bo ‘lmagan,
s o x t a p o l i m o r f t o s h m a
ham bolishi mumkin.
Bunda terida
bir xil birlamchi toshmalar turli davrda b o ‘lishi va ularning o ‘zgarishi
natijasida paydo bo ‘lgan bir necha xil ikkilamchi toshmalarni ko ‘rish
mumkin. Masalan, terida bir necha pulakchalar va shu bilan bir qatorda,
shilinish, qalo q , yiringcha kabi ikkilam chi to sh m a la r bor. Y a ’ni
pufakchalarning bir qismi yorilib, shilinish, pufakcha qurib, qaloq va
pufakchaga infeksiya o ‘rnashgani natijasida paydo b o ‘lgan (yiringcha)
ikkilamchi toshmalar bor ekan.
Bemor terisida bor toshmani amaliyotda izlab, k o ‘rib, to‘g‘ri aniqlab
bilishni o'rganish
(13-rasm)
talaba uchun shart. Chunki, ish jarayonida
bemorning
shikoyatini eshitgandan keyin, shifokorning birinchi klinik
harakati - bu bemor terisidagi bor o ‘zgarishlarni izlab, unga to ‘g‘ri baho
berish, toshmalar orqali teridagi yoki sistem kasallikni aniqlash, y a ’ni
tashxis t o ‘g‘risida fikr yuritish b o ‘ladi
(16, 17, 18-rasmlar).
TERIDAGI GISTOMORFOLOGIK O ‘ ZG ARISHL A R
Teri kasalliklaridagi morfologik o^zgarishlar umumiy patologiyaning
qonunlari b o ‘yicha kechadi va terining tuzilishi hamda funksiyasiga
bog‘liq b o ‘lib, ular m a ’lum bir terminlar bilan nomlanadi. Bu patomor-
fologik o ‘zgarishlarning teri biopsiyasini mikroskopik usullar bilan
aniqlash k o ‘p dermatozlarning tashxisida bebaho o ‘rin egallagan va bu
o ‘zgarishlar terminlarini bilish zarur. Ular quyidagilardir:
Giperkeratoz - epidermis muguz qavatining qalinlanishi.
Diskeratoz - epidermis hujayralarida keratinizatsiya
jarayonining
buzilishi.
Parakeratoz - tugalianmagan muguzlanish natijasida muguz qavatida
y a d ro lik h u ja y r a la r pay d o boMishi va d o n a d o r q a v a tn i n g qiyin
aniqlanishi.
Akantoz - tikanaksimon qavat hujayralarining ko'payib, qalinlashib
ketishi.
Akantoliz - tikanaksimon hujayralar orasidagi desmosomalarning
shikastlanishi.
Akantolizis - tikanaksimon hujayralar orasidagi desmosomalarning
erib ketishi.
Spongioz - malpigiy qavatining hujayralararo suyuqlik yig'ilishi va
desmosomalar buzilib, bo‘shliqlar paydo bolishi.
Vakuollidegeneratsiya - malpigiy qavati hujayralarining yadrosi
atrofida vakuollar hosil bolib, ularning yadroni piknotik deformatsiyalab,
chetga siqib chiqarishi va sitoplazma ichidagi suyuqlik hujayrani nobud
qilishi.
44
Ballonlidegeneratsiya - malpigiy qavat
hujayralarining degenerativ
o'zgarishi, desmosomalar yo‘qolib, seroz-fibrinozli suyuqlikda sharsimon
hujayralarning suzib yurishi.
Papillomatoz - terining bazal qavatidagi hujayralar orasiga derma
so‘rg4ichsimon qavatining so‘rg‘ichlari cho‘zilib, terining ustki qavatlariga
chiqishi.
Granulyoz - donador qavat hujayralarining k o ‘payib qalinlanishi.
M ikroabssesslar - ep id erm is va d e r m a h u j a y r a la r id a n ib o r a t
yalligianish o ‘chog‘i.
Epidermoliz - epidermis va derma orasidagi bazal membranasi buzilib,
subepidermal b o ‘shliqlar hosil bo‘lishi.
KASALLIK TARIXNOMASI
I.
Pasportga oid m a’lum otlari
1. Bemorning familiyasi, ismi, otasining ismi.
2. Yoshi.
3.
M a’lumoti.
4. Ish joyi.
5. Mansabi.
6. Millati.
7. Turar joyi.
8. Bemorning yo‘llanmasidagi tashxisi.
9. Dastlabki tashxis.
10. Klinik tashxisi.
11. Yakuniy tashxis:
a) asosiy tashxis;
b) yondosh tashxis;
d) asoratlar.
II. Bemorning kasalxonaga
tushgandagi shikoyatlari
A w al asosiy, keyin ikkinchi darajali shikoyatlari aniqlanadi.
III. M azkur kasallikning rivojlanish tarixi (Anamnesis morbi)
Kasallik rivojlanish jarayoni uning ilk belgilaridan boshlab, to kasallik
tarixnomasi yozilayotgan paytgacha batafsil bayon qilinishi lozim.
Kasallik tarixnomasi xuddi t o ii q hikoyani eslatishi va quyidagi savollarga
javob berishi kerak:
— Kasallik qachon, qanday ilk belgilar bilan boshlangan?
45
— Bemor kasallikning kelib chiqish sabablarini nima bilan boglaydi?
— Kasallik belgilari qaysi vaqtda, qanday sabablarga k o ‘ra o'zgaradi
va kasallik jarayonida qanday yangi belgilar paydo b o ‘lgan?
— Bemorning ilk bor shifokorga murojaat qilgan vaqti?
— Qanday diagnostik va tibbiy tadbirlar k o ‘rilgan, ular bemorga
qanday t a ’sir k o ‘rsatgan?
— Qaysi dori-darmonlar kasalga yomon ta ’sir ko‘rsatgan va yoqmas-
lik alomatlari (ko‘tara olmaslik) boigan?
— Agar kasallik vaqti-vaqti bilan xuruj qilsa, unda shu xurujlar qanday
belgilar bilan kechadi va yilning qaysi vaqtida qaytariladi?
— Bemor dispanser hisobida turadimi, qanday profilaktik,
davolash
usullari qollaniladi va ularning natijasi?
Kasallik tarixnomasini toldirishda iloji boricha ambulatoriya varaqasi
va avvalgi kasallik tarixnomasidan olingan ko ‘chirmalardan foydalanish
kerak.
IV. Bemorning hayotiy tarixi (Anamnesis vitaye)
Bu b o lim d a bemorning tug‘ilgan vaqtidan to kasalxonaga tushguncha
kasallik kelib chiqishiga sabab b o ig an , omillar haqida aniq m a ’lumotlar
bayon etiladi. Shu sabablar turm ush sharoitidan, kasbdagi zararli
ta’sirlardan, irsiy xususiyatlardan, ijtimoiy omillardan (tabiiy sharoiti),
yuqumli agentlar t a ’siri natijasida yuzaga kelishi mumkin.
Agar bemor ayol kishi bo‘lsa, qachondan hayz k o ‘ra boshlagan, uning
sikli, necha yoshda turmush qurgan, homiladorlikning soni, uning natijasi,
nechta bolasi bor, bemorning turmush sharoiti, mehnat faoliyati va uning
zararli odatlari batafsil aniqlanadi.
Bemor va uning yaqin qarindoshlari boshidan kechirgan kasalliklar,
ahvoli, ularda naslga ayniqsa qattiq t a ’sir ko'rsatuvchi kasalliklar (zaxm,
sil, asab,
qandli diabet, qon va teri kasalliklari) bolg an-bolm aganlig i
solraladi.
B e m o rd a h a y o ti d a v o m id a b a ’zi d o r i - d a r m o n l a r , o z iq - o v q a t
mahsulotlari va boshqa narsalarga nisbatan allergik reaksiya b o ig a n yoki
bolmagani, agar bunday hollar b o ig a n b o isa , ularning nomi, holatlari
qizil rang bilan k o ‘rinarli qilib aniq yozib q o ‘yilishi kerak.
V. Bemorning hozirgi ahvoli (Status rrayesens)
Bemorni k o ‘zdan kechirib,
uning nafas olishi, yurak va qon tomir
lar sistemasi, ovqat hazm qilish, siydik ajratish va sezgi organlari, ichki
sekretsiya bezlaridagi har xil o ‘zgarishlarni qayd etish va tegishli
Do'stlaringiz bilan baham: