V. M. Karimovaning umumiy tahriri ostida. Toshkent


 Ortobiotika yoki ortobioz: fan va amaliyot talqini



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet353/410
Sana11.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#350893
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   410
Bog'liq
Psixologiya

15.6. Ortobiotika yoki ortobioz: fan va amaliyot talqini 
 
Ilmiy manbalarda tez-tez uchrab turadigan “ortobioz” so’zining asl mohiyati oqilona, ya’ni 
aql bilan tashkil etilgan turmush tarzini bildiradi. 
Demak,  aslida  odam  o’z  ruhiy  holatining  “kalitini”  bilishi,  kerak  bo’lsa,  u  yoki  bu 
xastalikning, ruhiy iztiroblarning oqibati bo’lmish holat nima tufayli kelib chiqayotganligini bilgan 
holda  o’ziga,  o’sha  ruhiy  holatning  kechishiga  ta’sir  ko’rsatishi  mumkin.  Ya’ni,  u  o’z  ruhiy 
imkoniyatlarini  boshqara bilishi, o’zidagi aql va farosatning intizomi tizginini qo’liga ola bilishi 
lozim. Buning uchun biz ilk yoshlikdan farzandlarimizni ongli va faol tarzda hayot kechirish, o’z 
maqsad-muddaolarini  teran  tasavvur  etishga  va  shu  orqali  madaniy  turmush  kechirishga 
o’rgatishimiz  kerak  bo’ladi.  Aks  holda  odamda  atrof-muhit  ta’sirlariga  tobe  bo’lish 
psixologiyasini  keltirib  chiqaradiki,  buning  oqibatida u ruhiy iztiroblardan qutulish uchun turli 
ekstrosenslar, folbinlar, gipnoz qiluvchilarga yuguradigan, faqat najotni o’shalardan kutadigan 
bo’lib  qoladi.  Bunday  munosabatning  surunkali  odatga  aylanishi  esa  uning  o’ziga  bo’lgan 
ishonchini butunlay so’ndiradi, oxir-oqibat u o’z taqdirining egasi bo’lmay qoladi. 
Afsuski,  insoniyat  tarixi  shuni  ko’rsatadiki,  turli  ijtimoiy  va  ma’naviy  bo’hronlar,  o’tish 
davrlarida  odamlar  orasida  ana  shunday  passiv,  tobe  odamlar  ko’payadi  va  yuqorida 
ta’kidlangan  folbin,  ekstrosenslarning  “oshig’i  olchi”  bo’lib  qoladi.  Buni  biz  dastlab  o’tgan 
asrning 60-yillarida, so’ngra 80-yillarining oxiri, 90-yillar boshida ham bir guvohi bo’ldik. Hattoki, 
odamlarning  ko’ziga  “uchar  likopchalar”,  o’zga  planetalardan  kelganlar  ko’rina  boshladi. 
Bundan foydalangan turli tovlamachilar o’z foydalariga ishlab qoldilar. 
Ortobiotika  ilk  yoshlikdan  boshlab,  taraqqiyotning  har  bir  alohida  olingan  bosqichida 
inson salomatligini asrash va mustahkamlashning texnologiyasini ishlab chiqadi. Bunda tana 
va  ruhning  har  tomonlama  muvofiqligi  ta’minlashga  yo’naltirilgan  turli  yondoshuvlarga  asos 
solindi.  Barcha  qarashlarni  birlashtirgan  g’oya  shu  bo’ldiki,  odam  o’z  ichki  imkoniyatlari, 
zahiralari hamda tashqi muhitning barcha qulayliklaridan oqilona foydalanishni o’rganishi shart. 
Zamonaning  zayli  hozir  shundayki,  odamlar  ko’proq  aqliy,  intellektual  faoliyat  bilan 
shug’ullanadilar.  Bu  o’z  navbatida  kamroq  harakat  qilish,  vaqtning  taqchilligini hamisha his 
qilish,  ekstremal  vaziyatlarning  ta’sirida  bo’lishni  taqozo  etadi.  Bundan  tashqari,  bozor 
munosabatlari  ko’pincha  normadan  ortiq  faoliyat  yuritishni,  ko’p  ishlarga  shaxsan  mas’ul 
bo’lish, odamlar faoliyatini boshqarish kabilarni talab qiladi. Oxirgilar, tabiiy, muayyan ma’noda 
“ma’lumotlar”  tufayli  ro’y  beradigan  taranglikni,  tajanglikni  keltirib  chiqaradi.  Aqldan  kelib 
chiqadigan muammoni esa aqlning o’zigina bartaraf etish mumkin, lekin o’sha “aql” jismoniy 
uyg’unlikni  ta’minlashga, tanni muhofaza qilishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Ayniqsa, odam 
ruhan  toliqsa,  ayrim  faoliyat  turlari  bilan  shug’ullanishni  xohlamasa-yu,  lekin  bunga  majbur 
bo’lsa, deyarli bir xil muammolarni yechishga majbur bo’lsa, muloqotlarni yoqimsizligi kabilar 


 
245 
bilan  odam  tushkunlikka  tushaveradi,  borgan  sari  toliqib,  charchab,  betob  bo’layotganligini 
sezaveradi. Masalan, oilaga yangi mehmon bo’lib tushgan kelinchakning yangicha muloqot 
muhitiga kirishib ketishdagi qiyinchiliklari, qaynona yoki boshqa oila a’zosi tomonidan kelinchak 
gap-so’zlari,  yurish-turishining  nazoratga  olinaverishi,  ba’zan  kamsitilish  yoki  ta’qib  qilinishi, 
kelinchakning ruhiy azoblariga sabab bo’lishi, oqibatda homilador bo’lgan taqdirda ham yangi 
somatik holatga ko’nikishini qiyinlashtiradi, homiladorlik qiyin kechadi. Demak, turli xil muomala 
va  muloqot  maromlariga  yosh  kelinchakning  tayyor  bo’lishi,  o’zini  ruhan  muhofaza  qilish 
layoqati bunday vaziyatlardan uning osonlikcha chiqishi, yangi oila sharoitiga tez moslashuviga 
sabab  bo’lgan  bo’lar  edi.  Afsuski,  yosh  oilalardagi  aksariyat  mojarolar,  nizolar  aynan 
odamlarning  bir-birlarini  yaxshi  tushunmasliklari,  er-xotin,  qaynona-kelin  munosabatlaridagi 
anglashilmovchiliklarga borib taqaladi. 
 

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish