V. M. Karimovaning umumiy tahriri ostida. Toshkent



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet380/410
Sana11.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#350893
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   410
Bog'liq
Psixologiya

16.5. Oiladagi konfliktlar 
 
“Qush  uyasida  ko’rganini  qiladi”.  Bu  maqol  hamma  davrlarda  ham  o’z  dolzarbligini 
yo’qotgan emas. Farzandlar ota-onaga o’xshashga harakat qiladilar, ota-onalar esa o’zlari bilib 
yoki bilmasdan o’z xarakter xususiyatlarini, orzu-havaslarini farzandlariga singdirib boradilar. 
Bolalar-chi, ular ota-onalaridan nimalarni oladilar va uni qanday oladilar? 
Amerikalik  psixolog,  psixoterapevt  Erix  Bernning  fikricha,  individ  olamga  kelib  o’sib, 
rivojlanar ekan, u atrofda, ayniqsa, oiladagi ijtimoiy munosabatlarni diqqat bilan kuzatadi (har 
kuni ko’z oldida yurgan kishilarni kuzatmasdan iloji ham yo’q), bola atrofdagilardan, ayniqsa, 
qiz bola onasidan, o’g’il bola otasidan hayot tarzini, o’zaro munosabat va muloqot tajribasini 
to’plab boradi. Yaqin odamlari: otasi va onasining xatti-harakati, gap-so’zi, hulq-atvori, oiladagi 
va  atrofdagi  kishilar  bilan  munosabatlari  o’sib  rivojlanayotgan bolaning, o’smirning, yigitning 
(qizning) ongida, ong ostida mustahkamlanib boradi. 
Erix  Bernning  ta’kidlashicha,  bolalik  va  o’smirlik  davrida  ota-ona  ta’sirida  shakllangan 
“hayot  ssenariy”si shaxsning keyingi hayot munosabatlarini, odamlar bilan, oilasida turmush 
o’rtog’i  bilan  munosabatlarning  qanday  kechishini  belgilaydi.  Oilada  shakllangan  odatlar, 
hayotiy tasavvurlar – “hayot ssenariysi” shaxsning ong ostida mustahkamlanib, uning keyingi 
hayotidagi  xatti-harakatida,  xulq-atvorida  namoyon  bo’ladi.  Bizning  fikrimizcha,  bunchalik 
fatalistik xulosa yasash to’g’ri emas. Oilada to’plangan ijtimoiy tajriba va bilimlarning shaxsning 
keyingi hayotidagi o’rni juda katta, ammo ba’zi bir ilmiy-tadqiqotlar va shaxsiy kuzatuvlarimizga 
asoslanib  shuni  aytish  mumkin,  axloqiy  va  psixologik  muhit  salbiy  oilalardan  ham  odobli, 
mehnatsevar, do’stlariga sodiq va bolajon insonlar yetishib chiqqani haqida ma’lumotlar ko’p. 
Mo’min-qobil, oilasiga va bolalariga vaqtini, kuchini ayamaydigan, erini yurakdan sevib 
turmushga chiqqan qizning eri ko’p bolali oilada o’sgan bo’lib, ular oq ko’ngil, mehnatsevar, 
sodda  bo’lsalar  ham  oilada  kattalar  bilan  kichiklar  orasida  hurmat  yo’q,  tez-tez  arzimagan 
narsaning ustida ham janjal ko’tarishar, erkaklar ayollarni odam qatorida ko’rishmas, qayinona 


 
268 
kelinlarni ezib turmasa zerikar edi. Yangi kelin erining oilasidagi o’zaro munosabatlarni ko’rib 
hayron  qoldi,  chunki  qizlik oilasida shovqin, o’zaro baqirib-chaqirish hyech qachon bo’lgan 
emas. Lekin kelin eri bilan shaharda yashagani uchun erining ota-onasining munosabatlariga 
unchalik e’tibor bermasdi, chunki hayolida eri ularga o’xshamas, uni juda ham sevadiganga 
o’xshadi.  Ammo,  asta-sekin  adashganligini  sezdi.  Eriga  ba’zan  (asabiylashgan  vaqtlarida) 
yaxshi gap ham yoqmasdi. Sababsiz janjal ko’tarar, asabiylashar va bir necha kun xotini bilan 
gaplashmasdan  yurishi  mumkin  edi.  Psixologik  maslahatga  er-xotin  kelishganda  yigitda 
asabiylashishning  og’ir  shakli  –  nervosteniya  kasalligi  majudligi  va bu kasallik unda bolalik 
davrida boshlanganligi  tushuntirildi. 
Yigitning hikoyasidan quyidagilar aniqlandi: u bolalik davrlarida ota-onasi vaqti-vaqti bilan 
qattiq janjallashar, keyin esa ozroq vaqtdan so’ng apoq-chapoq bo’lib qolishar edi. Oiladagi 
urush-janjallar bolani qo’rqitar va bu qo’rquv uning immun tizimini kuchsizlantirgani uchun u 
tez-tez kasal bo’lar edi. 
Natijada  bolada  oiladagi  o’zaro  munosabatlarning  konfliktli  ssenariysi  shakllangan. 
Shuningdek, bolaning bosh miya po’stloqlarida “janjal markazlari” paydo bo’lib, yo’qolib turgan. 
Bola katta bylgan sari oilada davom etgan janjallar bolaning asab tizimlarini zaiflashtirgan 
va “janjal markazlari”ning paydo bo’lishining doimiy bo’lishiga sabab bo’lgan. 
Shuning  uchun  ham  yigit  vaqti-vaqti  bilan  oilada  sababsiz  janjal  chiqaradi  va ma’lum 
vaqtdan so’ng tinchlanib qoladi, chunki “markazda” to’plangan salbiy kuch vaqtinchalik tarqalib 
ketadi. 
Bu  holatni  biz  kichik  bolalarda  “dahshatli”  filmlarni  ko’rib  rohatlanishida  yoki  ba’zi 
bolalarning kechasi uxlashdan oldin “qo’rqinchli” ertak eshitib uxlaydigan bolalarda ko’rishimiz 
mumkin. 
Bu yerda bola, inson bosh miyasining, ruhiyatning “dahshatdan”, qo’rquvdan, janjaldan 
“rohatlanish”dek bema’ni xususiyatini ko’ramiz. 
Bunday  janjalli,  konfliktli  oilalarda  tarbiyalangan  shaxslarni  davolash  va  psixologik 
korreksiyasi  uzoq  vaqt  davom  etadigan  sabr-toqatli  bo’lishni  va  eng  asosiysi  o’z 
kamchiliklaridan qutulish istagi bo’lishini talab etadi. Quvonarlisi shuki, bu yosh oila a’zolari, er-
xotinda o’zlarini va turmush tarzini o’zgartirish istagi juda katta edi. 
Yuqorida  bayon  etilgan  oila  tarixi,  mutaxassislar  tajribasida  ko’p  yillar  mobaynida  ro’y 
bergan “mijozlar” hayotidan olingan. Lekin, ming afsuski, bunday oilalar ko’p bo’lib, ular kimdan 
maslahat  so’rashni  bilmasdan  o’z  yog’lariga  o’zlari  qovrilib yurishgan. O’zbek etnosiga xos 
narsa “oiladagi gap ko’chaga chiqsa uyat bo’lishi” haqidagi fikr bu kun ham o’z salbiy ta’sirini 
ko’rsatib  kelmoqda.  Konfliktli  oilalar  mavjud  ekan,  ularga  yordam  berish  avvalambor 
psixologlarning vazifasidir. 
 

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish