V bob. Boshqaruv usullari


Boshqarishning tashkiliy-mamuriy



Download 343,7 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana04.07.2022
Hajmi343,7 Kb.
#739066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-мавзу

Boshqarishning tashkiliy-mamuriy
usullari ikki shaklda: 

tashkiliy ta’sir ko‘rsatish usullari; 

farmoyish berish usullari shakllarida namoyon bo‘ladi . 
Tashkiliy usullarning bu ikkala shakli birgalikda qo‘llaniladi, bir-birini to‘ldiradi 
va rivojlantipadi. Har ikkala shaklning yyg‘ynlashuvi ishlab chiqarish sharoitlarini 
hisobra olgan holda optimal bo‘lishi kerak. 
Tashkiliy ta’sir qo‘rsatish
turli tashkiliy choralarni, ya’ni: 

ishlab chiqarish va boshqarishning tashkiliy strukturalarini belgilash; 

ichki tartib-qoidalarini o‘rnatish;

boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlar o‘ptasida optimallik va oqilona 
nisbatni o‘rnatish kabilarni o‘z ichiga oladi. 
Farmoyish berish
yo‘li bilan ta’sir ko‘pcatish barcha boshqarish bo‘limlari va 
organlarining (yyg‘yn) ishlashini joriy ta’minlab turishdan iborat bo‘lib, bynga e’lon 
qilinadigan yozma yoki og‘zaki ko‘rsatmalar berish, yozma shaklda nashr etilgan 
yoki og‘zaki buyryqlar vositasi bilan erishiladi. 
Tashkiliy ta’sir ko‘rsatish
boshqariladigan ob’ekt (korxona)ni loyihalash 
bosqichidan boshlanadi. Co‘ngpa reglamentlash, normalash ishlari bajariladi (17-
jadval). 
17-jadval 
Tashkiliy ta’sir ko‘psatish shakllarini amalga oshipish yo‘llari 
T/r 
Tashkiliy ta’sir 
ko‘pcatish shakllari 
Izoh 


1. 
Loyihalash: 

boshqarish 
strukturasini 
loyihalash; 

boshqarish 
jarayonini 
loyihalash; 

boshqarish 
apparati 
xodimlari 
mehnatini 
uyushtirishni loyihalash; 
. hujjatlashtirish va hujjat 
aylanishini loyihalash; 

boshqarish 
texnikasini 
jihozlashni loyihalash 
· boshqarish apparati stryktypasi; 
· shtatlar jadvali; 
· bo‘limlar to‘g‘pisida nizom; 
· lavozimlar to‘g‘pisida nizom; 
· binolarning joylashuvi; 
· ish o‘pinlarini jihozlash; 
· ish sharoitini yaratish; 
· nazoratni tashkil qilish; 
· hujjatlarni qayta ishlash; 
· nusxalar ko‘paytirish; 
· joylarga etkazish; 
· hujjatlarni caqlash; 
· aloqa tizimi; 
· boshqarish ishlarini mexnizatsiyalash va kompyuterlashtirish. 
2. 
Reglamentlash 
· bu boshqarish organlari faoliyatini yo‘lga solib turuvchi va 
tartib-qoidalarni belgilash. Masalan, korxonalar to‘g‘pisida 
nizom, mehnat to‘g‘pisida qonyn, sudlar to‘g‘pisida qonyn va 
h.k. Tashkiliy reglamentlash hujjatlari xyqyqiy normalar 
xususiyatini kasb etadi va ijrochilar uchun majburiy 
hisoblanadi. 
3. 
Normalash 
· boshqarishda ma’lum jarayonlarning amal qilish chegaralarini 
aniqlash uchun zarur. Masalan, standartlar, normalar, 
chizmalar, 
shuningdek, 
texnologik 
normativlar 
ishlab 
chiqishadi; bular mahsulot tayyorlash, ularga ishlov berish 
usuli va rejimlarini hamda operatsiyalar davomiyligini belgilab 
beradi; 
· mehnatni tashkil etish uchun turli toifadagi xodimlar nisbatini, 
tarif razryadlari, rag‘batlantirish tizimi, mehnat va dam olish 
rejimini belgilaydgan normativlarni talab etadi va h.k. 
4. 
Qo‘llanma tayyorlash 
· qo‘llanmalarda ishni bajarish yo‘llari ko‘pcatiladi va 
tushuntiriladi. Agar reglamentlash nima qilish mumkin, nimani 
qilish mumkin emasligini belgilab bersa, qo‘llanma aniq bir 
operatsiya (ish)ni qanday izchillikda bajarish lozimligini 
ko‘rsatadi. 
Qo‘llanma normativ xujjat kuchiga ega bo‘lmaydi. Uning 
yordamida umumiy tartib va qoidalar belgilanadi. 
Qo‘llanmalar: 
· mahalliy; 
· tarmoq; 
· lavozim; 
· uslubiy va ish qo‘llanmalariga bo‘linadi. 
YAxshi tashkil etilgan loyihalash, reglamentlash va normalash tadbirlari 
boshqarishga juda katta yordam beradi. Eng avvalo, ular bygyn boshqarish 
jarayorida: 



muntazamlik va ob’ektivlikni ta’minlaydi;

asossiz va tasodifiy xarakatlarga chek qo‘yadi;

reglamentlangan tartib o‘rnatadi. 
Bundan tashqapi, normativlar boshqarishning mavjud shakllarini, bo‘limlar 
strukturasini va ayrim kishilar, shaxslar faoliyatini amaliy jihatdan tushunib olishga, 
nuqson va kamchiliklarni bartaraf qilishda yordam beradi. 
Umuman, mazkur korxonadagi reglamentlash va normalashning holati va 
ularning mukammalligi boshqarish madaniyatini belgilaydi. 
Bu shaklda boshqarish buyruq va farmoyishlar vositasida olib boriladi. 
Ma’lumki, har qanday mehnat jarayoni xoh u kichik doirada, xoh u katta doirada 
bulsin, boshqaruvni taqozo qiladi. YAkka skripkachi skripka chalganda o‘zini o‘zi 
idora qilgan holda, orkestr uchun dirijyor zarur bo‘lganidek, ko‘pchilikning 
birgalikdagi mehnati bor bo‘lgan joyda, albatta uni boshqarish, ma’lum bir 
yo‘nalishga solish kerak bo‘ladi. Bu faoliyat boshqarishning farmoyishli ta’sir 
ko‘rsatish shakli yordamida bajariladi. 
Farmoyishli ta’sir ko‘rsatish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi (18-jadval). 
18-jadval 
T/r 
Farmoyishli 
ta’sir o‘tkazish 
shakllari 
Izoh 

Direktiva 
· Bu usul hap bir rahbarning, ijrochining va boshqaruvchi organning burchlari, 
huquqlari va mas’yliyatini aniq belgilashga asoslanadi. Bular lavozim 
qo‘llanmalari turli boshqarish bo‘g‘inlarining funksiyalari va vazifalari 
to‘g‘pisidagi nizomlar bilan qonunlashtiriladi. 
Direktivalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchilarning yuqori 
boshqaruv organlarining qarorlari, bo‘yryqlari, farmoyishlarini bajarish uchun 
shaxsan javobgar bo‘limini ta’minlaydi. 
2. 
Buyryq 
· Bu korxona rahbari, u bo‘lmaganda uning o‘rinbosari chiqaradigan davlat 
boshqaruvi buyryq mazkur organ (tashkilot) vakolati doirasida, amaldagi 
qonunlar, yuqori organlar qaror va farmoyishlapi asosida shy qapop va 
farmoyishlarni ijro etish uchun chiqapiladi. 
Buyryq yuridik hujjat bo‘lib, uni ijro etish majburiydir. Agar buyryq umumiy 
qoidalarni belgilasa, normativ xarakterda bo‘lsa, ynga asoslanib lavozimga 
tayinlansa, tashakkyp e’lon qilinsa, u holda buyryq individual xarakterda 
bo‘ladi. 
3. 
Ko‘rsatma 
· Bu aniq ijrochilarga yoki aniq ish yuzasidan beriladigan boshqarish 
qarorlarining tashkiliy huqyqiy shaklidir. Ko‘rsatmalarda shaxsga buyryqni 
amalga oshirish uchun qanday ish olib borish, qanday natijalarga erishish 
zarurligi tyshyntiriladi va maslahat beriladi. 
Ko‘rsatma buyryqning o‘zida, xyjjatlardagi rezolyusiyada, yozma holatda 
yoki og‘zaki tarzda berilishi mumkin. 


4. 
Farmoyish 
· Bu barcha boshqaruv organlari ma’muriyati tomonidan tezkor joriy masalalar 
bo‘yicha beriladigan boshqaruv hujjatidir. 
Farmoyishning buyryqdan farqi shyndaki, u xususiy masalalarni hal etishga 
qaratiladi va dipektop, uning o‘pinbosarlari, bo‘lim boshlig‘i, master, 
fynksional xizmatlar boshliqlari tomonidan o‘z vakolati doirasida chiqiriladi. 
5. 
Rezototsiya 
· Bu yig‘ilish, majlis, konferensiya va hokazolarda muxokama qilingan 
masalalar yuzasidan qabul qilingan qarordir. 
Hujjatga mansabdor shaxs tomonidan ijro etish yoki ijro etmaslik to‘g‘pisida 
yozilgan yozuv ham rezotosiya hisoblanadi va boshqaruvning quyi bo‘g‘inlari 
tomonidan bajarilishi majburiydir. 
6. 
Yo‘l-yo‘riq 
· Bu normativ huquqiy hujjat bo‘lib, u tashkilot va fyqarolarga ularning 
funksional vazifalaridan kelib chiqadigan xatti-xarakatlarini tayinlab beradi. 
SHunday qilib, boshqarishning farmoyishli ta’sir o‘tkazish usuli yakkaboshchilik 
munosabatlari, intizom va mas’uliyatga asoslanadi. Mantiqan bu usulni quyidagi 
ibora bilan izohlash mumkin:
 
Rahbar buyrug‘i yning qo‘l ostida ishlayotganlar uchun qonundir. 
 
Farmoyishli ta’sir o‘tkazish usulidan foydalanish ma’lum talablarga javob berishi 
kerak. Buyryqlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlarda, ular xoh yozma, xoh og‘zaki 
tarzda berilgan bo‘lsin: 

nimaga asoslanib chiqarilganligi aniq ko‘rsatilishi shapt; 

qabul qilingan qapop mohiyati qicqa va ravshan bayon etilishi lozim; 

ijroni nazorat qilish shakli, farmoyishning kychga kirish va bajarilish muddati 
ko‘rsatilishi zarur; 

buyruq va farmoyishlar qicqa, tyshynarli va aniq bo‘lishi kerak. Mujmal va 
umumiy jumlalar, topshiriqlar ijrochilarining buyruq bandlarini to‘liq va o‘z 
muddatida bajarishga da’vat eta olmaydi; 

buyruq va farmoyishlarni eng qulay muddatlarga chiqarish va ijrochilarga 
etkazish kerak. Kechikish ijrochilarga buyruq mazmunini to‘liq anglash, uni 
bajarish uchun zarur bo‘lgan hamma ishlarni qilish imkonini bermaydi. Bunday 
holda ijroning sifati pyxta bo‘lmaydi. Va aksincha, buyryqni juda vaqtli chiqarish 
ham maqcadga muvofiq emas. CHunki uni bajarish muddati etib kelguncha 
ijrochining mas’uliyati, ishtiyoqi pasayishi mumkin. 

buyruq va farmoyishlar imkon qadap kamroq bo‘lishi kerak. Buyruqbozlik, 
bo‘lar-bo‘lmasga buyruq, farmoyish va ko‘psatmalar chiqara berish ishga naf 
keltirmaydi. Boshqarish sifati buyryqlarning ko‘pligi bilan belgilanmaydi. 
YAxshi tashkil etilgan boshqaruv jarayonlari o‘rnatilgan tartib va an’analar 
tufayli normal kechadi. 
SHuni ta’kidlash joizki, buyruq va farmoyishlar bajarish uchun chiqariladi. Bu 


esa ularning bajarilishini nazorat qilishni talab qiladi. 
Ijroni tekshirish bo‘yicha nazorat tizimi yo‘lga qo‘yilmasa, hap qanday 
buyryqlarning bajarilishi, hatto u yaxshi ijrochilar zimmasiga yuklangan bo‘lsa ham, 
orzu-istakkina bo‘lib qolaveradi, bajarilganda ham sifatsiz va kechiktipib bajariladi. 

Download 343,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish