastalangan bemorlarni
hozir, ayni damlarda chekayotgan ko’zi bilan ko’rmaydi, ulardan uzoqda yashaydi, bu o’rinda
“ko’zdan nari – aqldan nari” degan tamoyil ishlaydi.
Ikkinchidan, odamlarning sog’lom turmush tarziga rioya etishlariga to’siq bo’luvchi
omillardan biri – odamlarda sog’lom yashashga nisbatan sabab (motiv), omillarning kuchsiz
ekanligi. Ya’ni, ko’pchilikda sahar turib badan tarbiya bilan shug’ullanish istagi tonggi shirin
uyqudan ko’ra kuchsiz keladi. Yoki bo’lmasa, hozirgi kunda yoshlar uchun alohida, xotin-qizlar
uchun alohida maxsus sog’lomlashtirish maskanlari, sheyping guruhlari mavjud, lekin ularning
ko’pchiligi pulli, pulni yaxshisi boshqa narsaga, masalan, mayda-chuyda ruzg’or buyumlariga,
bezaklarga sarflash undan ko’ra osonroq, yoqimliroq va kerakroqday tuyuladi odamga.
Shuning uchun sog’lig’ingizni yo’qotsangiz, dori-darmon, oziq-ovqat va boshqalarga faloncha
ketadi, deb tushuntirishlar odamlarga tezroq ta’sir qiladi.
Uchinchidan, tafakkurdagi analogiya, o’xshatish kabi xususiyatlar sog’lom turmush tarzi
mezonlarini qabul qilishga yordam beradi. Masalan, televideniye yoki radio orqali sog’lom
turmush tarzini hayotiy tamoyiliga aylantirgan va bu ishda katta muvaffaqityalarga erishayotgan
odamlar ibrati ancha ta’sirchandir. Chunki odam o’zini o’sha ibratli odam o’rniga qo’yishga
moyillik sezadi va “men ham shunday sog’lom bo’laman”, degan fikr uyg’onadi.
To’rtinchidan, ta’lim maskanlari, OAVlarining asosiy vazifasi targ’ibotdir. Bunday
targ’ibotning ta’sirchanligini ta’minlash lozim. Kerak bo’lsa, odamning erta keksayishi,
yuzlardagi ajinlar, xastalik va boshqalar oxir oqibat barvaqt hayotdan ko’z yumishga olib
kelishini aytaverish va uning oldini olishning yagona chorasi sog’lom turmush tarzi ekanligini
yoshlikdan bola ongiga yetkazish kerak. Ba’zan televizor orqali u yoki bu xil reklama berilsa,
ensamiz qotadi, chunki yaxshi ko’rib tomosha qilayotgan ko’rsatuvni bo’lgani uchun shunday
salbiy hissiyot tug’iladi, aslida o’sha reklama parchalarida sog’lom turmush tarziga oid lavhalar
ko’rsatilsa, masalan, zararli odatlardan voz kechishning foydasi, to’g’ri va vaqtida ovqatlanish,
jismoniy mashqlarni bajarayotgan tanish, obro’li shaxslarni ko’rsataverish ham bunday
lavhalarga ko’nikishga olib keladi. Demak, OAV va ko’rgazmali reklamaning ham roli bu o’rinda
katta bo’lishi mumkin.
Yana bir sabab – odamlarda o’zlarining salomatligiga nisbatan haddan tashqari optimistik
qarashlar bor. Ya’ni, to’rt muchchasi sog’ tug’ilgan farzandini ona kasal bo’lmaydi, deb o’ylaydi
va ba’zan ehtiyotsizlik qilib qo’yadi. Sog’lom odamga “Sog’lig’ingizni saqlang” desangiz, u
bunga o’ziga xos kinoya bilan ham qaraydi. Boshqa tomondan, hatto u yoki bu xastaligi bor
yoki surunkali kasallikka chalingan odamga tibbiyot xodimining bergan tavsiyalari ham malol
keladi. Buning ikkita sababi bor:
bemor vrachga ishonmaydi, uning so’zlarini qo’rqitish uchun aytilayotgan
eslatmalarday qabul qiladi. Masalan, ko’p chekish o’pka rakini keltirib chiqarishi to’g’risidagi
vrachning axborotini eshitsa ham, “bu narsa menga taalluqli bo’lmasa kerak, vrach meni
qo’rqityapti” deb o’ylaydi;
bemorning o’ziga xos “ziyrakligi” ham xalaqit beradi. Masalan, bunday ziyraklik
vrach tavsiyalariga nisbatan tanqidiy qarashga yoki u yozib bergan dori-darmonning kuchiga
ishonmaslikda ham namoyon bo’lishi mumkin.
Oiladagi nosog’lom muhit juda ko’p illatlar qatori odamning o’z salomatligi holatiga
bo’lgan munosabatini salbiy tomonga o’zgartirib yuborishi mumkin. Bunday o’zgarishlarning
ham turlicha sabablari bor. Masalan, agar oila a’zolari ma’lum sog’lom turmush tarziga
236
o’rgangan bo’lsalar ham, biror sabab bilan shu oilada nizo, janjal kelib chiqsa, bu holat barcha
oila a’zolari tafakkurining salbiy tomonga o’zgarishiga olib keladi. Bu o’z navbatida umuman
faollikning pasayishini keltirib chiqaradi: kundalik badan tarbiya uchun ham kuch qolmaganday,
behollik his qilinadi, “hyech bir narsa yoqmayapti”, deya noliydi odam. Demak, o’zaro
muomaladagi sog’lom ruhiyat, samimiyat mavjud ijobiy odatlarning barqarorligini kafolatlaydi.
O’zbek oilasi azaldan sog’lom turmush tarzi, muomala madaniyatini saqlab kelgan. Bu
o’z navbatida ota-ona va farzandlar munosabatlarida hamda uy tutish, o’ziga o’zi xizmat
ko’rsatish, ro’zg’orni bikir va saranjom tutish, ozodalik tamoyillarida o’z aksini topgan. Albatta,
zamon bu an’analarga biroz o’zgarishlar kiritdi. Masalan, ko’pgina shahar oilalarida bitta
yagona farzand tug’ilgan, bu bolaga (qizmi, o’g’ilmi farqi yo’q) onasi bir umr xizmatchi bo’lib
qoladi, yoki bolaning o’qish yumushlari ko’p, uning o’z ko’rpasini, yegan ovqatini yig’ishtirish,
yuvish, ko’ylagini dazmollash kabi odatlarga o’rgatish malol keladi, yaxshisi uni onasi qilgani
ma’qul, deb hisoblanadi. Bu holatlar vaqti kelib bolaning zerikishiga, turli ko’cha guruhlari
ta’sirida zararli odatlarga o’rganishiga olib keladi. Yoki balog’at yoshiga yetib, musofirlik yuki
bo’yniga tushganida yoki armiyaga harbiy xizmatni o’tashga borganda tengqurlari orasida
xijolat kechishiga olib keladi. Shuning uchun ham tibbiy madaniyat oilada gigiyenik, ma’naviy,
axloqiy tarbiya va o’z o’ziga xizmat ko’rsatish malakalarini hosil qilish bilan barobarlikda olib
borilishi lozim.
Biz yuqorida salomatlik psixologiyasini ham fan, ham amaliyot deb ta’kidladik. Agar unga
fan sifatida nazariy nuqtai nazardan yondashsak, inson organizmini muayyan mo’tadillikda
ushlashning sirlarini har tomonlama tasavvur etishga to’g’ri keladi. Ya’ni, nazariy psixologiya
salomatlikning turli bosqichlarda, turli ko’rinishlarda ro’y beradigan somatik, organik, psixologik
omillarning muvofiqligi sifatida qaraydi. Ana shu omillarning o’zaro muvofiqligi qay tarzda
kechishini quyida bayon etamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |