78
qabul qila oladi. Sinov paytida talaba kecha o’qigan, laboratoriya sharoitida sinab ko’rgan
qonuniyatlar xususida xuddi ro’parasida namoyon bo’layotganday, obrazli qilib gapirib berishi,
ro’y bergan hodisalarni yana formulalar va statistik hisob-kitoblar vositasida isbot qilib berishi
ham mumkin. Bu operasiyalarning asosida tafakkur jarayonlari yotadi.
Tafakkur qilishimizni ta’minlovchi organ – bu bizning miyamiz. Barcha hisob-kitob ishlari
– eng elementar harakatlarni rejalashtirishdan tortib, murakkab mavhum teoremalarni isbot
qilishga qaratilgan operasiyalar miyada sodir bo’ladi. Shuning uchun ham juda charchab
turgan paytda odamdan biror qiyinroq masala xususida fikr bildirishini so’rasangiz, “hozir
boshim og’rib turibdi, juda charchaganman, biroz o’zimga kelay, keyin fikrlashamiz”, deb javob
beradi. Demak, miya faoliyati bilan fikrlash faoliyati o’zaro uzviy bog’liq ekan. Miyamizning
fikrlash qobiliyati va imkoniyatlari shunchalik salmoqliki, ayrim olimlarning fikricha, uning
ishlash qonunlari hozir biz ishlatayotgan kompyuterlar emas, yana 100-200 yillardan keyin
paydo bo’ladigan murakkab, o’ta “aqlli” kompyuterlar faoliyatiga yaqin ekan.
Kallamizga kelgan barcha o’y-xayollar – bu
fikrlardir.
Normal insonni fikrsiz tasavvur qilib
bo’lmaydi, har on, har daqiqada odam miyasi qandaydir fikrlar bilan band bo’ladi. Ularni
tartibga solish, keragiga diqqatni qaratish, ichki yoki tashqi nutq vositasida uni yechish –
fikrlash
jarayonidir.
Fikrlash jarayoni aslida ma’lum bir masala, muammo, jumboqni hal qilish kerak bo’lganda
paydo bo’ladi. Fikrlash doimo bir narsa xususida bir nechta yechimni berishi shart, yechimlar
juda ko’payib ketsa, u boshqa jarayonga – xayol, fantaziyaga aylanib ketishi mumkin. Fikr,
g’oya, aniq yechim bo’lmaganda, inson miyasining borliqdagi narsa va hodisalar mohiyatini aks
ettirishi
xayol
deb ataladi. Shuning uchun ham do’stlar davrasida ba’zan muammo xususida
tortishuv bo’lib qolganda, aniq bilimi yoki g’oyasi yo’qligi tufayli kallasiga kelgan narsani aytgan
bolaga qarab: “Juda olib qochishga ustasan-da, xayolparast”, deyishadi.
Shunday qilib, muammo yoki jumboqlar bizni fikrlashga majbur etadi. Masalan, shunday
masalani olib ko’raylik. Sizga mixlar solingan bir karton quticha, ikkita sham va bolg’acha
berilgan. Vazifa: eshikka shamni o’rnatib, yoqib qo’yish kerak. Kim qanday yechadi? Albatta,
birdaniga to’g’ri yechimga kelish qiyin. Agar qutichani bo’shatib, uni shamdon sifatida eshikka
qoqish mumkinligi to’g’risida fikr kallaga kelmaguncha, yechimni topish qiyin. Ayni shu masala
ikki xil shart bilan berilgan: bittasida quticha mixlar bilan to’la deyilgan, ikkinchisida quticha
bo’sh deb berilgan. Ikkinchi holatda bolalar uning yechimiga tezroq kelishgan.
Psixologlarning fikricha, har qanday masalani yechish mobaynida odam uning shartlarini
bir necha variantlarda tasavvur qilsagina yechimga kelarkan. Agar idrok bilan bog’laydigan
bo’lsak, figura fonga, fon esa figuraga aylanadi, ularning o’rinlari almashadi va hokazo.
Bundagi individual farq shundaki, ba’zi bolalar yechimga to’g’ridan-to’g’ri figura asosida keladi,
boshqalar esa bir necha yechimning variantlarini ko’z oldiga keltirib, so’ng bir qarorga keladi.
Kimdir juda tez fikrlaydi, kimdir juda sekin. Shuning uchun ham test yechish jarayonida yonma-
yon o’tirgan ikki bola bir xil yechimni belgilaydi, lekin o’sha yechimga kelish yo’llari har birida
o’ziga xos bo’ladi. Aynan shu jarayonning qanday kechishini
tafakkur psixologiyasi
o’rganadi.
Muammoning yechimi ba’zan birdan , yorqin yulduzday yarq etib paydo bo’ladi. Bunday
psixologik holat psixologiyada
Do'stlaringiz bilan baham: