tobelik va emosional bog’liqlik
sifatlarida tub
farqlar bo’lgani uchun ham ijtimoiy-psixologik farqlar kattaday tuyuladi.
Xususan, O’zbekistonda o’tkazilgan ko’plab tadqiqotlar (V.Karimova, G’.Shoumarov,
O.Shamiyeva va b.q.) o’rta bo’g’in rahbar ayolari faoliyatining o’ziga xos jihatlari borligini
isbotladi. Masalan, bu o’ziga xosliklar quyidagilar:
ayol rahbar o’z ish-faoliyatida bevosita rahbarlardan tashqari, o’z xodimlarining
fikrlarini ham inobatga olib ishlaydi;
bunday rahbar eng avvalo o’zi boshqarayotgan jamoadagi insonlar o’rtasidagi
shaxslaraor munosabatlarga ko’proq e’tibor beradi;
ayol rahbar qarorlar qabul qilishda ham kamida 2-3 kishining ma’qullashiga
erishib, so’ngra oxirgi qarorga keladi;
ayol-rahbar ish manfaatlari bilan oila manfaatlarini deyarli bir darajada ahamiyatli
deb qaraydi;
uning xodimlarga beradigan ko’rsatmalari ko’proq konstruktiv bo’lib, tashabbus
ko’rsatuvchi xodimlar bilan kompromisslarga borib ishlaydi;
ayol-rahbar o’z xodimlarining shaxsiy hayotlari hamda oilaviy sharoitlari bilan
vaqti-vaqti bilan qiziqib turadi va hokazo.
Maxsus tadqiqotlar orqali ayrim katta yuqori lavozimlarda ishlaydigan ayollar sifatlari ham
o’rganilgan. To’g’ri, aynan katta siyosat bilan shug’ulanuvchi ayollar soni erkaklarga nisbatan
ancha kam bo’lsa-da, davlat rahbarligi, oliy majlis, senatlar, kongresslarda faolyait
ko’rsatayotganlar ayollar shaxsiy sifatlari shkalasida sof ayollik sifatlaridan tashqari, erkaklarga
xos bo’lgan tavakkalchilik, shijoat, matonat, sabr-bardosh, faollik, intiluvchanlik, yuqori
madaniyat, fikrlashning analitik qobiliyati kabi qator erkaklik sifatlarini o’zida mujassam etgan
ayollarning siyosiy-ijtimoiy va tarixiy rollari muhim ekanligi isbotlandi. Ya’ni, ayol kishi rahbarlik
lavozimida yuqoriga ko’tarilgan sari, o’zida erkaklarga o’xshash sifatlarni ko’proq namoyon
etishga moyil, oila manfaatlarini ham sekin-asta jamiyatnikidan keyingi o’rinlarga qo’yadigan
bo’lib boradi.
Masalaning muhim jihati shundaki, aynan katta lavozimlardagi ayollarning noan’anaviy
sifatlari xarizmtikmi yoki rahbarlik pillapoyalaridan ko’tarilgan sari orttiriladigan sifatlar ekanligini
empirik materialda o’rganish lozim. Vaholangki, jamiyatning teng yarmini tashkil etadigan xotin-
qizlarning davlat va jamiyat qurilishidagi o’rni va salohiyatidan oqilona va o’rinli, oila manfaatiga
ziyon yetkazmagan holda foydalanish psixologik jihatdan oqlangandir.
224
Do'stlaringiz bilan baham: |