V. M. Karimovaning umumiy tahriri ostida. Toshkent


 Ijtimoiy-psixologik konfliktlar



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet373/410
Sana11.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#350893
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   410
Bog'liq
Psixologiya

16.2. Ijtimoiy-psixologik konfliktlar 
 
Konflikt 
guruhlari 
 
Texnika bilan 
bog’liq 
konflikt
lar
 
 
Tabiiy hodisalar 
bilan bog’liq 
konflikt
lar
 
 
Ijtimoiy hayot 
bilan bog’liq 
konflikt
lar
 
 
Shaxslararo 
konflikt
lar
 
 


 
258 
“Bir kuni guliston, o’rmon, dengiz va biyobon qushlari har biri  o’z guruhi bilan bir yerga 
jam bo’lib, majlis tuzdilar. Ular muhabbat bilan navo tuzib, bazm tugagach, osmonga parvoz 
qilmoqchi edilar. Ammo bu yig’inda ulardan hyech qaysisining tayin bir o’rni yo’q edi. O’tirishda 
tartib  bo’lmagani  uchun  Qalog’  (olaqarg’a)  to’ridan,  zog’  (go’ngqarg’a)  esa  Bulbuldan  va 
Qumrilardan yuqoriroqda o’tirdi. Xod (kalxat) Shunqordan to’rga chiqdi. Yurtachi (o’laksaxo’r 
qush) esa Tovusni ham nazar-pisand qilmay yuqoriga o’tib ketdi. Hunarliklar o’rnini behunarlar 
egalladi. Tojsiz qushlar to’rga chiqib olishdi, tojdor qushlar esa poygohda qolishdi. Nihoyat  – 
poygakdagilar  konflikt chiqardilar, to’rdagilar esa ularning so’ziga quloq solmadilar. Natijada 
qushlar orasida g’avg’o, to’polon ko’tarildi. Ular sodir bo’lgan ahvolni mojarolasha-mojarolasha 
qizg’in muhokama qila boshladilar. Vaqt o’tgan sari bu mojaro tobora oshib bordi
14
.  
G’azal,  so’z  va  til  mulkining  sultoni,  davlat  arbobi  A.Navoiy  tomonidan  tasvirlangan 
konflikt jarayoni ba’zi bir jamoa va guruhlarda uchrab turadigan kelishmovchiliklarni eslatadi, 
albatta. 
Toshkent shahridagi maktablardan birida direktorni boshqa ishga o’tgani uchun uning 
o’rniga  yosh,  ammo  qaysidir  maktabda  o’quv  bo’limining  mudiri  bo’lib  ishlagan  ayolni 
tayinlashdi. Jamoa yangi rahbarni iliq kutib oldi, ayniqsa, uning yoshligi va “men bu maktabda 
tartib  o’rnatishga  keldim,  o’zim  ham  kuchimni  ayamayman  va  Sizlardan  ham  shuni  talab 
qilaman”, – deb ishontirishi ko’pchilikka yoqib qoldi. 
Chunki  eski  direktorning  ba’zan  o’z  bilganicha,  adolatsiz  qarorlar  qabul  qilishi 
o’qituvchilar jamoasi qarshilik qilmasa ham hazm qila olmasdi. 
Rostdan  ham  maktabda  tartib,  intizom  ancha  yaxshilanib  qoldi.  Oldingi  direktorning 
“erkalari”ni  yangi  rahbar  “joyiga o’tkazib qo’ydi”.Maktabning o’quv jarayonida, tashqi va ichki 
ko’rinishida  sezilarli o’zgarish yuz berdi. Lekin, yangi direktor yoshligi uchunmi yoki o’zining 
qattiqqo’lligini  ko’rsatish  uchunmi,  o’qituvchilar  bilan  gaplashganda,  yig’ilishlarda  qo’pol, 
ortiqcha gapirganidan ayrimlar qattiq ranjiy boshlashdi. Shundaylar orasida maktabning o’quv 
bo’limi  mudiri  ham  bo’lib,  u  ancha  tajribali,  jamoada  o’rni  va  obro’siga  ega  edi.  Yangi 
direktorning  o’zidan  ancha  yosh  bo’lishiga  qaramasdan  ayrim vaqtda qo’pol munosabatda 
bo’lishi  mudirning  nafsoniyatiga  tegdi.  U  bir-ikki  marta  rahbarga  odamlarga  nisbatan 
munosabatini o’zgartirishni maslahat berdi. Asta-sekinlik bilan maktab jamoasi ikkiga bo’linib, 
bir  qismi  rahbar  atrofida,  ikkinchi  qismi  mudir  atrofida  kichik  guruhchani  tashkil  etdilar. 
Tashqaridan  qaraganda  bu  holat  sezilmas,  odamlar  bir-biri  bilan  oldindagiday  quyuq 
salomlashar, birgalikda tadbir o’tkazishar, lekin o’rtada o’zaro ishonch yo’qolib, “o’zimizniki” va 
“dushman tomon”ga jadal ravishda taqsimlanishdi. Har bir guruhcha o’zining keyingi harakat 
taktikasini va strategiyasini burchak-burchakda yashirincha muhokama qilardi. 
O’zaro  tortishuvlar,  bir-birining  ustidan  shikoyat  xati  yozishlar,  kichik-katta  yig’ilishlarda 
dahanaki janglar avj oldi. Ba’zi birovlarning asabi chidamasdan ishdan bo’shash haqida ariza 
yozdi. U konflikt agarda shunday davom etsa, nima bilan tamom bo’lishini hyech kim bashorat 
qila olmasdi.  
Yaxshiyamki, tuman Xalq ta’limi bo’limi bu konfliktga aralashib, direktor va mudirni ishdan 
olib, o’rniga boshqa kishilarni  tayinlash bilan barham berdi. 
Konfliktning  inson  faoliyatiga  (o’qish  va  mehnat)  va  jismoniy-ruhiy  sog’ligiga  qanday 
zarari mavjud? 
XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnika inqilobi va har xil sohalarda konfliktlarning avj 
                                                 
14
Navoiy A. Lison-ut tayr. – T.: 1991. – B. 282. 


 
259 
olishi natijasida ruhiy va asab kasalliklarining soni ortib bormoqda. 
Irsiy  sabablardan  tashqari,  ruhiy  va  asab kasalliklarini keltirib chiqaradigan katta ikkita 
omil bor: 
 
Shaxsning ichki (o’z-o’zi bilan) ruhiy konflikti; 
 
Shaxsning tashqi ijtimoiy muhit bilan konflikti. 
Konfliktning  ruhiy  turg’unlikka,  ruhiy  taraqqiyotga,  rivojlanishga  salbiy  ta’sirini  hyech 
narsa bilan tenglashtirib bo’lmaydi. Konfliktni boshdan kechirgan yoki atrofdagilar bilan kelisha 
olmagan  shaxslarda   tez  xafa  bo’lish,  injiqlik,  arzimagan  narsa  uchun  janjal  ko’tarish, 
atrofdagilarga ishonmaslik hissi kuchayadi. Ba’zan buning teskarisi - o’ta passivlik, yig’loqilik, 
birovga suyanib qolish, hamma yerdan va hammadan himoya izlash kabi belgilar namoyon 
bo’ladi.  Kuchli  stress  vaqtida  va  undan  keyin  shaxsning  ongida  konflikt  va  uning kechishi, 
sabablari tinmasdan aylanadi, ba’zan o’zini ayblasa, ba’zan “qarshi” tomonni ayblaydi. Jiddiy 
narsalar haqida fikrlash, diqqatni bir yerga to’plash qiyinlashadi.  
Kechasi uyquga ketish qiyin, uyqu yuzaki, tez-tez uyg’onib ketadi, ba’zan tushida ham 
kunduzgi  kelishmovchilik  davom  etadi. Ko’pchilik mualliflarning, (jumladan o’zimizning ham) 
fikrimizcha,  uyqu  konfliktning  faol  qatnashchilariga  ijobiy  ta’sir  etadi.  Shuning  uchun  bo’lsa 
kerak  konfliktli  vaziyatlarning muhokamasini ertaga qoldiradilar. Sog’lom bosh miya mahsuli 
bo’lgan ong va ong osti ko’pincha har qanday muammoning ham yechimini uyqu davomida 
tayyorlab qo’yadi. 
Konfliktning  inson  ruhiyati  va  asab  tizimiga  juda  katta  salbiy  ta’siri  bilan  birga  kuchli, 
surunkali stress va kelishmovchiliklarning xavfli tomoni shundaki, uyda yoki ishda tez-tez bo’lib 
turadigan  konflikt  shaxsning  immun  tizimini  susaytiradi  va  endokrin  tizimining  ishini buzadi. 
Fiziologiya  fanidan  ma’lumki,  surunkali  stress  va  konfliktlar  vaqtida  organizmda  adrinalin 
garmoni ko’proq ajraladi. Aslida bu gormonning vazifasi stress holatidagi organizmning hayot 
faoliyatini yuqori darajada saqlash, ya’ni yetarli energiya va kuch bilan ta’minlash. Birov bilan 
janjallashib  qoldingiz,  yuragingizning  tez  urayotganini  sezasiz,  qon  tez  aylanganidan  va 
tomirlarning  torayganidan  yuzingiz  qizaradi,  tomirlar  bo’rtib  chiqadi,  mushtingiz  o’z-o’zidan 
qisiladi. Siz hujum qilishga va o’zingizni himoya qilishga tayyorsiz. Bu bosh miyadan kelgan 
impuls (buyruqlar) natijasida qonda ko’plab adrinalin gormonining paydo bo’lishi bilan bog’liq 
bo’lib,  u  ko’pgina  ichki a’zolarni (yurak, qon tomirlar va boshqalarni, hatto ba’zi birovlarning 
jahli chiqsa ishtahasi karnay bo’lib qancha ovqat yeganini bilmasdan qoladi, birovlarning qorni 
og’riydi)  tez  va  faolroq  ishlashga  majbur  qiladi.  Endi ko’z oldingizga keltiring, shaxs tez-tez 
stress holatiga tushib tursa va organizmga adrinalin quyilib tursa, boshqacha aytganda, qon 
bosimi tez-tez oshib tursa, bu odat tusiga kirib sal hayajonlansa ham qon bosimi oshib ketadi.  
“Gipertoniya  kasalligi”  yoki  tez-tez  qulog’imizga  chalinadigan  «qon  bosimi»ning  oshishi 
shundan  boshlanadi. Immun tizimning susayishi esa markaziy asab tizimining faoliyati bilan 
bog’liq bo’lib, asabiy bolalar va kattalarning har xil kasalliklarga tez berilishi kuzatilgan. Hatto 
ota-onaning o’zaro janjali 3-16 yoshdagi bola va o’smirlarga o’ta salbiy ta’sir etishi va ularning 
tez-tez  somatik  (ichki)  kasalliklar  bilan  kasallanishlari  aniqlangan.  Surunkali  stress  va 
konfliktlarning shaxsning fikrlash va hissiy jarayonlariga salbiy ta’siri haqida avstraliyalik doktor 
Deymondning ta’kidlashicha, kuchli stress vaqtida o’ng va chap miya yarim sharlari orasida 
balans (muvozanat) buziladi. Har bir yarim sharning o’z vazifasi bo’lib, ming yillar davomidagi 
taraqqiyot davomida organizm va psixik faoliyat shunga moslashgan. Masalan: miyaning chap 
yarim  shari  –  tafakkurni,  og’zaki  nutqni,  mantiqiy  fikrlashni,  axborot  to’plashni  boshqaradi. 
Miyaning o’ng yarim shari – intuisiya, estetik va badiiy faoliyat, fazoviy yo’nalishlar, assosiativ-


 
260 
tafakkur,  shoshilish  axborotlarni  tayyorlash  jarayonlariga  javobgardir.  Kuchli  stresslar, 
konfliktlar  yarim  sharlar  o’rtasidagi  muvozanat  buzilib,  bir  yarim  sharning  ish  faoliyati  o’ta 
kuchayib  ketishi  natijasida,  u  ikkinchi  yarim  sharni  bosib  qo’yadi.  Yetakchilik  qilgan  yarim 
sharning ish faoliyati kuchayib, natijada shaxs bir tomonlama idrok etadigan, bir tomonlama 
tafakkur jarayoni amalga oshadigan bo’lib qoladi. Bunday kishi ijodiy, har tomonlama va erkin 
fikrlashdan mahrum bo’ladi.  
 

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish