V. M. Karimovaning umumiy tahriri ostida. Toshkent



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet321/410
Sana11.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#350893
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   410
Bog'liq
Psixologiya

xulq-atvorining
 jamiyat miqyosida o’zgarishi va ikkinchi tomondan, 
jamiyatning  ayol  mehnatiga  bo’lgan  talabi  va 
ehtiyojiga
 bog’liq. Shu bois ham Amerikaning 
o’zida 1960 yillardan 1995 yilga bo’lgan davr oralig’ida ijtimoiy mehnatda band ayollar ulushi 
uchdan bir qismdan uchdan besh qismgacha o’zgardi (30% dan 60%gacha). 1970 yil tahliliga 
ko’ra,  u  yerlarda  huquqshunoslik,  vrachlik  va  dantistlik  kasbini egallayotgan qizlar salmog’i 
ham yil sayin oshib bormoqda. 
Demokratik  o’zgarishlar  O’zbekistonda  istiqomat  qilayotgan  barcha  millat  va  elatlarga 
mansub  bo’lgan  fuqarolar,  jumladan,  xotin-qizlar  ongi  hamda  tafakkurida  ham  ayrim 
o’zgarishlarni  keltirib  chiqarmoqda.  Bu  o’zgarishlar  o’z  navbatida  ularning  oila,  mahalla  va 
jamiyatdagi mavqyei hamda ijtimoiy-psixologik maqomida, gender munosabatlarida o’z aksini 
topmoqda. 
Gender  munosabatlari  va  rollar  taqsimoti  tizimida  bugungi  O’zbekiston  yigitlari  va 
qizlarining o’rni tahlil qilinadigan bo’lsa, shuni alohida ta’kidlash lozimki, gender rollari to’lig’icha 
madaniy  muhitga  bog’liqligi  va  bu  rol  ular  ma’lumotliligi  darajasiga  mos  ravishda 
o’zgarayotganligini kuzatish mumkin. Lekin ijtimoiy fikr so’rovlarida o’zbek ayollarining gender 
munosabatlarida to’laligicha erkaklar bilan tengliklari e’tirof etilsa-da, asli ko’pchilik ongida ayol 
baribir o’sha o’zining an’anaviy rollari doirasida tasavvur qilinadi. Bu holatning ham ijobiy, ham 
salbiy jihatlari mavjud. Masalan, psixolog olimlarning olib borgan eksperimental kuzatishlarda 
shu narsa aniqlanganki, gender munosabatlarining xarakteri, erkaklik yoki ayollik vazifalarining 
qanchalik adekvat tasavvur qilinishi, eng avvalo, oila muhitiga, undagi erkak va xotin, ota va 
onaning  o’z  rollarini  qanday  bajarishlari  hamda  farzand  tarbiyasidagi  ulushlari  salmog’iga 
bog’liqdir. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, gender munosabatlarining to’g’ri bo’lishi ilk yoshlikdan, 
ya’ni  amalda  ota-onaning  qiz  yoki  o’g’il  bolaga  nisbatan  tutgan  mavqyelariga  bevosita 
bog’liqdir. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, oilada, ayniqsa, o’zbek oilasida o’g’il bolaga e’tibor va 
unga  g’amxo’rlik  kuchliroq  ekan.  O’rtacha  xarid  qilib  olib  beriladigan  o’yinchoqlarning soni 
o’rganilganda,  o’g’il  bolaga  o’nta  o’yinchoq  olinsa,  qiz  bolaga  taxminan  oltita  olinarkan, 
qolaversa,  o’yinchoqlarning  saqlanish  muddatlari  ham  har  xil  ekan,  qiz  bolaga  olingan 


 
222 
o’yinchoqlar  ko’proq  muddatga  xizmat  qilsa,  o’g’il  bolaniki  1-2  haftadan  oshmas  ekan.  Bu 
holat: 
 
birinchidan
, turli jins vakillari psixologiyasidagi tafovutlarni keltirib chiqarsa; 
 
ikkinchidan
, ularning maishiy muammolarga qarashlaridagi farqlarni ham taqozo 
etadi; 
 
uchinchidan
,  ular  aqliy  salohiyati  oshishidagi  ma’lum  o’zgarishlarni  keltirib 
chiqaradi.  Aynan  shu  sabab,  o’g’il  boladagi  konstruktorlik  va  kashfiyotchilik  sifatlarini 
rivojlantirsa,  qizlardagi  buyumlarga  munosabat  unda  kelajakda  tadbirkorlik,  saronjom-
sarishtalik, tejamkorlik kabi qator yaxshi sifatlarni tarbiyalar ekan. 
Respublika  “Oila”  ilmiy-amaliy  Markazida  o’tkazilgan  tadqiqotlardan shu narsa ma’lum 
bo’ldiki, gender sifatlariga oilaning to’liq yoki noto’liqligi, muammoli yoki totuvligi ham bevosita 
ta’sirini  ko’rsatadi.  Tadqiqotlar  shuni  ko’rsatmoqdaki,  muammoli,  ajralishgan,  noto’liq 
oilalardagi  ayol-onaning  farzandlari  nigohidagi  obrazi  ijobiy  va  ko’p holatlarda obro’li bo’lib, 
yolg’iz  ona  tarbiyalaydigan  o’g’il  bolada  ko’p  hollarda  androgin  yoki  aralash  sifatlar,  yoki 
feminin  sifatlar  namoyon  bo’lishi  ehtimoli  ortiq  ekan.  O’g’il  bollaar  orasida  o’sgan,  otaning 
absolyut  avtoriteti  bo’lgan  oilada  qizlarda  esa  maskulin  sifatlar  androgin  sifatlar  bilan 
uyg’unlashib, ularda ham ayollik fazilatlari bo’lmaganligidan, oila qurganda, yangi xonadonga 
kelin bo’lib tushganda, qator muammolarga duch kelarkan. Demak, boladagi maskulin yoki 
feminin  sifatlarning to’g’ri tarbiyalanishida oiladagi kattalarning roli, ularning avtoriteti yetakchi 
rol  o’ynaydi. Bu holat yosh oilada liderlik maqomining taqsimotida ham o’z ta’sirini ko’rsatib, 
ayrim holatlarda oilaviy nizolarga sabab bo’lmoqda. 
Nihoyat, yoshlar ongida gender tasavvurlarning aniq bo’lishi jamiyatning ijtimoiy 
kutishlari
 
va o’zgalarning alohida jins vakili – ayol yoki erkak shaxsi va salohiyatidan kutayotgan jihatlari, 
u yoki bu hayotiy vaziyatlarda namoyon qila oladigan shaxsiy fazilatlari bilan bog’lab izohlash 
mumkin. Zero, mamlakatimizda buyuk o’zgarishlar ro’y berayotgan bir vaqtda, oila, onalik va 
bolalaik masalalari davlatning doimiy e’tiborida bo’lib turgan sharoitda biz onadan-ayoldan ko’p 
narsalar kutyapmiz. Chunki aynan ona–ayol qizmi, o’g’ilmi unda eng avvalo boshdan insoniylik 
urug’larini  qalbiga  sochuvchi,  haqiqiy  iffat,  madaniyat,  or-nomus,  insof  va  diyonatni 
tarbiyalovchi  shaxsdir.  Bu  jarayonda  uning  o’zining  shaxsiy  fazilatlari  yetakchi  rol  o’ynaydi. 
Lekin aslida hayotda real imkoniyatlar  – obyektiv hamda subyektiv imkoniyatlarga ko’pincha 
zid bo’lmoqda. Ikkinchidan, ayolning ayollik va onalik fazilatlari masalasida kamchiliklar va yo’l 
qo’yilgan xatolar bor. Bugun feminizasiya va maskulinizasiya jarayonlarini to’la ilmiy jihatdan 
o’rganish o’ta dolzarb masala ekanligidan darak bermoqda. 
 

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish