V. M. Karimovaning umumiy tahriri ostida. Toshkent


 Shaxsdagi sog’lom e’tiqod va mafkuraviy tasavvurlarning shakllanishi



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/410
Sana11.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#350893
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   410
Bog'liq
Psixologiya

6.2. Shaxsdagi sog’lom e’tiqod va mafkuraviy tasavvurlarning shakllanishi  
 


 
96 
Shaxsga jamiyatning ta’siri eng avvalo uning ma’naviy tasavvurlarida, dunyoqarashida, 
hayotga bo’lgan munosabatlarida aks etadi. Shu ma’noda mafkuraviy ongning mazmuni va 
sog’lom e’tiqodlar ham ijtimoiy muhit va unda o’rnashib qolgan mezonlar asosida shakllanadi. 
Mustaqil  O’zbekistonda  qisqa  fursatlarda  amalga  oshirilgan  jamiyat  hayotidagi  tub 
islohotlarni  idrok  qilishlari  va  ularga  munosabatlar,  shubhasiz,  fuqarolarning  yangicha 
qarashlarida,  aniqrog’i,  dunyoqarashlarida  namoyon  bo’ladi.  Ushbu  dunyoqarashlarning 
mazmunini tashkil etuvchi ilg’or g’oyalar yaxlit xalq manfaatlarini ifoda etgani sababli ham ular 
milliy  mafkuraning  mohiyatini  tashkil  etadi.  Prezidentimiz  I.Karimovning  milliy  istiqlol 
mafkurasiga  bergan  ta’riflarida  uning  mohiyati  yaqqol  aks  etgan:  “Odamlarning  ming  yillar 
davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu 
millatning  kelajagini  ko’zlagan  va  uning  dunyodagi  o’rnini  aniq-ravshan  belgilab  berishga 
xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kuni o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lishga qodir g’oyani 
men jamiyat mafkurasi deb bilaman”.
8
 
Psixologik  nuqtai  nazardan  tahlil  qiladigan  bo’lsak,  bugun  jamiyatimiz  a’zolari  ongida 
shakllanayotgan  milliy  istiqlol  g’oyalarining  genezisi,  ya’ni  kelib  chiqib,  ongga  o’rnashishi 
jarayoni bir qator ijtimoiy-psixologik holatlarni o’z ichiga oladi. 
Shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  milliy  g’oya  yoki  progressiv-ilg’or  g’oya  ma’lum tarixiy 
vaziyatlarda,  ijtimoiy  zaruratdan  kelib  chiqib paydo bo’ladi. Lekin uning o’zi genetik jihatdan 
o’zidan avval mavjud bo’lgan ilg’or, o’lmas g’oyalarga, milliy qadriyatlarga tayanadi. Masalan, 
o’zbek xalqi tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, xalq e’tiqodi va tafakkurining sayqallashuviga 
sabab  bo’lgan  o’lmas  qadriyatlar,  xalq  ma’naviyatiga  taalluqli  nodir  meros  bo’lganki,  ular 
bugungi  istiqlol  davrida  davlat  va  jamiyat  qurilishi  uchun  ma’naviy-mafkurviy  omil  rolini 
o’ynamoqda. Sharqning buyuk mutafakkirlari Axmad al-Farg’oniy, Maxmud az-Zamaxshariy, 
Abu Nasr al-Farobiy, Abu Bakr Muxammad ibn Al-Abbos Al Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, 
Ibn  Sino  kabilarning  ilmiy  merosi, Amir Temurning mustaqil davlatchiligiga oid qonuniyatlari, 
fikh  ilmining  asoschilaridan  bo’lmish  al-Marg’iloniy  hidoyalari,  Imom  al-Buxoriyning  hadisiy 
qarashlarida bayon etilgan o’lmas g’oyalar asrlar osha xalq e’tiqodining egilmasligining yorqin 
misolidir. 
Bugungi  mustaqillik  va  istiqlolning  har  bir  kuni  ham  jamiyat  a’zolari  bo’lmish  shaxslar 
ruhiyati  uchun  shunday  tarixiy  vaziyat  va  muhit  rolini  o’ynamoqdaki,  buning  ta’sirida  yangi 
g’oyalar  paydo  bo’lishi  uchun  maqsad  paydo  bo’ldi.  Shuni  alohida  e’tirof  etish  kerakki, 
shaxsdagi  har  qanday  maqsad  ham  yangi  g’oyaga  asos bo’lavermaydi. Teran maqsadga 
erishish uchun odamda qat’iy ishonch bo’lishi kerak, va u oxir-oqibat maslakka aylanadi. Ana 
shunday  maslakning  inson  qalbiga  singib,  uning  yurish-turishi,  fikrlashi-yu,  tafakkur  tarziga 
aylanishi  e’tiqoddir.  Bu  o’rinda  yana  bir  psixologik  holatni  yoritish  lozim,  bu  ham  bo’lsa, 
e’tiqodning bo’lishi yoki qat’iy ishonchning bo’lishini odamning o’zi astoydil xohlashi kerak. 
                                                 
8

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish