222
o’yinchoqlar ko’proq muddatga xizmat qilsa, o’g’il bolaniki 1-2 haftadan oshmas ekan. Bu
holat:
birinchidan
, turli jins vakillari psixologiyasidagi tafovutlarni keltirib chiqarsa;
ikkinchidan
, ularning maishiy muammolarga qarashlaridagi farqlarni ham taqozo
etadi;
uchinchidan
, ular aqliy salohiyati oshishidagi ma’lum o’zgarishlarni keltirib
chiqaradi. Aynan shu sabab, o’g’il boladagi konstruktorlik va kashfiyotchilik sifatlarini
rivojlantirsa, qizlardagi buyumlarga munosabat unda kelajakda tadbirkorlik, saronjom-
sarishtalik, tejamkorlik kabi qator yaxshi sifatlarni tarbiyalar ekan.
Respublika “Oila” ilmiy-amaliy Markazida o’tkazilgan tadqiqotlardan shu narsa ma’lum
bo’ldiki, gender sifatlariga oilaning to’liq yoki noto’liqligi, muammoli yoki totuvligi ham bevosita
ta’sirini ko’rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, muammoli, ajralishgan, noto’liq
oilalardagi ayol-onaning farzandlari nigohidagi obrazi ijobiy va ko’p holatlarda obro’li bo’lib,
yolg’iz ona tarbiyalaydigan o’g’il bolada ko’p hollarda androgin yoki aralash sifatlar, yoki
feminin sifatlar namoyon bo’lishi ehtimoli ortiq ekan. O’g’il bollaar orasida o’sgan, otaning
absolyut avtoriteti bo’lgan oilada qizlarda esa maskulin sifatlar androgin sifatlar bilan
uyg’unlashib, ularda ham ayollik fazilatlari bo’lmaganligidan, oila qurganda, yangi xonadonga
kelin bo’lib tushganda, qator muammolarga duch kelarkan. Demak, boladagi maskulin yoki
feminin sifatlarning to’g’ri tarbiyalanishida oiladagi kattalarning roli, ularning avtoriteti yetakchi
rol o’ynaydi. Bu holat yosh oilada liderlik maqomining taqsimotida ham o’z ta’sirini ko’rsatib,
ayrim holatlarda oilaviy nizolarga sabab bo’lmoqda.
Nihoyat, yoshlar ongida gender tasavvurlarning aniq bo’lishi jamiyatning ijtimoiy
kutishlari
va o’zgalarning alohida jins vakili – ayol yoki erkak shaxsi va salohiyatidan kutayotgan jihatlari,
u yoki bu hayotiy vaziyatlarda namoyon qila oladigan shaxsiy fazilatlari bilan bog’lab izohlash
mumkin. Zero, mamlakatimizda buyuk o’zgarishlar ro’y berayotgan bir vaqtda, oila, onalik va
bolalaik masalalari davlatning doimiy e’tiborida bo’lib turgan sharoitda biz onadan-ayoldan ko’p
narsalar kutyapmiz. Chunki aynan ona–ayol qizmi, o’g’ilmi unda eng avvalo boshdan insoniylik
urug’larini qalbiga sochuvchi, haqiqiy iffat, madaniyat, or-nomus, insof va diyonatni
tarbiyalovchi shaxsdir. Bu jarayonda uning o’zining shaxsiy fazilatlari yetakchi rol o’ynaydi.
Lekin aslida hayotda real imkoniyatlar – obyektiv hamda subyektiv imkoniyatlarga ko’pincha
zid bo’lmoqda. Ikkinchidan, ayolning ayollik va onalik fazilatlari masalasida kamchiliklar va yo’l
qo’yilgan xatolar bor. Bugun feminizasiya va maskulinizasiya jarayonlarini to’la ilmiy jihatdan
o’rganish o’ta dolzarb masala ekanligidan darak bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: