5.2. Optimalpartiyamiqdorinianiqlashusullari. Ishlab chiqarishga kiritiladigan detallar partiyasini hisoblashning 3 xil usuli ajratiladi.
1. Birinchi usulning mohiyati shundaki, bunda birinchi detalga sarflanadigan xarajatlarning umumiy summasi maksimal darajaga olib kelinadi.
Bunda qayta sozlash xarajatlari aniqlanadi. Ularning mutlaq kattaligi partiya o‘lchamiga bog‘liq bo‘lmaydi. So‘ngra tugallanmagan ishlab chiqarishda aylanma vositalarning o‘zaro bog‘lanishiga bog‘liq yo‘qotishlar va detallarning omborxonalarda saqlash uchun xarajatlar aniqlanadi. Ushbu yo‘qotishlar ko‘zda tutiladigan partiya miqdori, birlik detal tannarxi va zaxirani saqlash xarajatlarining qiymatiga nisbatan foizlarda aniqlanadi. Natijada shunday detallar hajmi topiladiki, bunda birlik detal uchun umumiy xarajat summasi minimal darajaga yetadi. Birinchi usulning asosiy kamchiligi jihozning ta‘minlanishi darajasi va ishlab chiqarish sikli davomiyligining e‘tiborga olinmasligidadir
5.1-jadval
Detallarpartiyasinihisoblashuchunboshlang’ichma’lumotlar.
Vy – detallarining yillik ishlab chiqarishi hajmi
Xqs – jihozni saqlash uchun bir martalik xarajatlar – 1000 so‘m. T – bir detal tannarxi – 12000 so‘m.
Zx – saqlash xarajatlari (zahira qiymatiga nisbatan foizda 10%)
Ikkinchi usul: Detallar partiyasi miqdorini tayyorlovchi yakunlovchi vaqt va operatsiyani bajarish mehnat sig‘imiga asoslanib quyidagi formuladan ham aniqlash mumkin.
ptty(tdona* Kqc) tty - umumiy tayyorlov vaqti.
t dona – barcha operatsiyalar bajarish mehnat sig‘imi. Kqs - jihozlarni qayta sozlash koeffisiyenti.
Uchinchi usul: detallar partiyasiga ishlov berish vaqti har qanday ish o‘rnida smena davomiyligidan kam bo‘lmasligi kerak degan shartdan kelib chiqadi. Ushbu shart jihozlarini bir smena davomida boshqa detallarga ishlov berish uchun qayta sozlashga yo‘l qo‘ymaslikka intilish bilan asoslanadi.Bu holatda hisob asosiga detalni tayyorlashga sarflanadigan minimal donaviy vaqt (tdona.m) olinadi. Shunday qilib 3- usul bo‘yicha detallar partiyasi miqdorini aniqlashda faqat bir omil – mehnat unumdorligi e‘tiborga olinadi. Detallarning partiyasi hisobi quyidagi formula bo‘yicha olib boriladi.
pTsmtdona.m Bu yerda: Tsm- jihozning smenalik ish vaqti fondi( soat,min). tdona.m- minimal donaviy vaqt, (soat,min).
Partiya miqdorini 2-usul bo‘yicha hisoblashni qayta sozlashga ko‘p vaqt sarflanadigan holatda, 3- usul bo‘yicha esa – texnikani qayta sozlash vaqti minimal yoki umuman bo‘lmagan holatda qo‘llash maqsadga muvofiq.2 Yuqorida keltirilgan usullar bo‘yicha hisoblangan partiya kattaligi tashkiliy, ishlab chiqarish va iqtisodiy talabni e‘tiborga olgan xolda aniqlashtiriladi. Ushbu talablardan muhimlari quyidagilardir;
1. Partiyadagi detallar soni ish o‘rinlarining to‘liq smenalik bandligini ta‘minlashi zarur.
2. Detallar partiyasi kattaligi oylik ishlab chiqarish dasturiga karrali ekanligi, ya‘ni mosligi.
3. Yirik o‘lchamli, og‘ir detallar uchun partiya kattaligi ishlab chiqarish maydonlari mavjudligi va transport vositalarining yuk ko‘tarishi qobiliyati bilan belgilanish lozim.
4. Qimmatbaho jihozlarning maqsadga muvofiq to‘liq ta‘minlanishning zarurligi.
5. Detallar partiyasi kattaligining buyurtmani bajarish tezkorligiga bog‘liq holda taqsimlanishi.
Agar ishlab chiqarish dasturi optimal partiyadan (p) katta bo‘lsa partiyani ishlab chiqarishga qayta kiritishlar sonini aniqlanadi.