1.3. Psixologiya fanining predmeti
“Psixologiya” so’zi ikkita grek so’zlaridan –
“
psyche
”
–
jon
,
ruh
va
“
logos
”
–
ta’limot
,
ilm
so’zlaridan iborat bo’lib, an’anaviy ma’noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar
va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda,
psixologiyaning
predmetini har birimizning tashqi olamni va o’z-o’zimizni bilishimizning asosida yotgan
jarayonlar, hodisalar, holatlar va shakllangan xislatlar
tashkil etadi. Psixologiya bo’yicha
adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib,
psixikadir
, deb ta’rif berishadi. Psixika – bu
inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli (ba’zan
ongsiz ham) tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, his qilishimiz, tasavvur qilib,
anglashimizni ta’minlaydi. An’anaviy ta’riflarda psixologiya fan sifatida ana shu “psixikaning
faktlarini, qonuniyatlarini va mexanizmlarini o’rganadi”, – deb ham bayon etilgan. Lekin bu
qisqa ta’riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, degan
yuzaki xulosaga kelish noto’g’ri bo’ladi. Chunki inson psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador
hodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma-xilki, biz ba’zan o’z-o’zimizni ham
tushunmay qolamiz. Shuning uchun ham odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro’y
berayotgan obyektiv hodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo’lish bilan, balki
hayotda munosib o’rin egallash, o’z ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan
holda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bo’lish, o’ziga va o’zgalarga
ta’sir ko’rsatishning usullarini bilish va ulardan o’z o’rnida unumli foydalanishni nazarda tutadi.
Psixologik bilimdonlikning murakkabligi aynan shundaki, atrofimizdagi narsalar va
hodisalarning mohiyatini bevosita his qilib bilishimiz mumkin, lekin psixik hayotga aloqador
bo’lgan jarayonlarni, o’zimizda, miyamiz, ongimizda ro’y berayotgan narsalarning mohiyatini
bilvosita bilamiz. Masalan, o’rtoqlarimizdan biri bizga yoqadi, doimo bizda yaxshi, ijobiy
taassurot qoldira oladi, lekin uning u yoki bu xatti-harakatlarini bevosita ko’rib, baholab, tahlil
3
Karimov I.A.
Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin. – T.: O’zbekiston, 1998. – B.
15.
13
qilolsak-da, unga nisbatan his qilayotgan mehrimizni, uzoq ko’rishmay qolganimizda uni
sog’inayotganligimiz bilan bog’liq hisni bevosita ko’rib, idrok qilish imkoniyatiga ega emasmiz.
Aynan shunga o’xshash holatlar psixologiya o’rganadigan hodisalar va holatlarning o’ziga xos
tabiati va murakkabligidan darak beradi va ularni boshqa turli hodisalardan farq qiladi.
Shunday qilib, psixologiya fani o’rganadigan jarayonlar va hodisalar murakkab va xilma-
xil. Ularni o’rganishning ikki jihati bor: bir tomondan, ularni o’rganish qiyin, ikkinchi tomondan
oson ham. Oxirgi jihati xususida shuni aytish mumkinki, bu hodisalar bevosita bizning
o’zimizda berilgan, ularni uzoqdan qidirish, mavhum analogiyalar qilish shart emas, boshqa
tomondan, ular o’zaro bir-birlari bilan bog’liq va umumiy qonuniyatlar va prinsiplarga
bo’ysunadi. 1-rasmda psixik jarayonlarning namoyon bo’lish shakllari, ular o’rtasidagi o’zaro
bog’liqliklar aks ettirilgan.
Demak, qisqa qilib,
psixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori
va turli ichki kechinmalari, amallari va faoliyatlarining o’ziga xos tarzda ongi tomonidan aks
ettirilishidir
, deb ta’riflash mumkin.
Psixologiya fanining bugungi kundagi vazifalari, tabiiy, uning predmetiga biroz
o’zgarishlar kiritadi. Zero, inson ongi va qalbi uchun kurash muammosi butun dunyo miqyosida
dolzarb turgan masala sifatida qaralishini inobatga olsak, jamiyatimizning har bir a’zosi,
mustaqil yurt fuqarolari ongining milliy-madaniy muhit ta’sirida, milliy hamda umuminsoniy
qadriyatlar asosida shakllanishi, ular qalbida sof imon va sog’lom dunyoqarashlar, mustaqil
fikrlashning shakllanishi mexanizmlarini o’rganish ham fanning muhim predmeti hisoblanadi.
Ayniqsa, buguni yoshlarda aniq maqsad va maslakning bo’lishi, milliy iftixor va g’urur
tuyg’ularining to’g’ri tarbiyalanganligi yaxlit xalq va millat manfaatlari bilan uyg’undir.
Psixologiya fan sifatida aynan har bir shaxsda o’ziga, yurtdoshlariga, turli faoliyat turlari hamda
dunyoga nisbatan to’g’ri munosabatlarni shakllanishi yo’llarini ham o’rganishi kerak.
Aks holda yoshlar ongidagi o’zgarishlarni aniq bashorat qilolmaslik, ularni to’g’ri
tarbiyalash vositalarini tanlashda xatoliklarni keltirib chiqaradi. Yurtboshimiz I. Karimovning bu
boradagi fikrlari juda o’rinli: “Men ko’hna bir haqiqatni yana eslatmoqchiman: tabiatda bo’shliq
bo’lmaganidek, insonning ongu tafakkurida ham bo’shliq vujudga kelishiga aslo yo’l qo’yib
bo’lmaydi.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |