Maorif sohasidagi amaliy ishlar
Maorif sohasida olib borilayotgan amaliy ishlar boshqa sohalarga nisbatan anchagina
yaxshi tajribaga ega. Ayniqsa, O’zbekistonda kadrlar tayyorlashning milliy dasturi qabul
qilingandan so’ng tashkil qilingan yangi tipdagi ta’lim muassasalari – Akademik liseylar va
Kasb-hunar kollejlariga bir nechtadan psixologlar shtati kiritilgan va ular aynan tadbiqiy
muammolar – bolaning o’quv jarayoniga psixologik jihatdan tayyorligini diagnostika qilishdan
tortib, professional va kasb mahoratini rivojlantirishgacha bo’lgan barcha muammolarni hal
qilishga “aralashadi”.
45
Do'stlaringiz bilan baham: |