V. M. Karimovaning umumiy tahriri ostida. Toshkent


 Tafakkur mahsullari va operasiyalari



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/410
Sana11.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#350893
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   410
Bog'liq
Psixologiya

5.3. Tafakkur mahsullari va operasiyalari 
 
Tafakkur va fikrlashning bevosita mahsuli nima bo’lishi, samarali fikr yuritish va unga olib 
keluvchi shart-sharoitlar masalasi har doim ham eng zukko insonlarni qiziqtirgan va bu borada 
fanda  yaxshi  an’analar  mavjud.  Bunday  insonlar  o’zbek  xalqidan  yetishib  chiqqan  buyuk 
allomalar asarlarida ham bayon etilgan.
 
Buyuk olim
 Abu Nasr Forobiy (873-950)
 aql orqali, tafakkur yordamida bilim olishning 
o’ziga  xos  xususiyatlarini  aniqlashga harakat qilgan. Uning asarlarida tafakkur mavjudlikka, 
umumiylikka,  bavositalikka,  ya’ni  sezgilari  orqali  bilish  xususiyatiga  ega,  deb  tushuntiriladi. 
Forobiy ta’limotiga ko’ra, tafakkur (aql) orqali inson materiyaning sezgilarga noma’lum bo’lgan 
tomonlarini,  umumiy  qonuniyatlarini,  mohiyatini  biladi,  san’at,  fan  tizimidagi  bilimlarga  ega 
bo’ladi. 
Uning  fikricha,  aql  quvvati  (quvvat  ketida)ning  eng  muhim  vazifalarining  biri  mantiqiy 
operasiyalarni  bajarishdir.  Bu  vazifa  aql  quvvatiga  kiruvchi  mustaqil  “
quvvai  fikriyya
”  inson 
mantiqiy  fikrlash  jarayoni  tomonidan  amalga  oshiriladi,  ya’ni  agarda  quvvai  natifiya  bilan 
anglashadigan narsani bilib olish zaruriyati tug’ilsa, “quvvai fikriyya” ishga kirishadi. Bu faoliyat 
fikr  yurgizish,  tushuncha  va  hukmlar  yordami  bilan  amalga  oshirilib,  keyinchalik  xulosalar 
chiqarish  bilan  yakunlanadi.  Uni  tafakkurga  umumlashtirish  va  mavhumlashtirish,  analiz  va 
sintez  qilish  kabi  xususiyatlari  xosligi  haqidagi  fikrlari  muhim  ahamiyatga  ega.  Alloma 


 
82 
ta’limotida tafakkurni konkretlikdan mavhumlikkacha yo’nalishi va mavhumlikdan konkretlik sari 
qaytishi  haqida  faraziy  fikrlar  ham  uchraydi.  Forobiy  “Aql  to’g’risida”gi  risolasida  o’zida  12 
xislatni birlashtirgan kishigina ahloqiy odam bo’ladi, deydi. “Ulardan beshinchisi – so’zlari aniq 
bo’lsin,  fikrini  va  aytmoqchi  bo’lgan  mulohazalarini  ravon  bayon  eta  olsin”  –  kabi  xislatdir. 
Aynan  shu  fikrlar  buyuk  ajdodimiz  ham  shaxsning  mustaqil  fikrlashi  –  uning muhim fazilati 
ekanligini ta’kidlaganligini ko’rsatmoqda. 
Shunday  qilib,  Forobiyning  fikr  yuritish,  tafakkur  xususiyatlari  haqidagi  fikrlari  hozirgi 
davrga  qadar  o’z  ahamiyatini  saqlaganki,  hozirgi  mustaqillik  davrida  yoshlarda  mustaqil 
fikrlashni rivojlantirishga nazariy asos bo’ladi. 
Beruniyni fikricha, inson bilish, tushunish, fikrlash, muhokama qilish, o’ylab topish singari 
iste’dodga egadir. Inson tafakkurini qudrati shundaki, uning yordamida voqyea va hodisalarni 
bir-biriga  solishtirish,  tahlil  qilish  orqali rostni yolg’ondan, adolatni adolatsizlikdan, yaxshilikni 
yomondan, haqiqatni esa nohaqiqiylikdan ajratish mumkinligi haqida ta’lim beradi. Beruniy bu 
narsa  har  qanday  fanning  rivojlanishiga  ijobiy  ta’sir  ko’rsatishini  isbotlaydi.  U  bilishi  lozim 
bo’lgan  hodisa  va  voqyeani  maydalab  bo’lib-bo’lib  o’rganish,  tahlil  qilish  metodikasini  ilgari 
suradi. 
Tafakkur, aql tufayli inson narsa va hodisalarni bir-biri bilan solishtirib, qiyoslab ko’radi, 
o’z  bilimlarining  chinligini  aniqlaydi,  ya’ni  bilimlarni  obyektiv  voqyelikka  mosligini  solishtirib 
ko’radi.  Beruniyning  ta’kidlashicha,  bilim  va  ta’limda taqqoslash metodi borliqning u yoki bu 
hodisasini  tushuntirish  uchun  inson  bilimlarini  amaliy  foydaliligi  va  ishonchliligini  izlashdan 
iborat. Bunda taqqoslanadigan predmetlar orasida o’xshashlik bo’lishi kerak. Agar ular orasida 
ma’lum  muvofiqlik  bo’lmasa,  taqqoslanadigan  predmetlarning  har  bir  qarshiligi  o’zining 
obyektiv asosini yo’qotadi. 
Shunday  qilib,  buyuk  alloma  aqliy  faoliyatni  analiz,  taqqoslash  kabi  usullarini  ilgari 
suradiki,  bu  usullar  hozirgi  zamon  psixologiyasida ham tafakkur operasiyalari sifatida talqin 
etilmoqda.  

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish